Tayyorlash metodikasi




Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana14.06.2022
Hajmi6.98 Mb.
#23650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Elektron talim muhitida videokontentlarn (1)
Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 10, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot
ma’ruza” modeli taklif qilinadi.
3
Bu modelda ta’lim ama liyoti 
jarayonlarida o‘qituvchi tomonidan auditoriyada an’anaviy 
ta’lim shaklida ma’ruzalar bilim oluvchiga yetkaziladi. 
Masofadan turib esa o‘quvchiga jonli efir orqali o‘quv mash­
g‘ulotlar olib boriladi. Bu jarayonda bilim oluvchi o‘qituvchi 
bilan teskari aloqa qilish imkoniyati mavjud bo‘lib, jumladan
mavzu doirasida o‘qituvchiga savollar berishi, jonli muloqot 
olib borish imkoni beriladi. Bu kabi videoma’ruza modelidan 
foydalanishda o‘quvchi o‘quv mashg‘ulotning tasvirga yozib 
olingan shaklidan foydalanishi tavsiya qilinadi. An’anaviy 
ta’lim jarayonida ma’ruza o‘qish orqali o‘qituvchi va bilim 
oluvchi o‘rtasidagi jonli muloqot amalga oshiriladi. Maso-
3
Использование видео в дистанционном обучении Для препо­
давателей и учителей. Издание второе. Б. И. Крук, О. Б. Журавлева, 2017 


13
fadan ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi
aloqa qilish jarayoni jonli muloqot qilish jarayonidan farqli 
o‘laroq, o‘qituvchi bilan o‘zaro muloqoti kichik monitordan 
boshqariladi. 
Ma’ruzachi bilan jonli muloqot yo‘qligi sababli an’anaviy 
ma’ruza mashg‘uloti samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda videoma’- 
ruzalar yaratishda “ ikki ma’ruzachi ” modeli tavsiya etiladi.
“Ikki ma’ruzachi” modeli
Bu turdagi videoma’ruza mashg‘ulotda ma’ruzachi yetka-
zayotgan o‘quv ma’lumot bo‘yicha bilim oluvchi tomonidan 
qo‘shimcha savollar berilishi, ta’lim mashg‘ulot davomida 
suhbatdosh aytayotgan fikrga munosabat bildirishi yordami-
da yangi mavzuni o‘rganish jarayonlari amalga oshiriladi. 
Shuningdek, monitor ekranida o‘qituvchi berayotgan axborot
illyustratsiyalar bilan qamrab olinadi. Mashg‘ulot davomida 
yuzaga kelgan muammoli vaziyatga yechim izlashda xizmat 
qiladi. Turli xil qarashlari mavjud o‘quv jarayonida tanqidiy


14
munosabatni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu video-
ma’ruza materialni o‘quv auditoriyalarda tasvirga olishda 
tajribali va katta mahoratli operatorni talab qiladi. 
“Ikki ma’ruzachi” modeli asosan seminar – videoma’ruza
shaklida yaratiladi. Bu o‘quv mashg‘ulotda faol ishtirokchisi
sifatida nafaqat ma’ruzachi yoki o‘qituvchi, balki, tasvirga 
olish studiyasida ishtirok etayotgan va o‘qituvchi tomoni-
dan taqdim etilayotgan o‘quv-materialni muhokama qilishda
qatnashayotgan kichik guruhdan tarkib topgan o‘quvchilar 
jamoasi hisoblanadi. O‘quvchilar tomonidan mavzuga doir 
savollar berilib, o‘qituvchi rahbarligida dars mashg‘ulot 
davomida muhokama qilinadi. Bunday videoma’ruza modeli 
son jihatdan kam bo‘lgan guruhlar o‘rtasida foydalanishi 
tavsiya etiladi. O‘quv jarayonlarda o‘qituvchi tomonidan 
taqdimotlar yaratilib, o‘quv auditoriyalarda foydalanishi lozim 
bo‘lgan yangi materialni tushuntirishga qaratilganligi inobatga 
olinadi. 
Taqdimot yaratilishining birdan bir maqsadi, o‘qituvchi 
tomonidan o‘quvchining mavzuni o‘zlashtirishi qulay hisob-
langan shaklda qabul qila olishi hisoblanadi. Ta’lim amaliyo-
tida multimedia vositalardan foydalanishda an’anaviy o‘quv 
mashg‘ulotlarning xususiyati o‘zgaradi. Jarayonda o‘quvchi 
dunyoqarashini kengaytirib orttirilgan bilimlarni yanada 
boyitilishiga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, multi 

media vositalarida yaratilgan taqdimotlar birgina ma’lu-
mot emas, balki, taqdimotdan foydalanish bilim oluvchining
aqliy faoliyatining turli jihatlarini, avvalo, diqqat va xotira 
rivojlanishini mustahkamlaydi. Yaratilgan taqdimot maz-
munini tushunish ta’lim jarayonida o‘quvchi diqqatining 
intensivligi yangi materialni o‘zlashtira olish ko‘nikmasiga 
ta’sir qiladi. Shuningdek, taqdimot slaydlarning klassifikatsiya­
sida bir nechta yondashuvlar mavjud: 


15
Taqdimot slaydlar klassifikatsiyasi.
Texnologik nuqtayi nazardan yaratilayotgan videokontent-
lar 5 xil asosiy turga ajratish mumkin: 
01
03
02
04
05
Slaydlar yordamida tasvirga olish;
Skrinkast texnologiyasi yordamida 
videodars; 
Kompyuter animatsiyasi;
“Real vaqtda” videotasvir 
(qog‘oz, sinf doskasi va hokazolar.)
An’anaviy o‘quv mashg‘ulot, master-klass
ma’ruza mashg‘ulotni tasvirga olish.



Download 6.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish