Toshkent – 2022 kimyo




Download 70.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/43
Sana26.11.2022
Hajmi70.56 Mb.
#31890
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Bog'liq
7 SINF XIMIYA YANGI NASHR 2022 indd 7 53
taqdimot, 7вввввв, 71, Sezgi. Axrarova Shoira Batirovna MM-8 PP guruh — копия, ДОКУМЕНТ, 68366, to\'liq zaboyli burg\'ulash.olmosli dolotalar, jadval, CE8fw7uYNnkwkwvtvk5JT9VGdBrvfld3LGbiDQSv, 6-amaliy, Asliddin5, Anvar 7, larexdan 4 mustaqil ish, 1 sharh ishi kiber
II BOB. 4-MAVZU
Kimyoviy elementning nisbiy atom 
massasi
O‘rganiladigan tushunchalar
• Nisbiy atom massa
• Massaning atom birligi 
Rasmda ba’zi kimyoviy elementlar atomlari-
ning sharsimon modellari ko‘rsatilgan. Albat-
ta, haqiqiy o‘lchamlarda emas, balki ko‘p 
marta kat 
ta 
lashtirilgan holda, chunki atomlar 
shuncha lik ki chikki, ularni hatto eng yaxshi optik 
mikroskop larda ham ko‘rib bo‘lmaydi. 
Turli elementlar atomlari bir-biridan qanday farq qiladi?
XX asr oxirida olimlar bir necha o‘n 
million marta kattalashtirish imkonini 
beruvchi yanada rivojlangan mikro s-
koplar yaratildi. Bunday mikroskop 
moddaning yuzasida alohida joylash-
gan atomlarni aniq ko‘rsatadi.
Zamonaviy fanda atomlarning o‘lchamlari va 
massasini aniqlash usullari mavjud. Masalan, eng 
yengil atom vodorod atomidir. Uning massasi 
0,000000000000000000000000016735 kg. Eng 
kichik atom geliy (He) hisoblanadi. Ushbu atomning 
diametri taxminan 0,00000000098 m.
Bunday raqamlarni yozish va o‘qish qiyin, shu-
ning uchun ular odatda qulayroq shaklda taqdim 
etiladi: 1,6735 ∙ 10
−27
kg va 9,8 ∙ 10
−10
m. Ko‘pgi-
na kimyoviy elementlarning atomlari geliy atomidan 
ancha katta. Ulardan eng kattasi fransiy (Fr) ele-
mentining atomidir. Uning diametri geliy atomining 
diametridan 7 marta katta.
Turli elementlarning atomlari massa jihatidan yanada farq qiladi. Atomning massasi 
m
a
 
belgisi bilan belgilanadi va SI (xalqaro birliklar tizimi)da massa birliklari (kg)da ifodalanadi.
Masalan, uglerod atomi ning massasi: m
a
(C) = 19,94 ∙ 10
−27
kg, kislorod atomining mas-
sasi esa m
a
(O)= 26,56 ∙ 10
−27
kg. Yerda mavjud bo‘lgan eng og‘ir element uran (U) atomi-
ning massasi vodorod atomi ning massasidan deyarli 237 marta katta.
Atomlarning bunday kichik massalaridan hisob-kitoblarda foydalanish noqulay. Bundan 
tashqari, XIX asrda atom va molekulyar nazariya shakllana boshlangan davrda olimlar 
atomlarning haqiqiy o‘lchamlari va massalari haqida tasavvurga ega emas edilar. Shuning 
uchun amalda atomlarning haqiqiy massalari o‘rniga ularning nisbiy qiymatlari qo‘llanila 
boshlandi. Ular oddiy moddalarning bir-biri bilan reaksiyalarida massa nisbatlaridan 
hisoblab chiqilgan. Kimyogarlar bu nisbatlar mos keladigan atomlarning massalariga 
proporsional deb taxmin qilishgan. XIX asrning boshlarida J. Dalton nisbiy atom massasi 
tushunchasini kiritdi, taqqoslash birligi sifatida eng yengil atom vodorodning massasini oldi.
Hozirgi vaqtda bunday taqqoslash birligi sifatida uglerod atomi massasining 1/12 qismi 
ishlatiladi va massaning atom birligi (m.a.b.) deb ataladi. Uning xalqaro belgilanishi – 

Download 70.56 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Download 70.56 Mb.
Pdf ko'rish