|
Sut mahsulotiga dastlabki ishlov berish
|
bet | 5/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #246551 |
Bog'liq SUT VA SUT MAHSULOTLARI1.2. Sut mahsulotiga dastlabki ishlov berish. Sutga dastlabki ishlov berish barcha ferma va xo‘jaliklar sharoitida birmuncha muhim hamda o‘z vaqtida bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlardandir. Sutga dastlabki ishlov berilmas ekan, u tez vaqtda ayniydi, tarkibi buziladi va ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. Binobarin, bu tarkib barcha xo‘jaliklarda, sut-tovar fermalarida shuningdek sigir boqib sutini topshiruvchi xonadonlarda ham bajarilishi yuksak natijalarga olib keladi va foydadan holi emas. Sutga dastlabki ishlov berish deganda, asosan, quyidagi bir necha talablar nazarda tutiladi. Masalan, sog‘ib olingan sutni turli mexanik qo‘shimchalardan tozalash ya’ni sutni suzish, sovutish, ayrim xollarda pasterlash va jo‘natish (transportirovka qilish) shular jumlasidandir. Sutga dastlabki ishlov berish tadbirlari, fermalarda va xo’jaliklarda olib boriladi. Sut yetishtirishga moslashgan komplekslarda va yirik mexanizatsiyalashtirilgan fermalarda barcha sog’ib olingan sutda bir necha soat davomida ishlov berish ishlari olib boriladi. Sut zavodlariga topshirilgan sutga esa ikkinchi marta ishlov beriladi. Yirik sut tovar fermalarida va komplekslarda sog’ilgan sutni qabul qilish va unga ishlov beradigan maxsus xonalar(labaratoriyalar) ajratilgan bo’ladi. Unda sut tozalanadi, sovutiladi va ma’lum vaqt saqlanadi. Shuningdek bunday xonalarda yoki uning tashqarsida sut idishlarini dizenfeksiya qiluvchi va yuvishga mo’ljallangan vositalar saqlanadi. Bundan tashqari sutni pasterlash va separatlashga mo’ljallangan apparat hamda asbob-uskunalar ham saqlanadi. 1.3. Sut mahsulotlarining turlariga bo’lgan talablar, saqlanishi va muddati. So‘nggi paytlarda iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolardan biri bu sut va sut mahsulotlarining ayrim turlari belgilangan me’yoriy hujjat talablariga mos kelmayotgani edi. Aynan shu sabab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturiga muvofiq 2017 yilning 7 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 474-sonli qarori bilan «Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament qabul qilindi.
|
| |