Akademik litsey va KHK talabalarida mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish




Download 9.74 Mb.
bet22/23
Sana18.05.2021
Hajmi9.74 Mb.
#14520
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
2.4. Akademik litsey va KHK talabalarida mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablaridan biri talabalarga mustaqil va ijodiy fikrlarni doimiy ravishda rivojlantirish hisoblanadi.

Mustaqil fikr yuritish har bir shaxs hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlari auditoriyalarida dars berishning barcha shakllari: nazariy, amaliy, laboratoriya darslari, amaliyotlar, darsdan tashqari ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlarida talabalarning mustaqil fikr yuritish ko’nikmalari tarkib topadi va u (ilmiy rahbar, murabbiy tomonidan) rivojlantirilib borilishi muhim ahamiyatga egadir.

Mustaqil ravishda fikr yuritilgan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tajribalarining ko’rsatishicha quyidagi bosqichlarni o’ ichiga oladi.



  1. O’z sohasi bo’yicha muammoli vaziyatni tushungan holda tahlil qilish;

  2. O’qish jarayonida olgan nazariy farazlarni ilgari surish;

  3. Auditoriyada o’zlashtirilgan bilim va malakalarni yangi vaziyatlarda qo’llab, yangi bilim, ko’nikma va malakalarni egallash;

  4. O’z fikr va bilimlari asosida tanlangan yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

  5. Ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalari asosida maqolalar tayyorlash, tahlil qilish va natijalarini izohlash;

  6. Ilmiy-tadqiqot ishlardan olingan natijalarni o’sha soha bo’yicha qo’llash.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalarining o’z ustlarida mustaqil ishlashlari, taqqiqot ishlarini olib borishlari uchun adabiyotlardan, ilmiy jurnallardan foydalanish, ilmiy-amaliy anjumanlarda, seminarlarda ishtirok etish muhimligi tajribalarda sinab ko’rildi va ijobiy natijalar berdi.

2.4.1.-chizma. Akademik listey va kasb-hunar kollejlarida tadqiqot ishlarini olib borish.

Ilmiy tadqiqot ishlarini zamon va davr talabi asosida yo’lga qo’yish uchun talaba – yoshlar orasida iqtidorli talabalarni tanlab, ularga ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari uchun sharoit yaratib, tadqiqot ishlariga jalb qilish orqali ko’zda tutilgan natijalarga erishiladi.

Talabaning mutaxassislik yo’nalishi bo’yicha tanlangan ilmiy tadqiqot ishining mavzusi ta’limning o’rta maxsus, bakalavriyat, magistratura, aspirantura bosqichlarida ketma-ketlik bilan kurs ishi (loyihasi), bitiruv malakaviy ish, magistrlik ishi, nomzodlik ishi tariqasida himoya qilinsa, ish natijalari ishlab chiqarishda qo’llanilsa, ilmiy-tadqiqot ishidan ko’zlangan maqsadga erishiladi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq holda olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tushunchalarni shakllantirish jarayoni murakkab va ko’p qirrali bo’lganligi uchun akademik listey va kasb-hunar kollejlarida talaba yoshlar bilan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqoridagi bosqichlar asosida yo’lga qo’yish, muvaffaqiyatlarga erishish omilidir.

Xulosa.


  1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejining fizika darslarida turli ko’rinishdagi masalalarni yechish tartibi turlicha bo’ladi. Shuning uchun masalani yechishni uni diqqat bilan o’qishdan va shartlarini aniqlashdan boshlash kerak. So’ng masala shartlarini varaqning chap tomoniga birin-ketin yozib bir xil birlikka (odatta SI birligiga) keltirib qo`yish kerak.

  2. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fanlararо bоg’lanish elementlaridan fоydalanib elektrоtexnika kursining mustaqil ish mavzulari, shuningdek, fizika va elektrоtexnika fanlarining tayanch so’z va atamalari bo’yicha bоg’lanish asoslandi.

  3. Fizika fani nazariy mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish bo’yicha mustaqil ishlar ro’yxatlari, turli ko’rinishdagi fizik masalalarni mustaqil ishlash uchun namunaviy mavzulari va ayrim metodik ko’rsatmalar keltirildi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari auditoriyalarida dars berishning barcha shakllari ilmiy-tadqiqot ishlarida talabalarning mustaqil fikr yuritish ko’nikmalari tarkib topadi va u (ilmiy rahbar, murabbiy tomonidan) rivojlantirilib borilishi muhim ahamiyatga egadir.

XOTIMA.

«O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fizika fani bo’yicha mustaqil ta’lim strukturasi va mazmuni» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi natijalaridan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizikadan mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida foydalanish mumkin. Taklif etilayotgan talaba mustaqil ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalaridan didaktik adabiyotlar, darslik va o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin. Malakaviy bitiruv ishida ilgari surilayotgan g’oyalardan mustaqil va masofaviy ta’limning yangi shakllarini yaratish va o’qituvchilar malakasini oshirish tizimida foydalanish mumkin. Bunda o’qituvchining o’zidagi ijobiy yoki salbiy o’zgarishlarni kuzatish va shunga qarab navbatdagi rejalarini tuzishi ko’zda tutiladi.



Mazkur bitiruv malakaviy ishida:

  • O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fizika fani bo’yicha mustaqil ta’lim strukturasi va mazmuni o’rganildi;

  • Fizikani fanini o`qitishda o`quvchilarda mustaqil tafakkurni shakllantirish yo`nalishlari, pedagogik asoslari aniqlandi;

  • Mustaqil ta’limni amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublari o’rganildi;

  • O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fizika fanidan talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllarini tuzildi;

  • Fanlararо bоg’lanish elementlaridan fоydalangan hоlda namunaviy mustaqil ish mavzulari asоslandi va tuzildi;

  • Mustaqil ishni bajarishda talabaga tavsiya etiladigan axborot-uslubiy ta’minoti tahlil qilindi.




Download 9.74 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 9.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akademik litsey va KHK talabalarida mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish

Download 9.74 Mb.