oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli
(fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YAN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish
darajasini baholash usuli. YAkuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va
iboralarga asoslangan “YOzma ish” shaklida o‘tkaziladi.
ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinishi mumkin.
Bunday hollarda YAN qayta o‘tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish
darajasi ballar orqali ifodalanadi.
«Yosh davrlar psixologiyasi» fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
YA.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N( MI).-55+5 ball va O.N.-10 ball qilib
taqsimlanadi.
1. Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr (o‘quv yili) davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
- joriy baholash (JB)
- talabalarning mustaqil ishi (TMI)
- oraliq baholash (OB)
- yakuniy baholash (YAB)
Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr (yil sikl) davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimida baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
№
|
Baholash turi
|
Maksimal ball
|
Saralash ball
|
1
|
Joriy baholash
|
55
|
30,2
|
2
|
Talabaning mustaqil ishi
|
5
|
1,7
|
3
|
Oraliq baholash
|
10
|
5,5
|
4
|
YAkuniy baholash
|
30
|
16,5
|
|
JAMI
|
100
|
55
|
Talabalarning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Joriy baxolash (JB)
JB da fanning xar bir bo‘lim bo‘yicha talabaning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish ko‘zda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishining faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi xisobga olinadi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv soatidan kelib chiqqan holda maksimal ball belgilanadi. Masalan, Yosh va pedagogik psixologiya fani misolida ko‘rsatamiz. Semestr davomida 12 ta dars rejalashtirilgan, unda 11 ta JB o‘tkaziladi. Maksimal ball 5x11=55 ballni tashkil qiladi.
JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‘zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi. Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart.
Talabaning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi:
№
|
Ballar
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1
|
5-4,3
|
A’lo “5”
|
Talabalar uy vazifasini bajargan, og‘zaki savollarga aniq javob beradi, mavzu bo‘yicha mustaqil mushohada yurita oladi, mazmunini tushunadi mavzu bo‘yicha mustaqil fikrlay oladi. Vazifalarni mustaqil bajaradi, natijalarini rasmiylashtirib tahlil qila oladi.
|
2
|
4,2-3,5
|
Yaxshi “4”
|
Talaba uy vazifasini bajargan, og‘zaki va test savollariga javob bera oladi. Ijtimoiy fanlar qonuniyatlarini va ta’riflarni yod biladi. Mavzuni tushungan, lekin ayrim masalalarni taxlil qila olmaydi.
|
3
|
3,5-2,7
|
Qoniqarli “3”
|
Talaba uy vazifasini bajarib kelgan, og‘zaki va test savollariga qiynalib javob beradi, ta’riflarni yod biladi, lekin mohiyatini yaxshi tushunmaydi.
|
4
|
2,7
|
Qoniqarsiz “2”
|
Talaba uy vazifasini daftariga yozib kelgan, lekin mavzu bo‘yicha savollarga javob bera olmaydi. Mohiyatini tushunmaydi.
|
Talaba darsga kelib unga mutloq tayyorlanmaganda va muhokamada mutloq ishtirok etmaganida 1-2 ball qo‘yiladi.
Talabaning mustaqil ishi (TMI)
Talabaning mustaqil ishi O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25-avgust 333-sonli buyrug‘i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mustaqil ish bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55% dan kam ball to‘plagan talaba fan bo‘yicha yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasida talaba mustaqil ishi bo‘yicha kafedra nizomi ishlab chiqiladi. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari, har bir ish turiga soatlarni taqsimlash va aniq baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
5.TMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baxolanadi. Maksimal ball
Ballar
|
Baho
|
4,3-5,0
|
“5” a’lo
|
3,6-4,2
|
“4” yaxshi
|
2,8-3,5
|
“3” qoniqarli
|
2,8 dan kam
|
“2” qoniqarsiz
|
Talabaning mustaqil ishdan olgan bali JB baliga qo‘shiladi.
Oraliq baxolash (OB)
OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni echish qobiliyati aniqlanadi.
Bir semestrda o‘tiladigan fanlardan bitta OB o‘tkaziladi.
Ikki semestrda o‘tiladigan fanlardan ikkita OB o‘tkaziladi. OBga o‘quv mashg‘ulotlarining qarzi bo‘lmagan talabalar qo‘yiladi.
Oraliq baholashning maksimal bali 10 ball;
O‘zlashtirish
|
10 ball
|
A’lo
|
8,6-10
|
YAxshi
|
7,1-8,5
|
Qoniqarli
|
5,5-7
|
Qoniqarsiz
|
5,5
|
OB kafedra majlisi qarori bilan yozma ish, test, og‘zaki suhbat shakllarida yoki ularning kombinatsiyalarida o‘tkazilishi mumkin. OB bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55% dan kam ball to‘plagan talaba YAB ga qo‘yilmaydi.
