• 5-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARDA MAHSULOT (ISH, XIZMATLAR) ISHLAB CHIQARISH HAJMINING TAHLILI
  • Mahsulot(ish, xizmat) ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tahlilining mazmuni, vazifalari va axborot manbalari
  • Islom Karimov Oliy Majlisning
  • 2. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi va ulardan tahlilda foydalanish
  • Mahsulot (ish, xizmat)lar nomenkulaturasi va assortimentining tahlili
  • Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti
  • 4. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
  • 5. Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va yo’qotishlar tahlili
  • 6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni umumlashtirish
  • Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси




    Download 1,17 Mb.
    bet5/156
    Sana04.04.2017
    Hajmi1,17 Mb.
    #2893
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156

    • talabni ifodalovchi ko’rsatkichlar;

    • talabning egiluvchanligi;

    • talabning o’zgarish sabablari;

    • talab va taklif muvofiqligi;

    • taklifning o’zgarish sabablari;

    • o’xshash tovarlar va ularning talab hamda taklifning o’zgarishiga ta’siri;

    • tovarlarni raqobat darajasi;

    • tovar raqobatbardoshligini aniqlash bosqichlari.

    Takrorlash uchun savollar


    1. Xo’jalik sub’ektlarining bozordagi faoliyatini tahlil etishning ahamiyati nimalardan iborat?

    2. Korxona mahsulotiga bo’lgan talab va taklifni o’rganishda tahlilning asosiy vazifalari bo’lib qaysilar hisoblanadi?

    3. Bozordagi talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsatib bering?

    4. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan bozor talabi va taklifini tahlil etish usullarini ko’rsatib o’ting?

    5. Bozordagi raqobat darajasi qanday tahlil etiladi?

    6. Narx-navo siyosatining bozordagi talab va taklifga ta’siri qanday tahlil etiladi?


    5-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARDA MAHSULOT (ISH, XIZMATLAR) ISHLAB CHIQARISH HAJMINING TAHLILI
    O’rganiladigan savollar:


      1. Mahsulot(ish, xizmat) ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tahlilining mazmuni, vazifalari va axborot manbalari

    2. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi va ulardan tahlilda foydalanish

    3. Mahsulot (ish, xizmat)lar nomenkulaturasi va assortimentining tahlili

    4. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili

    5. Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va yo’qotishlar tahlili

    6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni umumlashtirish.


      1. Mahsulot(ish, xizmat) ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tahlilining mazmuni, vazifalari va axborot manbalari

    Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxona ishlab chiqarishi ko’zda tutgan mahsulotlar hajmi iste’molchilarning ko’lami hamda korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bog’liqdir. Ayniqsa, mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan boyliklarning chegaralanganligi mo’l-ko’l tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda korxona o’z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini to’g’ri belgilay olishi muhim ahamiyatga egadir.

    Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda mo’l-ko’lligi, raqobatchilarning imkoniyatlari va iste’molchilarning ixtisoslik tovarlarga bo’lgan talablarining o’zgarib turishi ishlab chiqarish hajmini to’g’ri va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bo’lgan tovarlar turi, miqdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar o’rtasida kelishiladi. Demak, mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi iste’molchilarning talab va istaklariga bog’liq bo’ladi.

    Ichki imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda korxonadagi barcha mavjud boyliklardan to’liq foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kerakli me’yorda, ya’ni foyda olishni to’liq kafolatlangan sharoitni ta’minlashni ko’zda tutib ishlab chiqarishni tashkil etiladi.

    Mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha biznes rejada mo’ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko’rsatkichlari bo’lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to’lov qobiliyati, sof pul Mablag’larining hisobot davr oxiriga ko’payishini ta’minlovchi omildir.

    Boshqaruv hisobotida ishlab chiqarish ko’rsatkichi natura va qiymat shakllarida aks etadi. Jami korxona bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat qiymat shaklida aks ettiriladi. Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assortimentda sifatli bajarishi lozim. Hozirgi sharoitda mahsulotni ishlab chiqarish hajmi korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va rejalashtiriladi.

