1. Qahramonlik dostonlari (≪Alpomish≫).
2. Ishqiy-romanik dostonlar (≪Ravshan≫, ≪Kuntug‘ -
mish≫).
3. Jangnoma dostonlari (≪Yakka Ahmad≫).
4. Kitobiy dostonlar (≪Sayyod va Hamro≫, ≪Oshiq
G‘arib va Shohsanam≫).
5. Tarixiy dostonlar (≪Oysuluv≫).
Tasnif qilishning asosi dostonlarda tasvirlangan voqea -
larning bosh mohiyati bilan izohlanadi. Masalan, ≪Alpo -
mish≫ dostonida ham ishq-muhabbat, jang lavhalari, tarixiy
ma’lumotlar bor. Ammo ma’lum sabab bilan ajralib ketgan
xalqni birlashtirish yo‘lidagi mardlik va qahramonlik asar -
ning markaziy g‘oyasini tashkil etadi. Yoki ≪Ravshan≫ dostonida
ham mardlik, qahramonlik belgilari uchraydi. Lekin
doston mazmunidagi asosiy fikr Ravshanning Zulxumorga
bo‘lgan ishqini ifodalash maqsadidagi safarini bayon qilishga
bag‘ishlanadi.
Qahramonlik eposi xalq og‘zaki ijodi tarixida alohida
bosqich sifatida baholanadi. Uning mashhur namunasi
yunonlarda ≪Odisseya≫ va ≪Iliada≫ asarlari hisoblanadi.
Qirg‘iz xalqining ≪Manas≫i ham ana shunday bosqich
namunasidir. Bunday asarlarda alohida qahramonlik va
mardlik namunasini ko‘rsatgan xalq farzandining yurt
ozodligi, elni birlashtirish maqsadidagi safarlari, o‘zidan
son va kuch jihatidan yuqori turgan dushman bilan olishuv -
lari aks etadi. Qahramonlik eposiga o‘zbeklarda ≪Alpomish≫
dostoni misol bo‘ladi. Unda yurtimizdagi milliy an’analar -
ning shakllanishi, tashqi dushmanlarga qarshi kurash, xalq
birligini saqlash, mustaqil hayotni muhofaza qilish g‘oyalari
o‘z ifodasini topgan.
Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlarning
salmoq li qismini romanik dostonlar tashkil qiladi. ≪Roman≫
fransuz tilidan olingan bo‘lib eposning bir turi ma’nosini
anglatgan. Ammo keyinchalik badiiy adabiyotdagi roman
janr sifatida alohida ajralib rivojlanganidan so‘ng sevgi-sar-
116
guzashtlarni to‘qima tarzda aks ettiruvchi asarlar tushunchasini
bera boshlagan. Romantik dostonlar deganda, xalq
dostonlarining mazmunan sevgi — sarguzashtlarni
tasvirlovchi turlari tasavvur qilinadi. Ularda voqea tuguni
oshiqning ma’shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi.
Keyinchalik qahramon ishq sarguzashtlariga boy safarga
otlanadi. Bu yo‘lda turli qiziqarli, hayratomuz hayot
lavhalari ro‘y beradi. Dushmanlar bilan yakkama-yakka
olishuvlar bo‘ladi. Dostondagi voqealar rivoji shu tarzda
taraqqiy etadi va oxir-pirovardida oshiq o‘z orzusiga yetadi.
≪Ravshan≫, ≪Kuntug‘mish≫ kabilarni ana shunday dostonlar
qatoriga qo‘shish mumkin.
Jangnoma-dostonlarni esa voqea rivoji asosan jang lav -
halariga boy asarlar tashkil etgan. Baxshilar bunday dostonlarni
nisbatan kam ijro etganlar. Bunday dostonlarda ko‘p -
roq qahramonning botirligini tasvirlashga e’tibor beriladi.
≪Yusuf bilan Ahmad≫, ≪Alibek va Bolibek≫, ≪Qirq
ming≫ kabi asarlar shular jumlasidandir.
Kitobiy dostonlar asosan tarixiy hayotimizning keyingi
asrlarida paydo bo‘ldi. Yozma adabiyotimiz vakillari
tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli
voqealar bilan tanishgan baxshilar ular asosida o‘zlarining
nusxa (variant)larini yaratganlar. Natijada kitobiy dostonlar
yozma va og‘zaki ijodning o‘zaro aloqalari natijasi sifatida
vujudga kelgan. Og‘zaki ijoddagi ≪Sayyod va Hamro≫,
≪Oshiq G‘arib va Shohsanam≫, ≪Vomiq va Uzro≫ kabi dostonlar
ana shu turdagi asarlar namunasidir.
Tarixda bo‘lib o‘tgan muhim voqealar haqida hikoya
qiluvchi dostonlar tarixiy dostonlar deb ataladi. Bunday
asarlarda tarixiy voqealar tinglovchida shubha uyg‘otmaydigan
to‘qimalar yordamida aks ettiriladi. Ammo ularda tarix
qanday bo‘lsa, shu tarzda, to‘kis ravishda o‘zgarishsiz
bayon etilmaydi. O‘tmishda shuhrat topgan ≪Oysuluv≫ ana
shunday doston sanaladi.
Shunday qilib, dostonlar xalq og‘zaki ijodidagi epik
asarlar xazinasidagi o‘ziga xos murakkab janrdir. Unda xalq
tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, odatlari, ozodlik uchun olib
borgan mashaqqatli kurashlari o‘zining badiiy ifodasini topgan.
Dostonlarni kuylayotgan baxshilarda kuchli xotira,
asarni ijro etayotgan paytda vujudga kelgan vaziyatga to‘g‘ri
baho bera olish, oddiy voqealarni o‘ta qiziq tarzda hikoya
qila bilish mahorati mujassam bo‘lmog‘i lozim. Asrlar
davomida bu janr namunalarining har bir hududda ijro eti -
lishi mahalliy an’analarni, hatto, maktablarni yaratdi.
117
O‘zbek dostonlari son jihatdan shu qadar ko‘p va badiiy
qimmat jihatdan shunchalar yuqori-ki, ularni xalqimiz
tomonidan dunyo madaniy, ma’naviy xazinasiga qo‘shilgan
munosib hissa sifatida baholasa arziydi.
|