Yakuniy baxolash (YAB)
YAB da talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YAB fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng o‘tkaziladi. YAB ning maksimal bali - 30 ball.
O‘zlashtirish
|
30 ball
|
A’lo
|
30-25,8
|
YAxshi
|
25,5-21,3
|
Qoniqarli
|
21-16,5
|
Qoniqarsiz
|
16,5 dan kam
|
JB va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‘plagan talabaga YAB ga ishtirok etishga huquq beriladi.
YAB o‘tkazish shakli – test, og‘zaki, yozma ish yoki ushbu usullar kombinatsiyasida Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.
JB, OB va YAB turlarida fanni o‘zlashtira olmagan (54 % dan kam ball to‘plagan) yoki uzurli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi:
- qoldirilgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslaxat kunida topshiriladi. 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi;
- OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffitsentsiz qayt etiladi;
- semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi;
- akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruhsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. SHu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talabaga belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiri.
Reyting natijalarini qayd qilish tartibi
Fandan reyting nazorati bo‘yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan bir kun muddatda kafedra 2 nusxada to‘ldiradi va mas’ul xodim kafedra mudiriga imzolatib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.
Talabaning fan bo‘yicha baholash turlarida to‘plagan ballari reyting qaydnomsiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “Umumiy soat” ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, “Ball” ustuniga esa talabaning mazkur mezonning 3.1 bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirish bali, “Reyting” ustuniga hisoblangan reyting ko‘rsatkichi qo‘yiladi.
Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi “Reyting daftarchasi” da qayd etilmaydi.
Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‘yicha talabaning JB, OB hamda YAB turlarida ko‘rsatilgan o‘zlashtirish reyting ko‘rsatkichlarining monitoringi olib boriladi. O‘zlashtirish natijalari kafedra tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kir itiladi. Reyting nazorati ekranining tashkil etishi va uning belgilangan muddatlarda to‘ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.- T.: O‘zbekiston, 2009. – 40 b.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. T. «SHarq» 2001. Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlari. 3-18 betlar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. «SHarq» 2001. Oliy ta’lim meyoriy xujjatlari. 18-52 betlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
Islom Karimov. Barkamol avlod orzusi T., «SHarq» 1999 y.
Prezident Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari». T.׃ “O‘zbekiston” 2009.-56 b
Karimov I. Eng asosiy mezon-hayot haqiqatini aks ettirish.T.׃ O‘zbekiston, 2009.-24 b.
Islom Karimov. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T., «O‘zbekiston», 2000 y.
Islom Karimov. «YUksak ma’naviyat-engilmas kuch». T., «Ma’naviyat».2008
”Prezidentga maktublar” T., «Ma’naviyat» 2013y
Islom Karimov “ O‘zbek xalqiga tinchlik va Omonlik kerak “T., «O‘zbekiston», 2013 y
I.A.Karimov O‘zbekiston erishgan yutuq va marralar – biz tanlagan islohatlar yo‘lining tasdig‘idir. T. “O‘zbekiston”, 2014. 22 jild
Asosiy adabiyotlar.
Ibragimov X.I.,YUldashev U.A.,Bobomirzaev X Pedagogik psixologiya. Toshkent, 2009 y
Ivanov R.I., Zufarova M.E Umumiy psixologiya .Toshkent, 2009 y
Maxsudova M.A Muloqat psixologiyasi . Toshkent, 2006 y
Nishonova Z., Asomiddinova SH Psixologik maslahat. Toshkent, 2010
Nishonova Z.T Psixologik xizmat. Toshkent, 2007 y
Qo‘shimcha adabiyotlar
To‘ychieva S.M.«Maktab bitiruvchilarining ma’naviy qiyofasi» Toshkent,2000 y
Do‘stmuxammedova S.A «O‘quvchilar o‘quv faoliyatlarini boshqarish
psixologiyasi» Toshkent, 2000 y
Ochilov M.O. «YAngi ta’lim texnologiyasi». Karshi, 2000 y
Nishonova Z.T. «Oliy maktab psixologiyasi» Toshkent, 20003 y
Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis metodikalari to‘plami” Toshkent, 2003 yil
G‘oziev e.G‘., Mamedov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkent 2003 yil
A.F. Kudryashova «Luchshie psixologicheskie testы dlya profotbora i proforientatora» Moskva, 1992 g.
E.A.Klimov «Kak vыbrat professiyu», Moskva 1990 g.
Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya.O‘quv metodik qo‘llanma.Toshkent,2004.
Petrovskiy A.V.tahriri ostida. Yosh davrlari va pedagogik psixologiyasi Toshkent,1989.
G‘oziev e.G‘. Umumiy psixologiya:darslik.1-2-kitob.Toshkent,2002.
Sunnatova R.I., Parpiev U. «Kasbga yo‘naltirish maslahatlari: metodlar, muammolar, imkoniyatlar», Toshkent 2001 yil.
Qodirov K.B. “Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jihatlari va kasbiy tashxis”, Toshkent 2001 yil
Rashidov F.X., Xodjaboev A.R., R.K.Jo‘raev, X.F.Masudov va boshqalar “O‘rta maxsus, kasb-hunar talimdagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi” Toshkent 2000 yil
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. Uz
3. www. Ziyonet.uz
4. www. Edu. Uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
6. www.inetlibrary.com. Internet-kutubxona
7. www.expert.psychology.ru
8. www.psycho.all.ru
9. www.psychology.net.ru
10. www.psy.piter.com
Biz o‘z iste’dodli , fidoiy bolalarimiz, farzandimizga
bilim va kasb cho‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz zarur.
I.A.Karimov
“ Yosh davrlar psixologiyasi” fani bo‘yicha tayyorlangan Sillabusi
2016/2017 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan
Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Toshkent farmatsevtika instituti
|
M.Oybek ko‘chasi, 45-uy
|
Kafedra:
|
Ijtimoiy fanlar
|
Sanoat farmatsiyasi fakul’teti tarkibida
|
Fan nomi va kodi: 2.23.
|
Yosh davrlar psixologiyasi
|
Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:
|
5111000-kasb ta’limi
|
Bilim sohasi: 500000 – Ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash
Ta’lim sohasi: 510000 - Sog‘liqni saqlash
|
Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:
|
Katta o‘qituvchi YUldasheva Saodat Mamasahatovna
|
e-mail:
telefon
|
saodat. yuldasheva.67
@ mail.ru
+998917780341
|
Dars vaqti va joyi:
|
2-bino 112-auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
22.12.2016-10.04.2017
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Dushanba, seshanba,chorshanba kunlari 10.00 dan 16.00 gacha
|
Fanga ajratilgan
soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
28
|
|
Ma’ruza:
|
14
|
Amaliyot
|
28
|
|
|
|
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi :
|
pedagogika, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya, psixologiya, kasbiy ta’lim metodikasi, kasbiy pedagogika, axborot texnologiyasi, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi.
|
Fanning asosiy maqsadi:
|
Talabalarda pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
– Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida bo‘lajak mutaxassislarni ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishga o‘rgatish hamda ularda kasbiy faoliyatning pedagogik mohiyatini to‘la anglay olish qobiliyatini hamda pedagogik tafakkurini shakllantirishdan iborat.
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanning dolzarbligi: “Yosh davrlar psixologiyasi” fanini o‘rganishning maqsadi talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarlik ta’lim sohasini 5111000 «Kasb ta’limi» yo‘nalishi ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining psixologik xususiyatlarini bilib olish, ularni ta’limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni enga olishida hamda ularning texnologiya va ishlab chiqarish ta’limi darslarini olib borishiga yordam beradigan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning qisqacha mazmuni: Yosh davrlar psixologiyasi fanini belgilangan maqsad asosida talabalarni kasbiy tayyorlashning quyidagi vazifalarini hal etadi: bo‘lajak mutaxassislarning «“Yosh davrlar psixologiyasi » fanida mutaxassislik bo‘yicha bilimlarini kengaytiradi hamda yangi tushuncha va qarashlar bilan qurollanadi. Ushbu dastur ta’lim oluvchilarni milliy mafkura tarbiyasi, talabaning kasbiy ta’lim asoslari bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablarning psixologik aspektlarini puxta egallash, vazifasini bajaradi.
|
O‘quv fanini prerekvizitlari
|
Talaba: psixologiyaga oid dastlabki bilimlarga ega bo‘lishi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.
|
Fanni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi natijalarga erishadi
|
Bilib oladi: fanga oid tushunchalar: psixologiya. Psixologik jarayonlarni qonunyatlari va tamoyillari, Psixologik jarayonini mazmuni, tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish shakllari, tarbiya turlari ta’lim sifati haqida.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilinishi:
“Yosh davrlar psixologiyasi” fani bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Joriy nazorat uchun 60 ball, oraliq nazorat uchun 10 ball, yakuniy nazorat uchun 30 ball. (maksimal 100 ball)
Fan bo‘yicha egallagan bilimlari asosida: ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini tashkil etish o‘quvchilar bilan ishlashning samarali shakl, metod va vositalarini qo‘llay oladi hamda innovatsion faoliyat va kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘llarini egallaydi.
