|
Ovqatdan zaharlanishni oldini olish chora tadbirlari
|
bet | 12/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #246551 |
Bog'liq SUT VA SUT MAHSULOTLARI3.2. Ovqatdan zaharlanishni oldini olish chora tadbirlari. Ovqatdan zaharlanish — odatda hazm qilish buzilishi bilan kechadigan o’tkir kasallik. Buning sababi ko’pincha organizmga oziq-ovqat bilan birgalikda turli mikroorganizmlar kirishi bo’ladi. Ovqatdan zaharlanish shunindek zaharli qo’ziqorinlar va o’simliklarni tanovul qilishda ham kuzatiladi. Zaharlanishning odatiy alomatlari: Ich ketishi (axlat, suvli, badbo’y hidli, hazm bo’lmay qolgan oziq-ovqat qoldiqlari bilan); Kuchli ko’ngil aynishi; Ko’p marta qayt qilish. Bundan tashqari, zaiflik, bosh aylanishi, tana haroratining ko’tarilishi, varaja qilish, oshqozon sohasida og’irlik va og’riqli spazmlar, meteorizm, ko’p miqdorda so’lak ajralishi xarakterlidir. OVQATDAN ZAHARLANISHDA BIRINCHI YORDAM Oziq-ovqatdan zaharlanishining dastlabki belgilarida bemor oshqozonini bo’shatish uchun uni yuvish kerak. Yuvish uchun qog’oz filtr yoki to’rt qatlamli dokadan o’tkazilgan kaliy permanganatning (margansovka) kuchsiz (och pushti) eritmasi ishlatilishi mumkin. OVQATDAN ZAHARLANISHNI OLDINI OLISH Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olishning eng yaxshi usuli — ovqatlanish gigienasi qoidalariga, ovqatni to’g’ri saqlash va elementar ogohlikka rioya qilishdir. Ovqatning rangiga, hidiga va ta’miga e’tibor bering. Noxush chirigan hid, ta’mning nordonligi, tilning achishi sergak torttirishi kerak. Mahsulot sifati buzilganligi belgisi sifatida uning konsistentsiyasi o’zgarishi, uning yuzasida shilliq hosil bo’lishi ham xizmat qilishi mumkin. Mog’or bilan qoplangan, buzilgan meva va sabzavotlarni, shishgan konserva bankalari va sut va sut mahsulotlari paketlarini afsuslanmasdan tashlab yuborish kerak. Temir qopqoq bilan «yopilgan» banka o’ziga xos ovoz bilan ochilishi kerak, bu uning germetik yopilganini ko’rsatadi. Agar ovoz bo’lmasa, konservalarni iste’mol qilmaslik kerak. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
|
| |