• Adiabatik jarayon
  • Mavzu: ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI . Reja
  • Toshkent – 2023 1- ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: kirish. Mexanika. Kinematika asoslari




    Download 15,65 Mb.
    bet16/40
    Sana22.02.2024
    Hajmi15,65 Mb.
    #160565
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
    Bog'liq
    3-KURS FIZIKA (5-yillik sirtqi uchun)

    Izohorik jarayon- Izohorik jarayonda berilgan gaz massasining hajmi o’zgarmas bo’lganligi uchun gaz tashqi kuchlarga qarshi ish bajarmaydi . Shuning uchun termodinamikaning bu jarayon uchun quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi Demak, izohorik jarayonda ideal gazga beriladigan issiqlik miqdorining hammasi gaz ichki energiyasining o’zgarishiga sarflanadi. Gaz ichki energiyasining o’zgarishi
    (5)
    3-rasm
    (6) ga teng bo’ladi.
    Adiabatik jarayon- Tashqi muhit bilan issiqlik almashmasdan sodir bo‘ladigan jarayon adiabatik jarayon deyiladi. Tabiatda tez sodir bo‘ladigan jarayonlarning hammasi adiabatik jarayonga misoldir. Adiabatik jarayonda Q=0 bo‘lganligi uchun termodinamikaning birinchi qonuni quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
    A=-U (7)

    Gaz adiabatik jarayonda ichki ener giyaning kamayishi hisobiga ish bajaradi. Demak, adiabatik jarayonda
    gaz kengayganda soviydi.
    Aksincha, agar adibatik jarayonda tashqi kuchlar gaz ustida gazni siqib ish bajarsa, gaz isiydi, ya’ni gazning ichki energiyasi ortadi. 3 – rasmda adiabatik jarayonning (p,V) diagrammasidagi grafigi tasvirlangan. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, adiabata chizig‘I izoterma chizig‘idan tikroq ekan.
    Issiqlik dvigatellari deb, issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashina-larga aytiladi. Masalan, bug‘ trubinalari, ichki yonuv dvigatellari shular jumlasidandir.



    Har qanday issiqlik dvigateli Q1 issiqlik miqdorini beradigan T1 temperaturali isitkichdan, Q2 issiqlik miqdorini oladigan T2 temperaturali sovutkichdan va mexanik ish bajaradigan modda
    5-rasm

    ishchi jismdan tashkil topgan(5-rasm). Issiqlik dvigatelining ishlash prinsipi quyidagicha:

    • Istalgan issiqlik dvigatelida yonilg‘ining ichki energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Issiqlik dvigatellarining ishlashi uchun turli temperaturali isitkich va sovutkichning bo‘lishi shart Istalgan issiqlik dvigatelining ishlashi ishchi jism (masalan, gaz) holati o‘zgarishining takrorlan-uvchi sikllaridan iborat.

    • Birinchi bo‘lib fransuz injeneri Sadi Karno tomonidan to‘rt taktli ideal is­siqlik dvigatelning ishlash prinsipini tushuntirib berdi. Bu issiqlik dvigatelining ishlash sikli ikkita izoterma va ikkita adiabatadan iborat (2-rasm).

    1- holatda turgan gaz T1 haroratda izotermik kengayib, 2-holatga o‘tadi. Bu paytda gaz isitkichdan Q1 ga teng issiqlik miqdori olib tashqi kuchga qarshi A1,2 ish bajaradi. Ayni paytda A1,2=Q1 bo‘ladi.
    Gaz 2 - holatga o‘tgandan so‘ng gaz isitkich bilan kontakda ajraladi. Natijada gazning adiabatik kengayishiga imkoniyat yuzaga keladi va 3-holatga o‘tadi. Bunda gaz o‘zining energiyasi hisobiga tashqi kuchlarga qarshi A2,3 ish bajaradi. Shuningdek gazning ichki energiyasi kamayganligi uchun uning temperaturasi T1 dan T2 gacha pasayadi.
    Gaz 3-holatga o‘tgandan so‘ng uning temperaturasi T2 bo‘lgan sovutkich bilan kontaktga keladi. Bu holatdan gazni tashqi kuchlar ta’sirida 4-holatga kelguncha izotermik siqamiz. Bunda tashqi kuchlar gazni siqib A3,4 ish bajaradi. Shuningdek sistema sovutkichga Q2 issiqlik beradi. Gaz 4-holatga erishgandano‘ng uni sovutkichdan ajratamiz va 1-holatga adiabatik ravishda siqib o‘tkazamiz. Bunda gaz adiabatik siqilib uning ustidan tashqikuchlar A4,1 ish bajaradi. Shuningdek, gaz temperaturasi T2 dan T1 gacha ko‘tarilib, 1-holatga o‘tadi.


    6-rasm
    Karno sikli bilan issiqlik dvigatelining bajargan foydali ishi A=Q1-Q2 ga teng bo‘ladi. Bunda Q1-isitkichdan olingan issiqlik miqdori,Q2-sovutkichga berilgan issiqlik miqdori.
    Issiqlik dvigatelining foydali ish koeffitsienti (FIK) deb, dvigatel bajarayotgan A ishning isitkichdan olingan Q1 issiqlik miqdoriga nisbatiga aytiladi, ya’ni:
    (1)
    Karno ideal dvigatelning FIKi faqat isitkich bilan sovutkichning temperaturalariga bog‘liqligini orqali quyidagicha hisoblashni topdi:

    5- Mavzu: ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI.
    Reja:
    1. Elektrostatika.
    2. Kulon qonuni. Elektr maydon.
    3. Elektr toki. Elektr zanjiri. Tok manbaining EYuK.
    4. Om va Joul –Lens qonunlari.
    5. Turli muhitda elektr toki.

    Download 15,65 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




    Download 15,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent – 2023 1- ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: kirish. Mexanika. Kinematika asoslari

    Download 15,65 Mb.