Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/105
Sana05.09.2024
Hajmi9,12 Mb.
#270299
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

Aylana metodi 
Kattalik. Predmetlar o`lchamini taqqoslashga o`rgatish mavzusi yuzasidan 
topshiriq yozib qo’yilgan qog’oz varag’i davra bo’ylab o’tkaziladi har bir 
o’quvchilar o’zining javob variantini yozadilar so’ngida esa javoblar 
umumlashtiriladi.
 
5-ILOVA 
Tayanch so`z va iboralar: 
Miqdor

Predmet
,
Diqqat
, tarbiya, To`plam, Sezgi, 
arifmetika, 
kichik guruh
, metod,kattalik, Taqqoslash, tarbiyachi 
10-Mavzu: Kattalik. Predmetlar o`lchamini taqqoslashga o`rgatish.
Reja: 
1.Kichik guruh (3-4) yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarini 
shakllantirish. 
2.Bolalarni buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligi bo`yicha yonma-yon 
qo`yib va birini ikkinchisining ustiga qo`yib taqqoslashga o`rgatish. 
Buyumlarning o`lchamidagi barcha tafovutlarni bolalar katta va kichik 
so`zlari bilan, ya`ni buyumlarning o`zaro nisbatini hajmiga qarab belgilash uchun 
qo`laniladigan so`zlar bilan bildiradilar. Narsalar o`rtasidagi farqni bitta belgisiga 
qarab aniq ta`riflash imkonini beradigan so`zlardan bolalar foydalanmaydilar. 
Shuning uchun, kichkintoylarga faqat bitta belgisi (uzunligi, kengligi yoki 
balandligi) bir xil (barobar); qalinroq, yupqaroq, qalinligi bir xil (barobar) kabi 
so`zlardan foydalanishni o`rgatish zarur. U yoki bu belgini birinchi marta 
ajratishda bir-biridan faqat mazkur belgi bilan farqlanadigan narsalargina 
taqqoslanadi. Masalan, bolalarga «uzunroq - qisqaroq» tushunchasi haqida 
ma`lumot berish uchun rangi, kengligi va yo`g`onligi bir xil, bir- biridan faqat 
uzunligi bilan farq qiladigan buyumlar tanlab olinadi. 
Taqqoslash uchun oldin katta-kichikligi har xil narsalardan foydalaniladi. 
Namoyish qilinadigan materialning katta- kichikligidagi farq 0-5 sm.dan kam 
bo`lmasligi, tarqatma materialniki esa 5 sm.dan kam bo`lmasligi kerak. Ayrim 
o`lchamlami ajratib ko`rsatishda qo`l harakatlari yordam beradi. Pedagog 
(tarbiyachi) bolalardan qaysi narsa uzunroq (kaltaroq) ekanligini so`rash bilan bir 
vaqtda qo`lini narsa bo`ylab (chapdan o`ngga) yurgizadi. Kenglikni taqqoslayotib, 
qo`lini narsaning ko`ndalangi (kengligi) bo`ylab yurgizadi, balandligini 
taqqoslashda esa qo`lini narsaning pastidan yuqorisiga, asosan yuqori 
di 