    O’zbekiston Respublikasining "Korxonalar to’g’risida"gi Qonunining 20-moddasida quyidagilar qayd etilgan: "Korxona o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xom-ashyo resurslariga, materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko’rsatilayotgan xizmatga bo’lgan talablarini hisobga olib taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi”.

    Mahsulot mo’l-ko’lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar bilan ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning birinchi chaqiriq XIV Sessiyasidagi ma’ruzasida XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi asosiy ustivor yo’nalishlar haqida to’xtalib, jumladan shunday degan edi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish - bu iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlashdir.

    Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).

    O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

    Mazkur o’zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlkatning boy tabiiy va mineral xom-ashyo salohiyatidan to’la va samarali foydalanishga, eksportga moslashgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmoyoi lozim».



    O’zbekistondagi investitsiya siyosatining yana bir muhim jihati - xorijiy sarmoyadorlarga berilayotgan imtiyozlardir. Xorijiy sarmoyadorlarda qiziqish uyg’otayotgan ikkita imtiyozni misol sifatida aytishimiz mumkin. Birinchisi, agarda ular qo’shma korxona tuzib, uni O’zbekiston Respublikasining investitsion dasturiga kiritsalar, 7 yil davomida foydadan olinadigan soliqdan ozod etiladilar. Ikkinchisi, agar mavjud qonunlar o’zgarib boradigan bo’lsa va bu o’zgarishlar u yoki bu kompaniyaga iqtisodiy yoki boshqa jihatdan zarar yetkazadigan bo’lsa, o’sha xorijlik sarmoyador O’zbekistonga kirib kelgan paytdagi qonunchilikdan yana 10 yil davomida foydalanishi va barqaror vaziyatda ishlashi mumkin. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning 2003 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2004 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi “Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo’lidan izchil borish – asosiy vazifamiz” deb nomlangan ma’ruzasida quyidagilar qayd etib o’tildi: “...mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish sur’atlarining izchilligi ta’minlanmoqda. Keyingi olti yil davomida yalpi ichiki mahsulotning o’sish sur’atlari har yili muntazam ravishda 4 foizdan ko’proq oshmoqda. O’tgan yili bu ko’rsatkich 4,4 foizni tashkil etgan.
    2. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi va ulardan tahlilda foydalanish
    Hozirgi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sanoat korxonalarining ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi miqdoriy, shartli – miqdoriy, mehnat va qiymat o’lchovlarida o’rganilishi mumkin. Bu o’lchovlar tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini o’rganishda qiymatda hisoblangan ko’rsatkichlarni tahlil etish muhim o’rin egallaydi. Ya’ni, korxona bo’yicha barcha turdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi qiymat o’lchovida umumlashadi. Boshqaruv tahlili uchun sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulot hajmini o’rganishda quyidagi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar o’rganiladi:

    • Yalpi mahsulot;

    • Tovar mahsuloti;

    • Sotilgan mahsulot.


    Yalpi mahsulot – bu korxonaning ma’lum bir davrda (kun, oy, chorak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko’rsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o’lchangan hajmiga aytiladi. Bunda uning tarkibiga ishlab chiqarilgan Tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlari, korxonaning o’z kapital remonti uchun sarflangan yarim fabrikatlar qiymati, buyurtmachilarning xom-ashyosidan Tayyorlangan mahsulotlar qiymati ham qo’shilgan holda aks etadi. Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi korxonaning quvvati, imkoniyati va ixtisoslashuvini o’rganishga hamda tahlil o’tkazishga imkoniyat yaratadi.

    Tovar mahsuloti – bu iste’molchilarga yetkazib berish uchun mo’ljallangan mahsulotlar bo’lib, yalpi mahsulotdan shu jihatlari bilan farq qiladiki, uning tarkibiga tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona ichki iste’moli (oboroti) uchun foydalanilgan mahsulotlar hamda buyurtmachilarning xom-ashyosidan Tayyorlangan mahsulotlar kiritilmaydi.