|
Postrekvizitlar
|
Ushbu o‘quv modulini o‘zlashtirish natijasida talabalardan:
Nazariy ta’lim texnologiyasini mustaqil loyihalashni bilish;
Ishlab chiqarish ta’limini o‘tishni mustaqil loyihalashni bilish;
Nazariy va amaliy ta’lim bo‘yicha mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tkazish;
Trenajyorlarda mashg‘ulot o‘tkazishni bilish;
Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilan to‘g‘ri muloqat olib borish, faol o‘qitish metodlarini qo‘llash olish;
Mashg‘ulotlarda fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish;
O‘quvchilar bilimini reyting tizimida baholash haqida bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi.
|
Talabalar uchun talablar
|
- professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
-intitut uniformasini kiyish;
- mobil telefonni dars davomida o‘chirish;
- berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
- guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- darsga o‘z vaqtida kelish;
- 6 soatdan ortiq dars qoldirgan taqdirda, dekan ruxsati bilan darsga kirish.
|
Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi
|
Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha
|
Yosh davrlar psixologiyasi fanidan ma`ruza mashg`uloti kalendar tematik rejasi
№
|
Mavzuning nomi
|
Jami
|
1
|
Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
|
2
|
2
|
Yosh davrlar psixologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi
|
2
|
3
|
Yosh davrlar psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish. Psixik rivojlanish va ta’lim.Yosh davrlarini tabaqalash muammolari
|
2
|
4
|
O‘smirlarning psixik xususiyatlari
|
2
|
5
|
O‘s pirinlik yoshining psixologik xususiyatlari
|
2
|
6
|
Ta’lim jarayonini boshqarish.
|
2
|
7
|
Tarbiya psixologiyasi. O‘qituvchi psixologiyasi
|
2
|
|
JAMI
|
14
|
« Yosh davrlar psixologiyasi » fanidan amaliy mashg`uloti kalendar tematik rejasi
№
|
Mavzuning nomi
|
Jami
|
1
|
Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
|
4
|
2
|
Yosh davrlar psixologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi
|
4
|
3
|
Yosh davrlar psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish . Psixik rivojlanish va ta’lim.Yosh davrlarini tabaqalash muammolari
|
4
|
4
|
O‘smirlarning psixik xususiyatlari
|
4
|
5
|
O‘s pirinlik yoshining psixologik xususiyatlari
|
4
|
6
|
Ta’lim jarayonini boshqarish.
|
4
|
7
|
Tarbiya psixologiyasi. O‘qituvchi psixologiyasi
|
4
|
|
JAMI
|
28
|
t/r
|
Nazorat turlari va topshiriqlarning nomlanishi
|
Nazorat turlari bo‘yicha maksimal ball
|
O‘tkazish vaqti
|
I. Joriy nazorat uchun ballar taqsimoti
|
60 ball
|
Semestr
davomida
|
II. Oraliq nazorat
|
10 ball
|
|
III. YAkuniy nazorat
|
30 ball
|
Semestrning oxirgi haftasi
|
1.
|
Umumiy o‘quv kursi bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar asosida o‘tkaziladi
|
|
|
JAMI:
|
100 ball
|
|
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari namunaviy mezonlari
t/r
|
Talabaning fanni o‘zlashtirish (bilim, ko‘nikma va malaka) darajasi
|
Ballar
|
A)
|
Xulosa va qarorlar qabul qilishi
|
86-100 ball
|
Ijodiy fikrlay olishi
|
Mustaqil mushohada yuritish
|
Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi
|
Mohiyatini tushunish
|
Bilish, aytib berish
|
Tasavvurga ega bo‘lish
|
B)
|
Mustaqil mushohada yuritish
|
71 -85 ball
|
Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi
|
Mohiyatini tushunish
|
Bilish, aytib berish
|
Tasavvurga ega bo‘lish
|
V)
|
Mohiyatini tushunish
|
55 - 70 ball
|
Bilish, aytib berish
|
Tasavvurga ega bo‘lish
|
G)
|
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik
|
0 - 54ball
|
Asosiy adabiyotlar:
|
Ibragimov X.I.,YUldashev U.A.,Bobomirzaev X Pedagogik psixologiya. Toshkent, 2009 y
Ivanov R.I., Zufarova M.E Umumiy psixologiya .Toshkent, 2009 y
Maxsudova M.A Muloqat psixologiyasi . Toshkent, 2006y
Nishonova Z., Asomiddinova SH Psixologik maslahat. Toshkent, 2010
Nishonova Z.T Psixologik xizmat. Toshkent, 2007 y
|
Fannni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari
Ma’ruzaning tuzilishi (strukturasi). Ma’ruza odatda uch qismdan: kirish, asosiy va yakuniy qismdan iborat bo‘ladi (2.4-chizma).
