Conrad Gesner (1516—1565)




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

43


Conrad Gesner (1516—1565)
Shvetsariyalik ensiklopedist olim va bibliograf K onrad 
G esner birinchilardan b o ‘lib, insoniyat tom onidan hayvonlar va 
o‘sim liklar haqidagi m a’lum otlarni tizim lashtirgan olim lardan 
biri edi.
Shvetsariyalik olim va bibliograf K onrad G esner (XVI asr) 
klassifikatsiyasi juda m ashhur bo‘lib, Gesner bu klassifikatsiyani 
o‘zi tuzgan «umumiy kutubxona» degan katta bibliografiya uchun 
ishlab chiqqan edi. Bu asar tom laridan birida har xil tillardagi 
kitoblar 250 dan ortiq bo'linm adan iborat bo‘lgan klassifikatsiya 
asosida sistemali tartibda joylashtirilgan edi. K.G esner klassifi- 
katsiyasida m aktabda o‘qitiladigan «yetti erkin san’at» sistemasiga 
kiradigan fanlar b o lim la ri ham da «fakultet» fanlari — falsafa, tib­
biyot yurisprudensiya va ilohiyot bo‘lim lari o‘ziga xos bir tarzda 
birga qo‘shilgan edi. K .G esner klassifikatsiyasi sxemasi, shubhasiz, 
o ‘z davrida juda katta voqea bo‘lgan edi. 0 ‘sha zamondagi ham da 
birm uncha keyingi bir qancha kutubxona va bibliografiya klas- 
sifikatsiyalaridan bu sxemani quyidagi xususiyatlar: bo‘lim larning 
batafsil ishlab chiqilganligi; o ‘sha davrdagi yangi ilmiy m asalalarni 
yorituvchi kitoblar uchun maxsus bo‘linm alar ajratilganligi; rubri­
kalari keng m azm unli kitoblarni bilim ning xuddi o ‘sha tarm og‘iga
44


doir ju z ’iy masalalarga bag‘ishlangan tor m azm unli kitoblardan 
ajratishga im kon beradigan sxemaning amalda foydalanishga 
qulayligi, bir-biriga o‘xshash tem atikalarni bog'lab turuvchi juda 
ko‘p yo'naltirgichlarning borligi ajratib turadi. Klassifikatsiyaning 
progressiv xarakteri yana shu narsada ifodalanardiki, unda «in- 
son turm ushi uchun foydali m exanik san’at» degan alohida bo‘lim
birinchi bor ajratib ko‘rsatilgan edi. Bu bo‘lim arxitektura va bi- 
nokorlikka doir, kasbkorlik va hunarm andchilik haqidagi, taom
tayyorlash va texnika kompleksini tashkil etuvchi boshqa m asa­
lalarga doir adabiyotni o ‘z ichiga olar edi.
Uzoq vaqt, yirik xususiy kutubxonada ishlagan nemis ide­
alist faylasufi G otfried Leybnitsning (1646—1716 yillar) kutub­
xona klassifikatsiyasi ju d a m ashhurdir. G archi uning sxemasiga 
«fakultet sistemalari» uchun tipik bo ‘lim lar — teologiya (ilohiyot), 
yurisprudensiya, tibbiyot va falsafa kiritilgan bo‘lsa-da, ular an ­
cha detallashtirilgan. B ulardan tashqari, Leybnits sxemaga ikki 
bo‘lim ni: beshinchi — tarix va oltinchi — aralash m ateriallar va 
um um iy kitoblar b o lim la rin i kiritgan.

Download 5,22 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish