|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
bet | 137/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganFoydalanilgan adabiyotlar.
1 Jumayev M. ”Matematika o`qitish metodikasi”. (OO`Y uchun darslik.) Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016 yil
2. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
4. Maktab matematika darsliklari.2020.yil
5. http://www.ziyonet.uz/
23-amaliy mashg‘uloti: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI FAN SIFATIDA
Ishdan maqsad: Talabalarga, bоshlang‘ich matematika o‘qitish metоdikasining fanlararo bog‘liqligini tushuntirish, bоshlang‘ich matematika o‘qitish metоdikasining tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot berish
Masalaning qo‘yilishi: Talabalar bоshlang‘ich matematika o‘qitish metоdikasining fanlararo bog‘liqligini tushunadilar, bоshlang‘ich matematika o‘qitish metоdikasining tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadi va vazifalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar
Amaliy mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalar:
Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi fan sifatida
Bоshlang‘ich matematika o‘qitish metоdikasining fanlararo bog‘liqligi
Bоshlang‘ich matematika o‘qitish metоdikasining tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadi va vazifalari
Amaliy mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalarni o‘rganib, qayd qilib borish
G`oyaviy charxpalak
Ta’rifi
Kichik guruhning (4-5 kishidan iborat) har bir ishtirokchisiga toza oq varaq beriladi va bir xil savol beriladi (zarur bo`lganda o`qituvchi guruhning har bir ishtirokchisi uchun turli savollarni tayyorlashi va taklif qilishi mumkin). Barcha ishtirokchilar og`zaki fikr almashmasdan, o`zlarining varaqlarida savollarga bo`lgan javoblarning o`z-o`zidan aqlga kelib qoladigan ifodalarini yozadilar.
Ifodalar yozilgan varaqlar vaqt tanqisligi sababli soat millarining harakatlanishi bo`yicha kichik guruhdagi qo`shnilarga uzatiladi. Bunday varaqni olgandan so`ng har bir ishtirokchi varaqda mavjud yozuvlarni takrorlamasdan, yangi yozuv kiritishi lozim. Har bir ishtirokchining varag`i yana o`ziga qaytib kelgandan so`ng ish yakunlanadi. Ushbu bosqichda yozuvlar tahlil qilinmaydi, baholanmaydi va tanlab olinmaydi (ushbu uslubiyatning «aqliy hujum» bilan ayrim o`xshashligi ana shunda namoyon bo`ladi).
Kichik guruhlarda ishtirokchilar tomonidan ifodalangan javoblar va takliflarning muhokamasi o`tkazilib, ularning eng muhimlari va dolzarblari yakuniy ro`yxatga kiritiladi.
Kichik guruhlar ishlanmalarining natijalari bilan almashish. Barcha kichik guruhlar navbatma-navbat yakuniy ro`yxatdan o`z ifodalarini taklif etadilar. Agar bu ifoda yuzasidan boshqa guruhlar e’tiroz bildirmasalar u oxirgi ro`yxatga kiritiladi.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari
Taklif etilgan masalalarni izchil muhokama qilishni tashkil etish, so`ng jamoa bo`lib qarorni qabul qilish; bilimlarni dolzarblashtirish va mavjud tajribani aniqlash.
Qiyinchiliklari
Agar ishtirokchilardan biri ushbu mavzu bo`yicha yaxshi tayyorlanmagan bo`lsa, u butun jarayonni to`xtatib qolishi mumkin. Mazkur vaziyatda o`quvchiga muhokama etilayotgan masalalar bo`yicha darslikdan yoki boshqa adabiyotdan foydalanishga ruxsat berish mumkin, lekin bu uning bahosiga albatta ta’sir ko`rsatishi to`g`risida ogohlantirib qo`yish kerak.
|
| |