KOMPOZITSIYANING ASOSIY QONUNLARI




Download 11.14 Mb.
bet7/18
Sana14.05.2023
Hajmi11.14 Mb.
#59641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
KOMPOZITSIYANING ASOSIY QONUNLARI.
Har qanday ijodkor o’tmishdagi rangtasvir sana’ti ustalarini merosini va tajribalarini o’rganish bilan birga, tomoshabinga chuqur ta’sir etuvchi tasvir, kompozitsiya qonun uslubiyatini ham o’rganadi.
Amaliyotda kompozitsiyaning zarur unsurlari mavjud. YAxlitlik qonuni, o’xshatish, kontrast qonun vositalarini mazmuni va g’oyaga bo’ysinish kompozitsiyani asosiy qonunlari deb hisoblanadi.
Bu qonunning belgilari E.Kibrikning kitobida to’la va chuqur analiz qilib berilgan, kompozitsiyada birinchi yaxlitlik belgisi qonuniga rioya qilinganligi sababli, san’at asari bo’linmas bir butun bo’lib ko’rinadi.
Haqiqat qonuni - asosan uchta belgi bilan ifodalanadi. Birinchi belgi bu badiiy asarda sodir bo’layotgan voqeani vaziyatning o’ziga xosligi. A. Savrasovning «Kora qarg’alar uchib keldilar», I. Levitaning «Oltin kuz», A. Kuindjining «Qayinzorda», A.Krilovning «Havo rang kenglikda» manzaralarida mazmun, nafosat, bilan birga rus tabiatini o’ziga xos obrazi tasvirlangan. Tipizatsiya qonunining ikkinchi belgisi - bu sodir bo’layotgan voqea mavzuini, harakat holatini vaqtini tasvirlaydi.
Tasviriy san’at teatr, kinomotografiyaga nisbatan bir umrga tasvirlaydi. Ayniqsa ko’p figurali kompozitsiya mavzudagi personajlarni har xil xolatda aks ettirilgan I. Repinning «Nejdali» asarida tomoshabin faqat personajlarni tasvirlangan holatini zmas, balki ular xibisdan qaytgan erini tasodif ko’rishdan oldin nima ish bilan band qanday holatda ekanligini tasavvur qiladilar. Qari onasi royal chalishni to’xtatib, kresloni chetga surib, o’g’lini qarshi olishga o’girildi.
Keyinchalik kutilmagan uchrashuv. Natijada qalbni to’lqinlantirib ko’zlari quvonch yoshlariga to’la holatga aylanadi. Bu erda bo’layotgan kulminatsion daqiqa hayotiy voqeani mavzu bilan bog’lovchi harakatdagi vositadir. YU. Pimenev «YAngi Moskva», «Ertangi ko’chalarda to’y» asarida ko’z oldimizda o’zgarayotgan harakatdagi zamonaviy shahar hayotini ko’rsatgan. To’y marosimini yo’nalishida kelajak hayotga shaxdam qadam tashlayotgan xalqlarning holatidir. Tipizatsiya qonuning uchinchi belgisi bu - yangilikdir.
Realistik san’at haqiqatni to’g’ri ifoda etib qolmay, rassom xis tuyg’ularini, estetik go’zallikni, tasavvurni jozibali tarannum etadi.
Badiiy obrazdagi estetik sifatlar, kompozitsiya echimidagi yangiliklar rassom tomonidan kashf etiladi.
Estetik kashfiyotlarni Mikelanjelo, Titsian, Rembrantning o’lmas asarlarida, A. Deyneka, A. Plastov, K.YUon asarlarida kompozitsiya tuzilishini badiiy vositalaridan mavzuda yangilik tushunchasini ko’ramiz. «Novizna» - yangilik oqimini biz A. Kuindjining «Qayinzorlar», V.Polenovning «Moskvadagi hovli», manzarasida ko’ramiz.
Kompozitsiyaning asosiy qonunlaridan biri kontrastlik qonunudir. Leonardo da Vinchi «Rangtasvir haqida trakt» ilmiy asarida o’lcham qarama - qarshiligi haqida, katta — kichik, past - baland, yupqa - qalin, xarakter, faktura, materiallar kontrasti to’g’risida yozadi.5 Mikelanjelo tekislikdagi xajm kontrastlariga ko’p ahamiyat beradi. Inson predmetlar shaklini faqat soya va yorug’ kontrastik orqali sezadi va o’z ongiga singdiradi.
Portret janrida rassomlar qadimdan «ton kontrasti»dan foydalanib, yorug’ figurani tasvirlashda to’q fondan foydalanganlar. XIX asarda san’at ustalari portretni yorug fonda tasvirlay boshladilar. V. Serovning «SHaftolilik qiz» portretida, yuzi to’q, tusdagi qiz, engil yorug’ deraza fonida tasvirlangan.
Rangtasvirda kontrast qarama - qarshi issiq, va sovuq ranglar mavjud. Qarama - qarshi ranglar bir - biriga yonma -yon tursa, ranglar kuchi ko’payadi: Qizil - yashil, ko’k –zarg’aldoq, oq, - qora va hakozo.
Kompozitsiyaning tuzilishida «Psixologik kontrastlar» ham mavjud. Iogansonning «Eski Ural zavodida» kartinasida erga egilib o’tirgan ishchini yangi qimmatbaho libosda turib, sinchiklab kuzatayotgan fabrika egasiga qarama - qarshilik qonuni kuchli tasvirlab berilgan.



Download 11.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 11.14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOMPOZITSIYANING ASOSIY QONUNLARI

Download 11.14 Mb.