• O‘quv auditoriyani aniqlab olish.
  • Ssenariy tayyorlash.
  • platformasida ishlash intensiv kursi”




    Download 6.98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/22
    Sana14.06.2022
    Hajmi6.98 Mb.
    #23650
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
    Bog'liq
    Elektron talim muhitida videokontentlarn (1)
    Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 10, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot
    platformasida ishlash intensiv kursi”ning 
    YouTube
    5
    https://www.udemy.com/course/elektron­talim­platformasida­ish-
    lash-intensiv-kursi 


    19
    (https://www.youtube.com/) tarmogʻiga
    6
    joylashtirilganligi 
    havola qilinadi: 
    Ijtimoiy tarmoqda videomaʼruza mashg‘uloti
    Taʼlimiy videomaʼruzalarda illyustrativ elementlarni qam-
    rab olgan axborot – maʼlumotlar joy olgan. Bu oʻz navbatida, 
    inson tafakkurini rivojlantirishda yordam beradi. Anʼanaviy 
    taʼlim mashgʻulotlarini tasvirga olish jarayoni sahnalashtirilgan 
    videodars koʻrinishida oʻqituvchi tomonidan oʻquv auditori-
    yalarda maʼruza mashgʻulotlari bilan birgalikda olib boriladi. 
    Sahnalashtirilgan videomaʼruza oʻquv mashgʻulotlari
    auditoriyada oʻquvchi ishtirokisiz tasvirga olish jarayoni
    amalga oshirilib, anʼanaviy taʼlim jarayonlari real vaqtda
    tasvirga olinishida sahnalashtirilmaganligi holatlarini ham 
    kuzatish mumkin. Dunyoning rivojlangan davlatlarida 
    koʻpgina taʼlim muassasa, tashkilotlarining rasmiy veb­sahi-
    falarida nufuzli professor, pedagoglarning videomaʼruzalari 
    tasvirga olinib, videodarslar elektron taʼlim platformalariga 
    6
    https://www.youtube.com/channel/UCbCm9ooxwxDyivuIo1GFlyg/
    videos


    20
    joylashtirilib kelinmoqda. Coursera, Udemy, Edx kabi elektron 
    taʼlim platformalari shular jumlasidandir.
    Videoma’ruza materiallarining sifatini tahlil qilish uning 
    ushbu turdagi ma’ruza mazmuni, tuzilishi, o‘quv material-
    ning taqdim etish metodologiyasi va audiovizual materiallarni
    didaktik talablarga muvofiqligini baholash jarayonini qamrab 
    oladi:
    7
    1. Videoma’ruza mazmuni ta’lim muassasasining qo‘shim-
    cha kasbiy va umumiy ta’lim dasturlariga mos kelishi kerak.
    Barcha ma’lumotlar ilmiy jihatdan to‘g‘ri nazariy qarashlar-
    dan, aniq terminologiyadan foydalanganligi, o‘quv fanining 
    zamonaviy o‘qitish yondashuvlaridan kelib chiqqan holda 
    videoma’ruza materiallarini yaratilishida muhim ahami-
    yat kasb etadi. Yangi mavzuni bilim oluvchiga ochib berish-
    da nazariy o‘quv materiali aniq misol, namunalar yordamida
    birlashtiriladi. O‘quvchiga nazariy bilimlarni o‘quv amaliyot 
    bilan uzviy bog‘lagan holda yetkazishilishi amalga oshiriladi.
    2. Videoma’ruza tarkibi quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi 
    kerak: 
    • Ma’lumot manbai – o‘quv ma’ruza mavzusi, o‘qituv-
    chi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, ta’lim muassasa to‘g‘risida 
    umumiy ma’lumot; 
    • Kirish qism – videoma’ruzada o‘qituvchining kirish 
    so‘zlari, yangi o‘quv materialni o‘rganishdan maqsad va 
    vazifalari, o‘quv dastur, taqvimiy reja, metodik tavsiyalar; 
    • Asosiy qism – o‘quv mashg‘ulot materiali o‘quv kon-
    tent mavzulari rejasi bilan videoma’ruza materiali ketma- 
    ketligi mos ekanligini ta’minlash maqsadida videoma’ruzani 
    tinglov chiga taqdim etish; 
    7
    Разработка видеолекции: методические рекомендации / Сост.: 
    Е.Н. Авдеева, Н.А. Лацко, О.В. Пихота, Е.Д. Сайто. 2019
    .


