Pedagogik tajriba-sinov natijalari




Download 4,36 Mb.
bet19/25
Sana11.12.2023
Hajmi4,36 Mb.
#116015
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

Pedagogik tajriba-sinov natijalari.
Geografiya o'qituvchisi har bir darsning vazifasini, maqsadini, mazmunini ularni egallashda qanday ta’lim metodlari va vositalari qo'llanishini, o'quvchilarning faoliyati nimalardan tashkil topishini oldindan aniqlab oHs^ kerak. Pedagogik faoliyati davomida mo‘ljallagan natijasiga erishmoqchi bo‘lgan tajriba-sinovni olib boruvchi eksperimentator-o‘qituvchi faoliyatini aniq va ravshan loyihalashtirish, tahlil etish va baholash qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i lozim. Eng muhimi darslar o'rtasidagi aloqadorlik va bog'liqligining nimalarda aks etishi har bir mavzuni ekologik ta’lim-tarbiya bilan bog’ lashda, dars rejalarida o'z aksini topgan bo'lishi lozim. Tadqiqot usullarini tanlash qo'yilgan maqsad va vazifalarga bog'liq[10]. Eng avvalo, qo'yilgan metodik muammo dolzarbligining maqsad va vazifalarini belgilash uchun maxsus adabiyotlarni nazariy jihatidan taxlil qilish zarur. Agar bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirishning samarali usul va vositalarini izlamoqchi bo'lsak, avvalo uni o'quv jarayonini taxlil qilishdan boshlamoq kerak. Buni tajriba-sinov asosida, o'qitish, so’rovnoma yordamida, o'quvchi va o'qituvchilar bilan suxbatlar tarzida uyushtirish mumkin. Har qanday tadqiqotda nazariya metodi etakchi o'rinni egallaydi. U o'z navbatida bir qancha usullarni, xususan: adabiyotlar taxlili, statistik-matematik, tarixiy va taqqoslash metodlarini o'z ichiga oladi. Geografiya ta’limi metodikasi bo'yicha tadqiqot olib boruvchilar, eng avvalo geografiya falsafa didaktika, pedagogika, psixologiya, mantiq, bilish nazariyasi kabi fanlarini chuqur o'rganib chiqishilari zarur. Ularda tadqiqot uchun, taqqoslash va qiyoslashga oid bo'lgan malumotlar to’planadi. Geografiyani o’qitish metodikasi bo'yicha olib boriladigan tajribalarda stastistik - matematik metodlarning ham ro’li katta. Bunda tajriba o’tkazilayotgan sinflar va maktablardagi ish natijalarini e’tiborga olish keng qo'llaniladi. Olingan miqdoriy ko'rsatkichlarga tayanib u yoki bu metodning, usulning, vositalarning qanchalik samara berishligini aniqlash imkoniyati tug’iladi. Statistik, matematik metodning eng muhim хususiyatlaridan biri shuki, ular yordamida, pedagogika va uslubiy hodisalar o'rtasidagi qonuniyatlarni ochish imkoniyatlari yaratiladi. Masalan, tajriba sifatida qo'llanilayotgan ta’lim metodi o'quvchilarning bilim va ko'nikmalariga, bilish faoliyati faolligiga qay darajada ta’sir qilishini o'rganishga yordam beradi[11].




Download 4,36 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Download 4,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik tajriba-sinov natijalari

Download 4,36 Mb.