|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 286/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
320
modelga rioya qilish о‘qituvchining tushuntirishi, asosiy va ikkinchi darajali
tafsilotlarni ajratib kо‘rsatish va bolalarni modelni faol tekshirishga jalb qilish bilan
birga bо‘lishi muhimdir. Bolalarning faol ishtiroki ularga tasvirni yaxshiroq idrok
yetish, tahlil qilish, asta-sekin hunarmandchilikni bajarish ketma-ketligini
rejalashtirish va uni yuqori sifatli bajarishga о‘rgatish imkonini beradi.
G.Rustamova tomonidan Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik ta’limni
rivojlantirishda TRIZ texnologiyasi metodlaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Shu o‘rinda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi, TRIZ o‘zi nima? Maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun zarurmi? Ushbu texnologiyaning qanday afzal tomonlari
bor? Matematik tushunchalarni boyitishda yordam beradimi? [9].
TRIZning konseptual asoslari bolalarda yaratuvchanlik, ijodiy tasavvur va
dialektik fikrlashni shakllantirish TRIZ texnikasi va metodlaridan samarali
foydalanish, bu borada muvaffaqiyatga erishishning asosiy zaruriyati hisoblanadi
[6]. TRIZning maqsadi nafaqat bolalarning tasavvurini rivojlantirish, balki ularni
doimiy ravishda, davom etayotgan jarayonlarni tushunib, fikrlashga o‘rgatish
hamdir. Bolalarga ta’lim berishda pedagog (tarbiyachi) uning tabiatidan kelib chiqib
yondashish zarur. M.X.Eshonqulova o‘z tadqiqotlarida “TRIZ – bu topqirlik,
mohirlik va iqtidorlikni rivojlantiriuvchi masalalarning nazariyasidir” [12] deya
ta’kidlaydi.
Taniqli pedagog L.S.Vigotskiyning nazariy qarashiga ko‘ra, maktabgacha
yoshdagi bola o‘quv dasturini o‘zining yosh xususiyatiga ko‘ra tushunishi va shu
darajada qabul qilishi kerak [10].
Ushbu texnologiya quyidagi prinsiplarni qamrab oladi:
– tizimlarning rivojlanish qonuniyatlarining obektivligi prinsipi – tizimlarning
tuzilishi, ishlashi va o‘zgarishi obektiv qonunlariga bo‘ysunadi. Demak: kuchli
qarorlar – bu obektiv qonuniyatlarga, hodisalarga, ta’sirlarga mos keladigan
qarorlar;
– qarama-qarshilik prinsipi – tashqi va ichki omillar ta’sirida qarama-
qarshiliklar paydo bo‘ladi, kuchayadi va hal etiladi. Muammo qiyin, chunki, yashirin
yoki aniq qarama-qarshiliklar tizimi mavjud. Tizimlar obekti qonuniyatlar, hodisalar
va ta’sirlarga asoslangan ziddiyatlarni bartaraf etishda rivojlanadi. Demak: kuchli
qarorlar qarama-qarshiliklarni yengib chiqadigan qarorlardir;
– aniqlik prinsipi – tizimlarning har bir guruhi, shuningdek, ushbu guruh
doirasidagi alohida vakillar, ma’lum bir tizimni o‘zgartirishni osonlashtiradigan
|
| |