-Rasm Ekologik muammolarni tasnifi




Download 4,36 Mb.
bet20/25
Sana11.12.2023
Hajmi4,36 Mb.
#116015
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

9-Rasm Ekologik muammolarni tasnifi
Bizning tajriba-sinov ishlarimizda taqqoslash metodi keng qo'llanildi. Ilg'or tajribalarni qiyoslash, O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o'qitishda qo'llanilayotgan metodlarni, bizning vatanimizda qo'llanilayotgan metodlar bilan taqqoslash samarali natijalar beradi. Eksperimental - empirik tadqiqot usullariga ta’lim jarayonini kuzatish, pedagogik faoliyatini o'rganishva umumlashtirish, so’rovnoma o'tkazish, pedagogik eksperiment uyushtirishlar ham kiradi. Bu usullar o'quv dasturlarini takomillashtirishda, o'qituvchilarni ilmiy uslubiy saviyasini oshirishda katta ro’l oynaydi. Aytaylik, o'quvchilarning bilimi, ko'nikmalari haqida malumotlar to’planayotgan bo’lsin, bu yerda kuzatish, so’rovnoma o'tkazish, o'quvchilar bilan suxbat, maktab xujjatlarini o'rganish kabi boshqa bir necha usullardan unumli foydalanishni taqozo etadi.

Tajribalar shuni ko’rsatdiki, o'qituvchining mahorati, muvafaqqiyati ko'p jihatdan kuzatuvchanlikka bog'liq. Kuzatishni yozib borish uchun kundalik yuritish albatta zarur bo’ldi. Quyida biz pedagogik amaliyot o’tkazgan Sergeli tumani 300-umumta’lim maktab tajribasini o’rganishda kuzatish dasturidan namuna keltiramiz:



  1. a) o'quv jarayonidagi mavzular mazmuni, yangi materiallar, tushunchalarni o'rganish, tashkil etilishi.

b) yangi materialni o'rganishda xatoliklar noaniqliklar mavjudmi, metodlar to'g'ri tanlandimi va qo'llanildimi, ular nimalarda o'z aksini topgan.

v) o'qituvchi o'zi rejalashtirishida, va dars jarayonida etakchi tushunchalarni bo’rttirib ko'rsata oladimi;

g) o'quv materiallar qanday metodlar yordamida ko'rib chiqildi, ularning har biriga taхminan darsning neclui foiz vaqti sarflandi:



  1. a) Yakunlovchi amaliy ishlarning barchasi o’tkaziladimi;

b) qaysi amaliy ishlar o’tkazilmadi, nima uchun?

v) har bir yakunlovchi amaliy ish uchun qancha vaqt sarflandi;

g) yakunlovchi amaliy ishlarni bajarishda o'qituvchi va o'quvchilar qanday qiyinchiliklarga duch keldilar, bu qiyinchiliklar nimalardan iborat?

d) o'qituvchi dasturdagi amaliy ishlar mazmuniga va uyushtirish shakliga o'zgartirish kiritadimi, ularni nima bilan isbotlaydi.

e) dasturdagi boshqa amaliy ishlarga o'qituvchilarning munosabati ularni qanday shaklda o’tkazadi, yakka tartibda, yoppasiga, sinfda, uyda, baholaydimi, qaysilarini o’tkazmaydi, sababi darsning qancha qismi (foizi) uni bajarishga ketadi?



  1. a) dasturda ko'rsatilgan fanlararo bog'liqlik uyushtiriladimi:

b) fanlararo bog'liqlik qanday uyushtiriladi:

g) qaysi mavzuda qanday fanlar bilan bog'liqlik yoritilmadi: Darsning qancha qismi (foizi) fanlararo bog'liqlariga sarflandi.

d) o'qituvchi fanlararo bog'liqlik mazmuniga qanday to'ldirish va o'zga- ritishlar kiritdi; ular nimalarda aks etdi?