    21
    • Yakuniy qism – videoma’ruza so‘nggida o‘quv material 
    haqidagi xulosa berish, tinglovchilarni qo‘shimcha adabiyot 
    va Internet resurslari bilan taminlash; 
    3. Videoma’ruzani yaratilishini tashkillashtirish bu 
    o‘z navbatida vaqt jihatidan hamda ekran monitor hajmi 
    bilan belgilanadi: 
    Videoma’ruza hajmiga mos o‘quv ma’ruza materiali bo‘li-
    shi lozim. Videoma’ruzada bayon etilayotgan o‘quv ma’lumot
    kengroq va murakkabroqlikni tashkil etsa, mazkur video-
    ma’ruzani har qanday tartibda qayta ko‘rib chiqish imkoniya- 
    tini taqdim etiladi. Alohida qismlar kesimida ajratish kerak 
    bo‘ladi. 
    Videoma’ruzada taqdim qilinayotgan ko‘rgazmali rasm-
    lar videoma’ruza mavzusi doirasida o‘quv material mazmuni
    bilan bog‘liq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek,
    o‘qituvchi tomonidan tayyorlanayotgan taqdimot slaydlar 
    videoma’ruza uchun 8­10 dan oshmasligi kerak. Videoma’ru-
    za materiallari ketma­ketligi va og‘zaki nutqdagi fikrlar
    material bilan zid bo‘lmasligi, bir-birini takrorlamasligi 
    lozim. Taqdimot slaydlarida termin, tushunchalar o‘rtasidagi 
    bog‘liqlikning grafik ko‘rinishini statistik va tahliliy ma’lumot 
    axborotlar bilan ta’minlanishi talab etiladi. 
    4. Videoma’ruza materialini taqdim etish metodikasi 
    izchillik, dalil tamoyillariga muvofiq bo‘lishi lozim. Video-
    ma’ruza matnini bayon qilishda o‘qituvchining og‘zaki nutqi
    bir xil monotondan holi bo‘lishi bu videoma’ruzani o‘zlash-
    tirilishini sezilarli darajada pasaytiradi. Asosiy umumiy 
    qoida va xulosalar, eng muhim ma’lumotlar ya’ni barcha 
    turdagi o‘quv axborotlar vizual ravishda ta’minlanishiga e’tibor 
    qaratilib, o‘quvchiga yetkaziladi.
    Murakkab, shu bilan birga, videodars tayyorlashda talab
    qiluvchi vositalardan foydalangan holda video materiallar-


    22
    dan bu – animatsion videorolik hisoblanadi. Bunday video-
    materiallarni yaratishda dinamik sahnalar, syujet qahra-
    monlarni harakatlantirish, shakllarni o‘zgartirish, rolikdagi 
    mavjud obyektlarning rang tasvir ko‘rinishi, holati namoyon
    bo‘ladi va obyektni ekrandan chetlashi kabi tasvirlarni 
    paydo bo‘lishi ketma – ketligini qamrab oluvchi chastotalar bi-
    lan o‘rin almashadi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
    sohasi rivojlanayotgan bir davrda ta’lim muhitida an’anaviy 
    multiplikatsion filmlar o‘rnini hozirda kompyuter texno­
    logiyalari yordamida yaratilayotgan animatsion videoma- 
    teriallar egallab kelmoqda. Ushbu axborot-texnologiyalar 
    yordamida yaratilayotgan ta’limiy videodarslar o‘quvchi-
    lar e’tiborini jalb qilish maqsadida kompyuter grafikasining
    imkoniyatlari tufayli o‘quv-axborotni samarali o‘zlashtirishga 
    xizmat qilib kelmoqda.
    Animatsion videorolik yaratish dasturi oynasi
    Bu kabi animatsion videokontentlar yaratishda ilg‘or 
    kompyuter dasturlarini bilish ko‘nikmasini egallashi, jum-


    23
    ladan, zamonaviy texnika, asbob – uskunalarga ega bo‘lishi 
    lozim. Mazkur animatsion videodarsliklar, videoroliklar asosan
    animatsion studiyalarda yaratilib, tijorat asosida ishlab 
    chiqiladi hamda bir necha mutaxassis, animator, rassomlardan 
    tarkib topgan ishchi guruh bilan yaratiladi. 
    An’anaviy ta’lim mashg‘ulotlarni real vaqtda tasvirga 
    olish jarayoni sahnalashtirilgan videodars ko‘rinishida 
    o‘qituvchi tomonidan o‘quv auditoriyalarda ma’ruzalar 
    olib boriladi. Sahnalashtirilgan videoma’ruza o‘quv mash-
    g‘ulotlari auditoriyada bilim oluvchi ishtirokisiz tasvirga 
    olish jarayoni amalga oshiriladi. 
    Videokontent tayyorlashda tasvirga olish muhiti
    Ta’lim jarayonlarda o‘qituvchi tomonidan videoma’ru- 
    zalarni tayyorlashda maxsus multimedia studiyada tasvir-
    ga olinishi bilan masofaviy ta’lim muhitida bilim oluvchilar 
    uchun o‘quv mashg‘ulotlar tashkillashtiriladi, videokontent-
    larni pedagogik amaliyotda tatbiq etish nazarda tutiladi. 
    Bunda o‘qituvchi uy sharoitida bo‘lgan holda videoma’ru-


    24
    za mash 
    g‘ulotlarini tasvirga olish jarayonini ham amalga 
    oshirishi tavsiya etiladi. Shuningdek, bu jarayonda bir 
    nechta tasvirga olish bosqichlari mavjud bo‘lib, bular:
    O‘quv auditoriyani aniqlab olish. Birinchi navbatda, 
    videoma’ruzalarni tasvirga olishdan avval, talaba, o‘quv-
    chilarni qamrab oluvchi auditoriyaga e’tibor berish muhim 
    vazifadir. Bunda o‘qituvchi oldiga qo‘ygan maqsadni aniqlash 
    bilan birga, uni foydali bo‘lishini ta’minlaydi.
    Ssenariy tayyorlash. O‘qituvchi o‘z sohasini mutaxassi-
    si bo‘lgan holda ham har bir videoma’ruza ssenariysini ishlab
    chiqishi tavsiya etiladi. Ishlab chiqilgan ssenariy quyidagi hol-
    larda yordam beradi: 

    Download 6.98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




    Download 6.98 Mb.
    Pdf ko'rish