• «Insert» metodi
  • Topshiriq. a) Matn bilan tanishib chiqing; b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo`yib chiqing: Z
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet135/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Masalaning qo‘yilishi: Talabalar, mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi, mustaqil ta’lim turlari haqida bilib oladilar, mustaqil ta’lim natijalarini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
    Amaliy mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalar:
    Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi.
    Mustaqil ta’lim turlari.
    Mustaqil ta’lim natijalarini baholash
    Amaliy mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalarni o‘rganib, qayd qilib borish
    «Insert» metodi
    Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadilar, guruhlar nomlanadi. O`qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so`raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o`qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni o`quvchilarga tarqatadi. So`ngra shunday topshiriq beriladi:
    Topshiriq.
    a) Matn bilan tanishib chiqing;
    b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo`yib chiqing:
    Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr o`z aksini topgan bo`lsa;
    S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo`lsa;
    D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bo`lsa
    ? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
    So`ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o`zaro o`rtoqlashadilar, guruh bo`yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O`qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
    O`qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o`quvchilar to`g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.Shundan so`ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o`rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.