111
Ericsson kompaniyalari faol qatnashdilar. LTE tizimini test ra-
vishda ishga tushirish 2007-yilning mayida boshlandi.
LTE tar-
mog‘ini birinchi marta tijoriy ishga tushirilishi esa 2009-yil ning
dekabrida shved-fin TeliaSonera operatori tomonidan Erics-
son jihozlari asosida Stokgolm (Shvetsiya) va Oslo (Norvegiya)
shaharlarida amalga oshirdi. Darvoqe, bu sana “LTE erasining
boshlanishi” deb hisoblanadi.
AQSHda esa Sprint-Nextel mobil aloqa operatori 3G
tarmoq laridan voz kechib, birinchilar qatorida WiMAX aso-
sida 4G tarmoqlarini yaratishga kirishdi. Hozirgi kunda kom-
paniya
tarmoq
lari qariyb butun mamlakat hududini qamrab
olgan, shu bois Sprint-Nextel nisbatan xotirjamlik bilan tex-
nologiyalar nuqtayi nazaridan o‘z kelajagini rejalashtirishga
qodirdir. Ya’ni, u yoki WiMAXni rivojlantirishni davom etti-
radi (yangi IEEE802.16m standartiga o‘tgan holda) yoki LTE
tomon “og‘ishni” boshlaydi.
Boshqa bir misol, boshidanoq
LTEga asoslangan Verizon Wireless kompaniyasining tarmog‘i.
Mazkur kompaniya ancha qiziq bo‘lgan 700MGs diapazonida
boshidan LTE texnologiyasiga asoslanib tarmoqlar yaratmoq-
da. Faoliyatini Boston va Sietl shaharlarida sinov hududlaridan
boshlagan kompaniya, 2013-yil
davomida AQSHning deyarli
butun hududini LTE tarmog‘i bilan qopladi.
MDH davlatlari ham bu borada ortda qolmadilar. Masalan,
Rossiyada, 2011-yilning aprelidan boshlab “katta uchlik” (Bee-
line, Megafon va MTS kompaniyalari) hamda Rostelekom kom-
panisi ishtirokida mamlakatning to‘rtta regionida LTE tarmoq-
larining sinov hududlari ishga tushirildi. WiMAX tarmoqlari bu
yerda 2007-yildan boshlab faoliyat yuritmoqda. Eng yirik operator
— Yota kompaniyasi esa 2011-yilning birinchi choragi natijalariga
ko‘ra Moskva shahri
va Moskva viloyatining qismi, Sankt-Peter-
burg shahri va Leningrad viloyatining qismi, Krasnodar, Sochi va
Ufa shaharlari hududlarida 700 mingdan ortiq abonentga KSU
xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Ammo Yotada ham LTE kabi “oppo-
nent” paydo bo‘lganidan tashvishga tushib, 2010-yildan
boshlab
112
parallel ravishda LTE tarmoqlarini ham tatbiq qilishga kirishdilar
va avval Qozon shahrida, so‘ngra Rossiyaning boshqa markaziy
shaharlarida bu texnologiyani rivojlantirmoqdalar.
Ukrainada 2007-yilning IV choragida birdaniga to‘rtta kom-
paniya WiMAX texnologiyasi asosida mamlakatning bir nechta
yirik shaharlarida to‘rtinchi avlod aloqa xizmatlarini taqdim etish-
ning boshlanishini e’lon qilgan edi. Ukrainada LTE tarmoqlarini
joriy etish 2011-yildan boshlandi.
LTE tarmoqlarini keng tarqa-
tish yuzasidan Armaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarus-
siya ham o‘z roziligini bildirishgan.
O‘zbekistonda 4G tomonga rivojlanish ikkala yo‘nalishda
ham amalga oshmoqda: keng polosali simsiz ulanish tizimlari
ham, mobil aloqa tizimlari ham dinamik ravishda rivojlanmoq-
da. Birinchi WiMAX tarmog‘i Toshkent shahrida 2007-yilda
ishlay boshlagan va 2010-yilning martida uning umumiy abo-
nentlar soni 12
ming kishidan oshib, mamlakatning 6 ta shaha-
rida ulanish nuqtalari ga ega bo‘ldi. 2010-yil 28-iyulda birinchi
LTE tarmog‘i “MTS O‘zbekiston” kompaniyasi tomonidan ish-
ga tushirildi. Shu yil ning 9-avgustida Ucell kompaniyasi ham
o‘zining LTE tarmog‘ini ishga tushirdi. Darvoqe, O‘zbekiston
dunyo miqyosida LTE tarmog‘ini ishga tushirgan uchinchi dav-
lat deb tan olingan [1].