Geografiya darslarida pedagogik amaliyot ishlarida so’rovnoma usuli qo'llanildi. So’rovnomalardan maqsad biror metodik muammo bo'yicha malumot to’plashdir. Biz tajriba -sinov ishlarini o’tish jarayonida o’z mutaxasisligimiz ya’ni geografiya fani bo'yicha ta’lim metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida geografiya o'qituvchilarga quyidagi savollar boyicha havola etdik.
Quyida o'quvchilarning sinfda bajarishlari uchun mo'ljallab tuzilgan so’rovnomadan misollar keltiramiz. Ayrim adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, so’rovnomalardan olingan natijalar Respublika yoki viloyat maktablarida har-xil natijalar berishi kuzatilgan. Bunday so’rovnomalar o'rganilayotgan pedagogik hodisa yoki voqealikning qanchalik to'g'ri qo'yilganligini ko'rsatadi. Chunki har-bir maktab turlicha sharoitlarda joylashgan va xilma-xil imkoniyatlarga egadir. Quyida biz pedagogik amaliyot davrida o’tkazgan 7-sinf o’quvchilaridan olingan so’rovnomalarni keltiramiz:

Eslatma: Yuqorida ko'rsatilgan usullardan tashqariyana qaysi usullar qo' llanilganda yangi materialni puxta tushunasiz?

Geografiya ta’limi metоdikasi bo'yicha olib bоriladigan tadqiqоt larda pedagogik eksperiment keng qo'llaniladi. Bu metod kuzatish metodining mantiqiy davomidir. Eksperiment yangi pedagogik tajribani yaratishga yo’ naltirilgan bo'lib, u quyidagi holatlarida qo'llaniladi.

1. Tadqiqotchi sinab ko’rmoqchi bo'lgan material o'quvchilar yoshiga va bilim saviyasiga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlashda.

  1. Maktab geografiya kurslaridagi biror mavzuni o'rganishda tavsiya etilgan yangi metodlar va ko'rgazmali qo'llanmalarni birgalikda qo'llashning samarasini aniqlash zarurati tug’ ilganda va h.k. Boshqacha qilib aytganda, bu eksperiment ta’lim va tarbiya jarayonini ilmiy nuqtai nazardan, tajribalar yordamida sinab ko’rish zaruriyati tug’ilganda qo'llaniladigan metoddir.


Tajriba-sinovlarning muvaffaqiyatli o’tishi avvalo uning maqsadi qanchalik puxta rejalashtirilganligiga, tajriba faraziga, hamda yangilikni o'zida qanchalik puxta mujassamlashtirganligiga bog'liq. Tajribalarda o'rtaga tashlangan faraz o'z ichiga o'quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalarni hamda o’sha bilim va ko'nikmalarni puxta o'zlashtirishga yordam beruvchi usul va vositalarni ham o'z ichiga olishi kerak. Pedagogik tajriba xilma-xil tarzda koyilishi mumkin. Uni belgilariga ko'ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin.



  1. Vaqtga nisbatan: uzoq va qisqa muddatli;

  2. O'rganilayotgan hodisalar tarkibiga ko'ra: oddiy va murakkab

  3. Tashkil etish jarayoniga ko'ra:

  1. laborotoriyada alohida o'quvchilar guruxi bilan o'tkazish;

  2. tabiiy (butun sinf bo'yicha yoki bir necha sinflari bilan)

  1. kompleks tarzda (laborotoriya sharoiti va tabiiy tajribalarni o'z ichiga olgan xolda)

Pedagogik tajriba uyushtirishning muhim shartlaridan yana biri, farazga (gipoteza) muvofiq o'quv uslubiy (o'quv matnlari, topshiriqlar, tarqatma, didaktik) materiallar yaratishdan iborat. Chunki bularsiz tajriba uyushtirish qiyin. Pedagogik tajriba-sinov uyushtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri tajriba va nazorat sinflar tashkil qilish hisoblanadi. Bunda tajriba sinflarda o'quv materiali tadqiqotchi tavsiya etgan yangi metod va usullar yordamida uyushtiriladi. Nazorat sinflarda esa ta’lim an’anaviy usulda olib boriladi. Har ikkala sinflarda o'quvchilar soni, ularning


