|
Dars turi: Nazariy, bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi
|
bet | 9/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #246551 |
Bog'liq SUT VA SUT MAHSULOTLARIDars turi: Nazariy, bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar. Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Klaster” va “Hamkorlikda o’qitish” “Krasvord” metodlaridan foydalaniladi. Darsda jihozlash: Sut va sut mahsuloti turlari sifatiga bo’lgan talablar mavzusiga doir rasm va tarqatma materiallar, krasvord o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari. Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomatni aniqlash. Darsga tayyorgalakni tekshirish. O’quvchilar diqqatini darsga qaratish. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Taom tayyorlashning xavfsizlik texnikasi va sanitariya - gigiyena qoidalari. Oshxona jihozlaridan (chinni, shisha, sopol, metall kabi) to‘g‘ri foydalanish tartibi bo’lib bu mavzuni o’quvchilar bilan birgalikda “Savol-javob” metodi yordamida takrorlab olamiz. 1. Pazandachilikda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalarini sanab bering? 2. Pazandachilikda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalarining vazifasi nimalardan iborat? 3. Oshxonada ishlatiladigan idish-tovoqlarning qanday turlari mavjud? Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu bayoni Reja: Sut mahsuloti haqida ma’lumot. Sutdan tayyorlanadigan mahsulotlar. Sut mahsulotlariga bo’lgan talablar. Sut – sut emizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan suyuqlik, fiziologik jihatdan yangi tug`ilgan naslni oziqlantirishga mo`ljallangan murakkab kimyoviy tarkibga va barcha oziq moddalarga ega. Tarkibida suv, oqsil, yog`, mineral moddalar, vitaminlar, fermentlar, garmonlar va boshqa moddalar bor. Sut tarkibida organizmning normal o`sishi va rivojlanishi uchun zarur ko`pgina oziq moddalarning maqbul nisbatlarda bo`lishi uni qimmatli oziq – ovqat maxsulotiga aylantiradi.
|
| |