|
Texnologik ta’limi bakalavriat ta’limi yo’nalishi tet 19/2 guruh talabasi xayrullayeva mehriniso nematjonovnaning
|
bet | 11/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #246551 |
Bog'liq SUT VA SUT MAHSULOTLARIA. 1- komanda uchun topshiriqlar: Pasterizatsiya qilingan sut deb nimaga aytiladi? Sut tarkibida qanday vitaminlar bor? Pasterizatsiyalash jarayonida sutning harorati qanchagacha ko’tariladi? Qatiq mahsulotlari deb nimaga aytiladi? B. 2- komanda uchun topshiriqlar: Sterilizatsiya qilingan sut deb nimaga aytiladi? Sut tarkibida mineral moddalar necha foizni tashkil qiladi? Sterilizatsiyalash jarayonida sutning harorati qanchagacha ko’tariladi? Qaymoq sutning qanday qisimi hisoblanadi? Quyidagi krassvordni guruh bilan yeching. Kransvord uchun savollar: - Sut tarkibidagi mikroorganizimlarni yo’qotish, saqlanganda turg’unligini oshirish maqsadida 65-85C haroratda sutga termik ishlov berish nima deb ataladi?
- Sutni pasterizatsiya hamda sterilizatsiya qilishdan asosiy maqsad ............larni o’ldirish. Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?
- Sutning eng yog’li qisimi nima deb ataladi?
- Kefirning yana bir nomini ayting?
- Qishloq sharoitida qatiqni suzmaga aylantirish jarayonida ajralib chiqadigan suyuqlik nomini toping?
Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilar baholandi. O’quvchilarga uyga vazifa berish. O’tilgan mavzuni takrorlab o’qib kelish. III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI. 3.1. Texnologiya darslarida mehnat muhofazasining tutgan o'rni. Mehnat muhofazasi - bu mehnatni muhofaza qilish, inson salomatligi va mehnat faoliyati samaradorligini ta'minlaydigan qonun hujjatlari va tegishli ijtimoiy- iqtisodiy, texnik, gigiyena va tashkiliy chora tadbirlar tizimidir. Mehnat muhofazasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar. avariyalar, portlashlar, yong'inlarning mumkin bo'lgan sabablarini aniqlaydi va o'rganadi, ushbu sabablarni bartaraf etish, odamlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish bo'yicha chora tadbirlar va talablar tizimini ishlab chiqadi. Bunda ulkan ijtimoiy samara bilan bir qatorda ma'lum bir iqtisodiy samaraga ham erishiladi. Mehnat muhofazasi oldida turgan vazifalarning murakkabligi sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish vazifalari bilan bevosita yoki bilvosita bog'liq bo'lgan ko'plab ilmiy fanlarning yutuqlari va xulosalaridan foydalanishni talab qiladi. Bu birinchi navbatda ijtimoiy-huquqiy fanlar va qonun hujjatlariga shuningdek mehnatni ilmiy tashkil etish, texnik estetika, ergonomika, ijtimoiy va muhandislik psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarga taaluqlidir. O'zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonuni ishlab chiqarish usullari, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilab beradi hamda fuqarolarning salomatligi va mehnatini muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgan.
|
| |