115 
chekkasigacha yurgizadi. Mazkur belgilarni aniqlashda o`yin vaziyatini paydo 
qilish yordam beradi. Bunda u yoki bu harakatning qanchalik muvaffaqiyatli 
chiqishi mazkur belgining qanchalik yorqin ifoda etilganligiga bogliq bo`lib, uni 
hisobga olib borish talab qilinadi. Masalan: tarbiyachi bolaga mashinani keng va 
tor ko`prikcha ustidan yurgizib o`tkazishni buyuradi va unga shunday savol beradi: 
«Nima uchun bitta ko`prikdan mashina o`ta oldi, boshqasidan o`ta olmadi? Qaysi 
darvozadan mashina o`ta oladi, qaysisidan o`ta olmaydi? Nima uchun?».Avvalo, 
bolalarga narsalarni yonma-yon qo`yish usulidan foydalanish o`rgatiladi, chunki 
bir xil rangli narsalar taqqoslanadi va ularni ustma-ust qo`yganda ular qo`shilib 
ketadi. 
Tarbiyachi mazkur usullardan qanday qilib to`g`ri foydalanish kerakligini 
ko`rsatib beradi. Uzunlikni taqqoslayotganda, buyumlar yonma-yon joylashtiriladi 
va ularning uchlari bir tomon- dan (yaxshisi, chap tomondan) baravar qilib 
qo`yiladi; ustiga qo`yishdan foydalanib, ularning yuqori va pastki chekkalari ham 
birlashtiriladi. Agar narsaning uchi chiqib tursa, demak, bu narsani uzunroq deb 
aytish mumkin. Agar hech qaysi uchi chiqib turmasa, unda narsalarning uzunligi 
teng (baravar) deyish mumkin. Narsaning kengligini taqqoslashda ularning yuqori 
va pastki chekkalari solishtiriladi (tekislanadi); balandligini taqqoslayotganda esa 
narsalar bitta tekislik ustiga yonma-yon qo`yiladi. Ajratilgan belgi aniq so`z bilan 
ataladi. Tarbiyachi bolalarni narsalarning qiyosiy katta- kichikligini bildiruvchi 
uzunroq -kaltaroq, kengroq -torroq, enliroq -ensizroq kabi so`zlarni aytishga 
undab: «Qaysi tasma uzunroq (enliroq)? Qaysi tasma kaltaroq (ensizroq)?»-deb 
so`raydi. U bolalarga javob namunalarini beradi, masalan: «Qizil tasma yashil 
tasmadan enliroq, yashil tasma esa qizil tasmadan ensizroq». Mana shunday qilib, 
kichkintoylar asta-sekin har ikkala taqqoslanayotgan narsalarni atashga o`rgatib 
boriladi. 
Predmetlar o`lchamini taqqoslashga o`rgatish.Narsalarning yig`indisini 
taqqoslash. Bolalar dastlab narsalarning ikki guruhini taqqoslash asosida miqdoriy 
nisbatlar: tenglik- tengsizlik bilan tanishtiriladi.Kichkintoylar diqqati bir guruhdagi 
narsalarni, boshqa guruhdagi narsalarni, taqqoslanayotgan guruhlarning qaysi 
birida narsalar ko`p va qaysisida kamligini yoki har ikkala guruhda ham bab-
baravarligini aniqlashga qaratiladi.Narsalaning ikki yig`indisini taqqoslash 
bolalarning «qancha bo`lsa, shuncha», «bab-baravar», «ortiq», «kаm» iboralarining 
ma`nosini anglab olishlariga yordam beradi. Bolalarni mashq qildirish uchun 
narsalarning rasmlari bir- biridaa baravar uzoqlikda qator qilib terib qo`yilgan 
ko`rgazmalardan foydalaniladi. Bolalarning to`plamlardagi narsalar sonini idrok 
etib, tajribalarini oshirib borishlari muhim ahamiyatga ega, shuning uchun 
ko`rgazmalarda 3 tadan 5 tagacha narsa tasvirlangan bo`lishi kerak. Bu 
mashg`ulotlarda har bir bola ikkita ko`rgazma bilan ishlaydi. U har qaysi 
ko`rgazmaga o`yinchoqlarning 2 turini navbatma navbat joylashtiradi. 
Kichkintoylarga o`yinchoqlar qutichada (yoki likopchada) beriladi. Bu 
o`yinchoqlar bolaga kerak bo`lganidan ortiq bo`lishi kerak. Masalan, agar 
ko`rgazmada 4 ta qo`ziqorinchaning rasmi bo`lsa, qutichaga kamida 6-7 dona 
qo`ziqorin solib beriladi. Bolalar kartochkada nechta rasm chizilgan bo`lsa, 
ularning ustiga shuncha narsa qo`shishni o`rganishlari kerak.Pedagog (tarbiyachi) 


116 
mashg`ulotning birinchi qismida yig`ma tasmalarga asosiy e`tibor bolalarning 
ustma-ust qo`yish usulini bilib olishlariga qaratiladi. Bolaga o`yinchoq yoki 
rasmlari qanday qo`yganligini aytib berishini taklif qilish foydalidir.Ikkinchi 
mashg`ulotda bolalar og`zaki ko`rsatma bo`yicha ish qiladilar. Avval ularga 
birinchi mashg`ulotda ishlatgan o`yinchoqlarining biror turidan foydalanish 
so`ngra 
esa 
bu 
o`yinchoqlarni 
boshqalari 
bilan 
almashtirish 
tavsiya 
etiladi.Tasmalarni ustiga qo`yish usuli bolalarga 2-3 mashg`ulot davomida 
o`rgatiladi. Shundan so`ng bolalarga tasmalarni ustiga qo`yish usuli yordamida bir 
to`plam elementlari bilan boshqa bir to`plam elementlarini taqqoslash o`rgatila 
boshlanadi.
 
