• I-BOB . KOMBINATORIKA ASOSLARI 1-§. Kombinatorik masalalar va tartiblangan to‘plamlar. 1
  • Samarqand davlat universiteti kombinatorika elementlari




    Download 2.29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/60
    Sana25.01.2023
    Hajmi2.29 Mb.
    #39371
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
    Bog'liq
    8b9d14340752bd907a769cce2b23cabd KOMBINATORIKA ELEMENTLARI
    Konussimon tishli REDUKTOR, Sultanov Sanjar, Jumaboyeva Bibizoda O\'zbek tili, Minatdjadinova Qizlarxon va Abdirova Gulzodalarning kurs mustaqil ishi, Atajonova Matluba, 2-topshiriq, “mashina amallari arifmetik – mantiqiy, jo‘natish, O‘tish, kiri-fayllar.org, 1226668511, УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3), Xakimov Abdurasul 3-deadline, 2024-2025 ikki tomonlama shartnoma, OILA MAHALLA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK JARAYON kurs ishi, ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA GIGIENASI FANINING VAZIFASI
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    I-BOB. KOMBINATORIKA ASOSLARI 
    1-§. Kombinatorik masalalar va tartiblangan to‘plamlar.
    1. Kombinatorika predmeti va paydo bo‘lish tarixi. Matematikaning 
    kombinatorik tahlil, kombinatorik matematika, birlashmalar nazariyasi, 
    qisqacha, kombinatorika deb ataluvchi bo‘limida chekli yoki muayyan ma‘noda 
    cheklilik shartini qanoatlantiruvchi to‘plamni (bu to‘plamning elementlari 
    qanday bo‘lishining ahamiyati yo‘q: harflar, sonlar, hodisalar, qandaydir 
    predmetlar va boshqalar) qismlarga ajratish, ularni o‘rinlash va o‘zaro joylash 
    ya‘ni, kombinatsiyalar, kombinatorik tuzilmalar bilan bog‘liq masalalar 
    o‘rganiladi. Hozirgi davrda kombinatorikaga oid ma‘lumotlar inson faoliyatining 
    turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Jumladan, matematika, kimyo, fizika, biologiya, 
    lingvistika, axborot texnologiyalari va boshqa sohalar bilan ish ko‘ruvchi 
    mutaxassislar kombinatorikaning xilma-xil masalalariga duch keladilar. 
    To‘plamlar nazariyasi iboralari bilan aytganda, kombinatorikada kortejlar 
    va to‘plamlar, ularning birlashmalari va kesishmalari hamda kortejlar va qism 
    to‘plamlarni turli usullar bilan tartiblash masalalari qaraladi. To‘plam yoki kortej 
    elementlarining berilgan xossaga ega konfiguratsiyasi bor yoki yo‘qligini 
    tekshirish, bor bo‘lsa, ularni tuzish va sonini topish usullarini o‘rganish hamda 



    bu usullarni biror parametr bo‘yicha takomillashtirish kombinatorikaning asosiy 
    masalalari hisoblanadi. 
    Kombinatorikaning ba’zi elementlari eramizdan oldingi II asrda 
    hindistonliklarga ma‘lum edi. Ular hozirgi vaqtda gruppalashlar deb ataluvchi 
    kombinatorik tushunchadan foydalanishgan. Eramizning XII asrida Bxaskara 
    Acharya o‘zining ilmiy tadqiqotlarida gruppalash va o‘rin almashtirishlarni 
    qo‘llagan. Tarixiy ma‘lumotlarga ko‘ra, hindistonlik olimlar kombinatorika 
    elementlaridan, jumladan, birlashmalardan foydalanib, she‘riy asarlar tarkibiy 
    tuzilishining mukammalligini tahlil qilishga uringanlar. 
    Umuman olganda, kombinatorikaning dastlabki rivoji qimor o‘yinlarini 
    tahlil qilish bilan bog‘liq. Ba‘zi atoqli matematiklar, masalan, fransuz 
    matematigi B.Paskal (1623-1662), sveytasriyalik matematik Ya.Bernulli (1654-
    1705), L.Eyler (1707-1783), rus matematigi P.L.Chebishev (1821-1894) turli 
    o‘yinlarda (tanga tashlash, soqqa tashlash, qarta o‘yinlari va shu kabilarda) ilmiy 
    jihatdan asoslangan qarorlar qabul qilishda kombinatorikani qo‘llashgan. 
    XVII asrda kombinatorika matematikaning alohida bir ilmiy yo‘nalishi 
    sifatida shakllana boshladi.

    Download 2.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 2.29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti kombinatorika elementlari

    Download 2.29 Mb.
    Pdf ko'rish