    Sotilgan mahsulot – iste’molchilarga jo’natilgan, yoki xaridorlardan puli kelib tushgan mahsulotlar qiymatiga aytiladi. Sotilgan mahsulotlar hajmi solishtirma, biznes rejadagi va amaldagi baholarda hisoblanishi mumkin. Bu ko’rsatkichga qarab ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi bog’liqlik, korxonaning mahsulotlarini sotish hajmini ko’paytirish bo’yicha imkoniyatlari bor yoki yo’qligini tahlil qilishga asos bo’ladi.

    Amaldagi e’lon qilinayotgan moliyaviy hisobotning ikkinchi shakli “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” ma’lumotlarida sotilgan mahsulotlar hajmini o’tgan va joriy yillardagi ko’rsatkichlarini o’rganish uchun sotishdan sof tushum, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi kabi ko’rsatkichlar aks ettirilmoqda. Bu ma’lumotlar ham tahlil uchun muhim manba sifatida foydalaniladi.

    Korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda muhim o’rinni miqdoriy ko’rsatkichlarni o’rganish egallaydi. Bunda mahsulot turlari bo’yicha dona, metr, tonna va hakozo birliklarda ishlab chiqarish sur’ati, dinamikasi va o’zgarish darajalarini aniqlash borasidagi tahlilning imkoniyatlari yaratiladi.

    Boshqaruv tahlilida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini o’rganishda shartli – miqdoriy ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ayniqsa, tovarlar hajmini o’rganishda, masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda ming shartli banka, paxtani qayta ishlovchi korxonalarda shartli – paxta toyi, poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalarda shartli – juft oyoq kiyimlari kabi ko’rsatkichlar tahlil qilinadi.

    Shuningdek, ko’p turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning faoliyatini tahlil qilishda sarflangan mehnat miqdoriga qarab ham ma’lumotlar o’rganiladi, ya’ni har bir ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun sarflangan kishi-soati yoki kishi-kuni, bir kishi kuni yoki soatida yaratilgan mahsulotlarning miqdori kabi shartli – miqdoriy ma’lumotlarni o’rganib ham ishlab chiqarish faoliyatiga baho beriladi.

    Sanoat korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarish darajasini tahlil qilishda muhim o’rinni biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymat o’lchovida hisoblangan umumlashgan ma’lumotlarni o’rganish egallaydi. Ya’ni, ishlab chiqarilgan yalpi va tovar mahsuloti, sotilgan mahsulotlar qiymatini bir necha yillar ma’lumotlariga asoslanib tahlil o’tkazish lozim.




      1. Mahsulot (ish, xizmat)lar nomenkulaturasi

    va assortimentining tahlili
    Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi iste’molchilar bilan avvaldan tuzilgan shartnomalardagi talablar miqdoriga bog’liq. Korxona mahsulot ishlab chiqarishning biznes rejadagi ko’rsatkichini faqat qiymat hajmda bajaribgina qolmasdan, balki har bir tovarlar bo’yicha belgilangan nomenkulatura va assortimentlarda ham bajarishi talab etiladi. Mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish biznes rejasining bajarilishi barcha sohalarning turli tarmoqlarini mutanosib rivojlanishiga, iste’molchini mahsulotlar (ish, xizmat)ga bo’lgan talabini to’laroq qondiribgina qolmasdan, bozorni mo’l-ko’lligini ta’minlaydi.

    Mahsulot, ish va xizmatlarning turi va assortimenti tahlilida ularning segmentlar bo’yicha taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, profildagi va profilda bo’lmagan turlari, asosiy va qo’shimcha mahsulotlar turlari bo’yicha turkumlanishi o’rganiladi. Ular bo’yicha reja topshiriqlarining bajarilishi, umumiy reja topshiriqlarining bajarilishida ularning ta’siri, mahsulotlar tuzilishidagi tarkibiy o’zgarishlarga baho beriladi.

    Mahsulotlar nomenkulaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabo’l qilingan ro’yxatidir.

    Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o’lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.

    Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o’rganishda o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi.

    Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda o’rtacha assortiment rejasini bajarilishini ham aniqlash muhim hisoblanadi. O’rtacha assortiment rejasining bajarilishi odatda eng kichik raqamlarni jamlash usuli orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir assortiment turlarini haqiqatda ishlab chiqarilish miqdorlari biznes rejasi bilan solishtirilib har ikki ko’rsatkichdan eng kichigi assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabo’l qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabo’l qilingan ko’rsatkichlarning jamini biznes reja bo’yicha ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan jami mahsulotlarga bo’lish orqali o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi aniqlanadi.

    Mahsulot ishlab chiqarish assortimentining o’zgarishi xo’jalik faoliyati natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarish assortimentini shakllantirishda korxona birinchi navbatda, mahsulotlar turiga bo’lgan talabni hamda bozordagi holatini, ikkinchidan esa, korxonada mavjud bo’lgan mahsulot, xom-ashyo, texnik-texnologik, moliyaviy va boshqa imkoniyatlardan to’laroq foydalanishni e’tiborga olishi zarur. Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o’z ichiga olishi shart:



    • Iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash;

    • Chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash;

    • Mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o’rganish, o’z vaqtida yangi zamonaviy bo’lgan tovarlar turini yaratish bo’yicha choralar ko’rish va ishlab chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo’lgan mahsulotni chiqarib tashlash;

    • Iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o’zgarishida xavf-xatar darajasini baholash.


    4. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
    Turli mulk shaklidagi firma va kompaniyalar yil davomida o’zidagi mavjud bo’lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklaridan oqilona foydalanishi hamda yil davomida uzluksiz samarali aylanishini ta’minlashi talab etiladi. Samarali faoliyat tashkil etilganda mahsulotlar ishlab chiqarish bozordagi talabni e’tiborga olgan holda yil mobaynida bir xil hajmda bo’lishiga erishiladi. Buning uchun korxonalar kunlik, haftalik, oylik, chorak, yarim va yil mobaynida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini biznes rejada mo’ljallangan miqdorda bajarilishini tahlil etishi lozim.

    Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig’i bilan bajarishi mumkin, ammo ayrim oylarda ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmasligi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo’lishiga, uning oqibatida jarimalar to’lanilishiga olib keladi. Amaldagi tajribalar shuni ko’rsatadiki, ayrim firmalar oylik ishlab chiqarish biznes reja ko’rsatkichlarini qisqa kunlarda hal etishni mo’ljallashadi. Lekin mahsulotlarning sifati talabga javob bermaslikka, ombordagi sotilmay qolgan tovarlar qiymatini keskin ortishiga hamda iste’molchilarga jo’natiladigan tovar muddatlarini buzilishiga olib keladi.

    Firmaning maromida ishlayotganligini tahlil etishda har 10 kunlikda ishlab chiqarilgan tovarlarni oylik mahsulotda tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma’lumotlar biznes reja ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, faoliyatning maromida bo’layotganligiga baho beriladi.
    Maromiylik koeffitsiyenti:

    2109413


    KM= ------------ = 0,996

    2117539
    5. Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va yo’qotishlar tahlili


    Mahsulotlar sotishdan olingan sof tushum hajmi tovarlar sifati, miqdori, shartnoma va bozordagi baholarning o’zgarishlari bilangina bog’liq bo’lib qolmasdan, sotish uchun mo’ljallangan tovarlarning turib qolishidan sifatining buzilishi, ishlab chiqarishdagi braklar hajmiga ham bog’liqdir. Ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik o’zgarishlar evaziga, bajaruvchilarning layoqatsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yo’l qo’yilgan kamchiliklar ta’sirida tovarlarning sifatini pasayishi va brak mahsulotlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.