“Ma’ruza” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Kirish qismi:
Qutlash
Mavzu
Maqsad
Tashkiliy savollar
Motivatsiya, qiziqishni uyg‘otish
2. Asosiy qism:
1-asosiy fikr
2-asosiy fikr
3-asosiy fikr va hokazo.
3. YAkuniy qism
Natija va xulosa
Umumlashtirish
Ta’lim oluvchilar bilan ta’lim beruvchining birgalikdagi ushbu faoliyatini tashkil etishning samarali shartlari quyidagilardan iborat:
ma’ruzaning batafsil rejasini tuzish;
ma’ruza rejasini eshittirish;
rejaning har bir qismini yoritishdan so‘ng qisqacha umumiy xulosa qilish;
ma’ruzaning bir qismidan boshqa qismiga (bo‘limiga) o‘tishda mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlash;
muammoli bayon qilish;
yozib olish zarur bo‘lgan joylarni ajratish (yozdirish);
ma’ruzalarni uning alohida holatlarini batafsil tahlil qilish imkonini beruvchi seminar-mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib borish.
“Ma’ruza” metodidan foydalanganda ma’lumotlar, tushuntirishlar (izohlar) va faktlar samarali ravishda taqdim etiladi.
“Ma’ruza” metodining afzalliklari:
aniq ilmiy bilimlarga tayanadi;
vaqtdan unumli foydalaniladi;
ta’lim beruvchi tomonidan o‘quv jarayonini to‘liq nazorat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
“Ma’ruza” metodining kamchiliklari:
ta’lim oluvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar;
ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchilar bevosita muloqotga kirisha olmaydilar;
katta miqdordagi bilimlarni o‘zlashtirish ta’lim oluvchilar uchun qiyin kechadi;
uzoq vaqt davomida diqqat bilan tinglab o‘tirish ta’lim oluvchilarni tez toliqtiradi;
eslab qo‘lish darajasi barcha ta’lim oluvchilarda turlicha bo‘lganligi sababli, guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qo‘lishi mumkin.
“To‘rt pog‘onali metod” metod - amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonining to‘rt pog‘ona doirasida kechadigan metodidir.
Bu metod ta’lim oluvchilarga bir xilda takrorlanadigan qo‘l ko‘nikmalarini tez va mukammal o‘rganib olishlariga yordam beradi. “To‘rt pog‘onali” metod qo‘llanilganda, ta’lim oluvchilar iloji boricha oddiy operatsiyalar bilan tanishtiriladi, so‘ng uni takrorlaydilar va to mukammal o‘zlashtirmaguncha mashq qiladilar. Ushbu metod quyidagi bosqichlardan iborat (2.5-chizma):
tushuntirish;
nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish;
ko‘rsatilgan tarzda qaytarish;
mashq qilish.
2.5-chizma. “To‘rt pog‘onali” metodning tuzilmasi
“To‘rt pog‘onali” metodning bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. “Tushuntirish” bosqichida muhandis-pedagog ta’lim oluvchilarga avval oddiy operatsiya bosqichini tushuntirib beradi.
2. “Nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish” bosqichida muhandis-pedagog ta’lim oluvchilarga topshiriqni qanday bajarish kerakligini amalda ko‘rsatib beradi.
3. Uchinchi bosqichda ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog ko‘rsatgan ish harakatlarini takrorlaydi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bajarayotgan harakatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirib, xatolarini to‘g‘rilab turadi.
4. “Mashq qilish” bosqichida ta’lim oluvchilarning hatti-harakati muhandis-pedagog tomonidan nazorat qilib boriladi. Ta’lim oluvchilar ish amallarini mukammal o‘zlashtirganlaridan so‘ng, uni mustaqil bajaradilar.
“To‘rt pog‘onali” metodning asosiy belgisi-ta’lim oluvchilarning harakatlari muhandis-pedagog ko‘rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklanganligidadir.
ТАЪЛИМ ОЛУВЧИ ФАОЛИЯТИ
ПЕДАГОГ ФАОЛИЯТИ
Тушунтириш
Тинглаш
Кўрсатиб бериш Кузатиш
Хатоларни тузатиш
Такрорлаш
Баҳолаш
|