bilim saviyasi o'quvchilarning metodik maxorati deyarli bir xil bo'lishi kerak, aks xolda tajriba-sinovdan ko'zlangan natijaga erishish qiyin bo'ladi. Tajriba, nazariy g'oyalarining qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini isbotlashga yordam beruvchi jarayondir. Demak, pedagogic tajriba sinov, shunday tadqiqot usuliki, unda pedagogik jarayonning ob’ektiv qonuniy aloqalari tadqiq qilinadi. Barcha metodika fanlari qatori geografiya ta’lim metodikasining kelajakdagi taraqqiyotini ham eksprimentlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Odatda nazariya va empirik tadqiqot birgalikda qo'llaniladi. Chunki tadqiqot jarayonida qo'llaniladigan barcha usullar tahlil, sintez, induktsiya, deduktsiya, umumlashtirish, abstraktsiya kabi mantiqiy vositalar yordamida amalga oshiriladi. Uslubiy tajriba jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo'lib, ular quyidagilar: muammoning qoyilishi, tadqiqot asosi ob’ektini tanlash tadqiqotning maqsad vaziflarini belgilash, ish farazini ilgari surishdan iborat. Kuzatish va tajriba-sinov ishlar tadqiqot bosqichlarining asosini tashkil qildi. Tajriba-sinov ishlari yakunida olingan ma’ lumot va bilimlar umumlashtirildi va tadqiqot natijalari tajriba tekshiruvlaridan otkazildi. Geografiya fanidan metodik tadqiqot larni quyidagi bosqichlarda tashkil qilish maqsadga muvofiq deb belgiladik.






Demak geografiya ta’limi bo'yicha olib boriladigan pedagogic tajriba-sinov ishlari bir neclui bosqichdan: muammoning koyilishi, tadqiqot ob’ekti va sohani tanlash, tajriba-sinovning maqsad va vazifalarini belgilash, ish farazini olg’a surish va uni o'z shaxsiy tajribasi hamda ilg'or pedagogik tajribalar yordamida o'rganish, kuzatish va tajriba-sinov tashkil etish kabilardan iborat bo'ladi.

Ilmiy tadqiqot olingan natijalarga asoslangan holda ekologik ta’ lim-tarbiyani va madaniyatni shakllantirib, rivojlantirib borish va ularni amalda sinash bilan yakunlanadi. O’zbekiston tabiiy geografiya fani o’quv mashg’ulotlarida tajriba- sinov ishlarini o’tkazish orqali ilmiy asoslangan natijalarga erishish mumkinligini isbotladi. Hozirgi kunda bunday usuldan bitiruvchi kurs talabalari o’zlarining pedagogik amaliyot o’tayotgan umumta’lim maktablarida keng foydalanishmoqda. Uslubiy tajribalarda maktablar tajribasini o'rganishga alohida e’tibor berilayapti. Olingan natijalar ta’lim jarayonida mukammal sinovlardan o’tmoqda. Tajribalardan olingan yakunlar o'quvchilar bilimi, ko'nikmasi, malakalarini qanchalik sifatli bo'lishi bilan baholanadi.
Olingan miqdoriy ko'rsatkichlarini to’lik emas, qonikarsiz va mutlaqo javob yo'q kabilarda izoxlash mumkin. Ammo, ayrim xollarda bunday ko'rsatkichlar bilan bilimlarni qanchalik sifatli egallanganligi aniqlab bo’ lmaydi. Shuning uchun ko'p tajribalarda tajriba va nazorat sinflarda bilimlarning egallanishi maxsus tahlil
kilinadi. Bunda bilishning qaysi sohasi puxta, qaysinisi qiyinchilik bilan o'zlashtirilishi ma’lum bo'ladi. Quyida 7-sinflarda "Tabiiy resurs" tushunchasini shakllantirishda ushbu bilimning tahlilini nazorat va tajriba sinflar misolida o'quvchilarning tushunchani qanchalik puxta egallanganligini keltiramiz.









Download 4,36 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 4,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Rasm Ekologik muammolarni tasnifi

Download 4,36 Mb.