Mashg`ulotlarda ko`rgazmalar didaktik material vazifasini bajaradi. Tasmalarning 
birida bir-biridan bir xil uzoqlikda joylashgan predmetlar yoki geometrik figuralar 
(3-5 dona)dan foydalaniladi.Predmetlar (archalar, qo`ziqorinchalar, ko`rgazmalar 
va hokazolar)ning tekislikdagi rangli tasviridan, hajmli kichkina o`yinchoqlardan 
va geometrik figuralar (doiralar, kvadratlar, uchburchaklar)ning modellaridan 
tarqatma material sifatida foydalaniladi.Ba`zi kichkintoylar ko`rgazmalardagi 
rasmlarning qanday joylashganligini bilishga qiynaladilar. Ular rasmlar o`rtasidagi 
oraliqni go`yo ko`rmaydilar. Bunday bolalarga ko`rgazmalarni katakchalarga 
ajratib berish maqsadga muvofiqdir. Shunda predmetning har bir rasmi alohida 
katakcha ichida joylashgan bo`ladi, uning ostida esa rasimsiz katak bo`ladi. Yuqori 
doskadagi har bir rasmdan pastkidoskaga ko`rsatkich o`tkazilgan ko`rgazmalarni 
ham berish mumkin. Ko`rsatkichlar kichkintoylarning predmetlarni 
ko`rgazmalardagi rasmlar bilan taqqoslashlariga yordam beradi.Bolalar ustiga 
qo`yish usulidan foydalanganlarida, ular pred- metlarning rasmlarini faqat bir-
biridan farq qiladilar va ustini bekitadilar. Endi topshiriq murakkablashadi: 
predmetlarni rasmlar ostiga aniq qo`yish, ular o`rtasidagi oraliqni (ya`ni, ulaming 
fazoviy joylashuvini) qat`iy hisobga olish kerak.Bolalarni yoniga qo`yish usuli 
bilan tanishtirishdan oldin ularga o`yinchoqlar (rasmlar)ni ko`rgazmalardagi 
rasmlar ustiga qo`yish taklif qilinadi. Bunday qilish ish harakatning yangi usulini 
ilgari o`zlashtirilgan usul bilan bog`lash imkonini beradi. 
6-ILOVA 
Mustahkamlash uchun savollar
1.O`lchov munosabatlar haqida gapirib bering? 
2.Predmetlarning hajmi to`g`risida gapirib bering? 
3. M.Montisorri metodi to`g`risida gapirib bering ? 
4.Bolalarni buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligi bo`yicha yonma-yon 
qo`yib va birini ikkinchisining ustiga qo`yib taqqoslashga o`rgatish haqida 
gapiring? 
7-ILOVA 
Uyga vazifa: 
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.


117 
3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 
Rasm. 
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi. 


118 
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish 
11-Mavzu : Kichik guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi 
tasavvurlarini shakllantirish
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa 
O`quvchilar soni ___ tа 
O`quv mashg`ulotining shakli va 
turi 
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi 
1.Kichik guruh (3-4) yoshidagi bolalarning 
geometrik shakl haqidagi tasavvurlarni 
shakllantirish.
2.Buyumlarning shaklini tekshirib ko`rish, idrok 
qilishning o`ziga xos xususiyatlari. 
O`quv mashg`uloti maqsadi: Kichik guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl 
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini 
shakllantirish 
O`qitish natijasi 
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida 
Bolalarning matematik tasavvurlarini 
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar 
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va 
ko`nikmalarga ega bo`ladi 
Pedagogik vazifalar: 

Kichik guruh (3-4) 
yoshidagi bolalarning geometrik 
shakl haqidagi tasavvurlarni 
shakllantirishni tushuntirish; 

Buyumlarning 
shaklini 
tekshirib 
ko`rish, 
idrok 
qilishning 
o`ziga 
xos 
xususiyatlarini ko`rsata olish; 
- Kichik guruh (3-4) yoshidagi 
bolalarning 
geometrik 
shakl 
haqidagi 
tasavvurlarni 
shakllantirishni tasniflash; 
O`quv faoliyati natijalari

Kichik guruh (3-4) yoshidagi bolalarning 
geometrik 
shakl 
haqidagi 
tasavvurlarni 
shakllantirishni izohlaydi; 

Buyumlarning shaklini tekshirib ko`rish, 
idrok qilishning o`ziga xos xususiyatlarini aytib 
beradi. 
-
Kichik guruh (3-4) yoshidagi bolalarning 
geometrik 
shakl 
haqidagi 
tasavvurlarni 
shakllantirishni tasniflaydi. 
O`qitish metodlari 
Aqliy xujum,B/B/B 
O`qitish vositalari 
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish 
shakli 
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti 
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza 
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar 
aloqaning 
usul 
va 
vositalari 
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va 
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash 


119 
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
Ish
bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyatlar mazmuni 
O`qituvchi 
O`quvchi 
1-bosqich 
O`quv 
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa) 

Download 9,12 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish