B.S.Abdullayeva
Ilmiy darajalar beruvchi
Ilmiy kengash raisi, p.f.d., professor
R.G.Isyanov
Ilmiy darajalar beruvchi
Ilmiy kengash ilmiy kotibi, p.f.n., dotsent
M.Е.Mamarajabov
Ilmiy darajalar beruvchi
Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar
raisi, p.f.d., professor
5
KIRISH (Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Mavzuning dolzarbligi va zarurati.
Jahonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
o‘quvchilarining hayotiy kompetensiyalarini shakllantirish borasida ta’limning
individuallashuvini ta’minlash va ta’lim jarayonlariga shaxsga yo‘naltirilgan
texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Axborotlar hajmining yiriklashuvi, ularni o‘quvchilar tomonidan qabul
qilib olish jarayonining murakkablashishi shaxsning zarur ma’lumotlarni tanlay olish
layoqatiga ega bo‘lishi, o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlar turmush tarzini yaxshilash,
kasbiy faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quvchilarni bugungi davr talablariga mos
tarbiyalashda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar
olib borilmoqda.
Jahon ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida differensial ta’lim modellarini
takomillashtirish, ta’lim jarayonlarida loyihaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va
o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot
ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarning zamonaviy tendensiyalaridan
kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni
amaliyotga joriy etish orqali pedagoglarning kasbiy mahorati va pedagogik
kompetensiyasini oshirishga oid ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans
poydevorini barpo etish borasida maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan tub
o‘zgarishlar va islohotlar samaradorligini ta’minlash “o‘qitish metodikasini
takomillashtirish,
ta’lim-tarbiya
jarayoniga
individuallashtirish
tamoyillarini
bosqichma-bosqich tatbiq etish”
1
bilan bog‘liq. “... yoshlarni maqsadli tarbiyalab
borish, ularni maktab davridan seleksiya qilish, keyinchalik oliy o‘quv yurtlariga
qamrab olish bo‘yicha samarali mexanizmni joriy etish, maktab ta’limi tizimi o‘quv
jarayoniga yangi yondashuvlarni joriy etish”
2
muhim vazifa etib belgilandi. Mazkur
vazifalar maktab ta’limida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni tatbiq
etish, umumiy o‘rta ta’lim tashkiliy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishning
pedagogik imkoniyatlarini kengaytiradi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
29-apreldagi
PF-5712-son
“O‘zbekiston
Respublikasi
Xalq
ta’limi
tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida”, 2020-yil 6-noyabrdagi
PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan
sohalarini
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
Farmonlari, 2020-yil
6-noyabrdagi PQ-4884-son “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida” Farmoni.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning
malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalari”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan
videoselektor yig‘ilish ma’ruzasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi 34-son bayoni, 2019-yil
23-avgust.
6
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu
tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
|