    Shuningdek, xom-ashyo sifatini pastligi, standartga mos kelmasligi, dastgohlarni tez buzilishi, ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlar, kadrlar malakasini pastligi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibida brakka yo’l qo’yilishi mumkin. Brakka yo’l qo’yilishi tufayli iste’molga chiqadigan Tayyor mahsulot hajmi kamayadi, mahsulot tannarxi qimmatlashadi. Chunki mahsulot brak ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni zoyi ketganligini, unumsizligidan dalolat beradi. Tomonlarning o’zaro tuzgan shartnomalarida yetkazib beriladigan tovarlarning miqdori, narxidan tashqari assortimenti va sifati ham kelishiladi. Demak, brak mahsulotlar ishlab chiqarish yoki tovarlar sifatining buzilishi iste’molchining huquqini buzilishiga va iqtisodiy zarar ko’rishiga olib keladi. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi iste’molchiga sifatsiz mahsulot ishlab chiqargani uchun yetkazilgan zararni qoplashi shart. Ishlab chiqaruvchi firma davogarlik muddati tugamasdan avval nuqsonga ega bo’lganligi uchun qaytarilgan tovar o’rniga boshqa mahsulotlar jo’natishi Yoki avvalgi tovarlarning nuqsonini tuzatib iste’molchiga jo’natishi lozim. Mahsulotlar braki – tuzatiladigan va tuzatilmaydigan turlarga bo’linadi. Yo’l qo’yilgan brakni mahsulotlar qiymatiga ta’sirini aniqlash uchun brak natijasida firma behuda sarflagan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlari jamlanadi, shuningdek, kamchilikni tugatish uchun amalga oshirilgan qo’shimcha sarflar ham qo’shilgan holda brak tannarxi aniqlanadi. Bu aniqlangan yo’qotishlarni tovar mahsuloti tannarxiga bo’lish orqali brak tufayli mahsulot hajmining kamayishi aniqlanadi.


    6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni umumlashtirish
    Korxonalar tajribasida mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni turlicha guruhlashtirish mumkin, lekin bo’lar ichida eng muhimlari bo’lib:

    • tadbirkorlik omili;

    • mehnat omillari;

    • moddiy zahiralar bilan ta’minlanganlik omili;

    • asosiy vositalar bilan qurollanganlik omili;

    • boshqa omillar;

    Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ta’sirchan omillardan biri bu tadbirkorlik omilidir. Shu sababli mahsulot ishlab hajmining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga tadbirkorlik layoqati omili ham kiritilishi tartiblangan va bu tarkiblash iqtisodiy jihatdan o’rinlidir. Chunki yuqorida qayd etilgan ishlab chiqarish omillari tadbirkorlik omili bilan birgalikda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir etadi.

    Mehnat ishlab chiqarishning muhim omili sanaladi, chunki u moddiy boyliklar, zahiralarni xom-ashyo sifatida asosiy vositalardan foydalanib ishlab chiqarishni tashkil etadi va Tayyor mahsulot yaratiladi. Barcha omillar bir biri bilan uzviy bog’langan holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etadi. Mehnat omillarini tahlil etishda firmaning mehnat kuchlari tarkibi, harakati va ular bilan ta’minlanganlik, ish vaqtidan foydalanganlik, mehnatning unumi va mehnat omillarini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o’zgarishiga bo’lgan ta’sirlari aniqlanadi.

    Tovar va moddiy zahiralardan foydalanganlik omilini o’rganishda ular bilan ta’minlanganlik, tovar zahiralarining harakati, moddiy javobgarlar bo’yicha saqlanish holati, samarali foydalanganlik, moddiy boyliklarning qaytimi va sig’imi hamda moddiy boyliklardan foydalanishning ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga ta’siri kabi ko’rsatkichlar tahlil qilinadi.

    Bugungi kunda firma va kompaniyalarni texnik jihatdan qayta qurollanishi muhim ahamiyat kasb etadi, sababi, zamonaviy asosiy vositalardan foydalanish ish unumini ortishiga, mahsulotlar sifatini yaxshilanishiga hamda texnologik jarayonlardagi yo’qotish – braklarni kamayishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham bu omilning tahlilida firmani asosiy vositalari tarkibi, harakati va texnik holati, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy vositalardan foydalanish ko’rsatkichlari hamda asosiy vositalardan oqilona foydalanishning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga ta’siri o’rganiladi.

    Boshqa omillar deyilganda, bozor konyukturasi, talab va taklif, raqobatchilar imkoniyati, iste’molchi va buyurtmachilarning xarid qobiliyati, xalqaro iqtisodiy aloqalarning o’zgarishi va shu kabi boshqa sabablar tushuniladi.




    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




    Download 1,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси

    Download 1,17 Mb.