0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. Tuzlangan mahsulotda tuz miqdori me’yordan
ortiq yoki kam
bo‘lsa qanday salbiy holatlarga olib keladi?
2. Tuzlangan malisulotlarga qanday talablar qo'yiladi?
3. Tuz miqdorini yana qanday usullarda aniqlash mumkin?
>15-ish. Oltingugurt angidridraing umumiy miqdorini aniqlash
Darsning maqsadi:
Meva-uzum quritishda oltingugurt bilan
dudlash tartibi va uning ahamiyati bilan tanishish.
Talabalarga qayta
ishlangan (quritilgan) mahsulotlar tarkibidagi oltingugurt qoldig‘ini
aniqlashni o ‘rgatish.
Konservalashda oltingugurt angidridi juda k o ‘p qo‘llaniladi
(sulfatatsiya, dudlash). Mahsulotda oltingugurt qoldig‘i 0,1-0,2%
bo‘lishi kerak, desulfatatsiyadan keyin esa umuman qolmasligi kerak.
Yod eritmasini oltingugurt kislotasini oksidlashiga asoslangan bu
usulni laboratoriyada qoTlash mumkin.
Ishlash tartibi:
maydalangan o ‘rtacha nusxadan 20 gr namuna
olinadi. Stakandan chinni idishga (stupkaga) 50-60 ml xloristiy
natriyni 20,5 eritmasi va 5 ml bufer eritma solinadi (uni rN - 4,2 -4,6
ga teng bo‘lishi kerak). Yaxshilab eziladi va fosfor stupkada 200 ml
kolbaga olib o‘tiladi. Stupkada qolgan qoldiqlami 20% xloristiy natriy
bilan yuviladi. Shu eritmani o ‘zi bilan kolba chizig‘igacha olib
kelinadi. Kolba ichidan eritma
yaxshilab aralashtiriladi, cho'kindi
, hosil bo‘lgandan keyin paxta filtr orqali o ‘tkaziladi.
Tkkita kolbaga pipetka bilan 50 ml dan filtrat olib o ‘tiladi va har
biriga 2 ml 1 natriy ishqor eritmasidan qo‘shiladi. Kolbani qopqoq
bilan berkitiladi va yaxshilab ehayqatilib 1-2 daqiqaga qo‘yiladi.
Natriy ishqor semistiy kislotasini bo‘sh
xoliga keltirish uchun
ishlatiladi. Undan keyin har bir kolbaga 2 ml dan 6 ml gacha solyoniy
kislota eritmasidan kisliy reaksiya uchun qo‘shiladi, shunda ajralib
chiqqan oltingugurt angidridi yod eritmasidan oksidlanadi.
Birinchi kolbadagi eritmani yod eritmasini 0,01 da titrlanadi.
Indikator sifatida 1% li kraxmal eritmasidan 20 tomchi olinadi.
Titrlash 0,5 daqiqa davomida eritma ko‘k tusga kirish bilan
to ‘xtatiladi.
Ddkinchi kolbaga 1 ml 40% formalin
ermitmasi solinadi u esa
oltingugurtni bog‘lab qo‘yadi. 10 daqiqa eritma tinch qo'yiladi, keyin
0,01 yod eritmasidan kraxmal ishtirokida titrlanadi. Bn holatda faqat
organik modda oksidlanadi, chunki
ular mahsulotda va ular shu
holatda shaklni va oltingugurt kislotasi bilan oksidlanadi.
Oltingugurt angidridining umumiy miqdori quyidagi formula
bo'yicha aniqlanadi:
Y
a - T
-0,00032-C -100%
H e
bu yerda:
a - birinchi va ikkinchi titrlash eritmasini farqi;
T - 0,01 yod eritmasini titrga bo‘lgan tuzatish;
S - namunani umumiy hajmi, ml;
N - namuna og‘irligi, g;
ye - titrlashga olingan suv namunasi miqdori, ml;
0.00032.— koeffitsiyent (1ml) 0,01
yod eritmasi, 0,00032 g.
oltingugurt eritmasini oksidlaydi.
Aniqlangan oltingugurt miqdori texnik shartlarda belgilangan
me’у or bilan qiyoslanadi va shu asosda qayta ishlangan mahsulotga
baho beriladi.