Pedagogik tajriba-sinov natijalarining amaliyotga tatdbiq etish




Download 4,36 Mb.
bet23/25
Sana11.12.2023
Hajmi4,36 Mb.
#116015
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

3.2 Pedagogik tajriba-sinov natijalarining amaliyotga tatdbiq etish

bo’yicha,tavsif

Shunday qilib, O’zbekiston tabiiy geografiya fanini o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiya berish masalalari dars mashg’ulotlarida o'quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirish jarayonida, ulardan to'g'ri foydalanish, tabiat va


atrof-muhitni muhofaza qilish, ularning maqsadi va vazifasi kabilarni ilmiy nuqtai nazardan to'g'ri tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bular ekologik ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.0‘sib kelayotgan yosh avlodni tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishlarida ularni zaruriy nazariy bilim, amaliy kG‘nikma va malakalarni egallab olishlarida G‘qituvchining kasbiy mahorati asosida uzluksiz tarzda olib boriladigan keng kG‘lamli faoliyati G‘quvchilar ongiga singib borsagina, kelajak egalari bG‘lmish bugungi yosh avlod tomonidan kamchiliklar, hatolarga yG‘l qG‘yilmaydi, tabiat va jamiyat G‘rtasida meyoriy munosabat,G‘rgatiladi.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiya berishda hozirgi zamon darsi xususiyatiga ko'ra o'zida quyidagilarni mujassamlashtirishi kerak.


  1. Darsda ko’riladigan bilimlar mazmunining tarkibi. Bu bilimlar nafaqat geografik mazmun jihatidan puxta bo'lishi, balki o'zida ekologik ta’lim- tarbiyaga moslashganligi, metodologik bilimlarni ham mujassamlashtirishi zarur. O'rganilayotgan mavzuning ilmiy, ekologik va amaliy ahamiyati, unga bo'lgan munosabatlar sababini ham oydinlashtirilishi zarur.


Dars jarayonida mavzularda ekologik ta’lim-tarbiya bilimlarini egallashning usullarini, metodlarini o'zida aks ettiradi. O'rganilayotgan ob’ektlarni

o'quvchining qanday va nima yordamida o'rganishi, turli geografik-ekologik bilim manbalari bilan qanday ishlashi kerakligini ham ko'rsatish kerak.



  1. O'rganilayotgan ekologik bilimlar mazmuniga mos bo'lgan ta’lim metodlari va vositalarini tanlashi. Shunday qilinganda darsda o'quvchilar bilim faoliyati to'g'ri tashkil etiladi va rejalashtirilgan ta’lim natijalariga sinfning o'zidayoq erishish imkoniyatlari tug'iladi.


Demak yuqoridagilardan shu narsa ko'rinadiki, maktab geografiya mazmunida falsafiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy va sof geografik mazmundagi g'oyalar bor. Ularni O’zbekiston tabiiy geografiya darslarda bir-biridan ajratish samarali natijalari bermasligini tajribalar ko'p marotaba isbotlagan.

Ilmiy texnika taraqqiyotining rivojlanishi tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab aloqadorlik kelgusida geografiya jarayonida yangi g'oyalarni yuzaga keltirishi mumkin. Har bir dars o'quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda cheksiz imkoniyatga ega ekanligini barcha geografiya o'qituvchilari xis eta olishlari zarur. Bugungi kun ta’lim tizimining talablaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston tabiiy geografiya darslarida mavzuga mos ekologik ta’lim-tarbiya turlarini tanlab olish va


ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishdan ko‘zda tutiladigan maqsadlar quyidagilardan iborat:

  • o‘quvchilarda geografiya faniga qiziqish va u orqali o‘zi yashayotgan o‘lka tabiatiga mehr-muhabbatini shakllantirish;

  • o‘quvchilarning nazariy bilimlarni chuqur o‘rganishi, mustaqil fikrlay olishi hamda o‘rganilgan bilimlarni amalda bajara olishlarini ta’minlash;

  • o‘rganilayotgan mavzuni yengil o‘zlashtirilishiga yordam berish va boshqa shunga o‘xshagan ahamiyatli vazifalarni o‘z ichiga oladi.


Geografiya darslarini ekologik ta’ lim-tarbiya uyg’unligi bilan o‘qitishda takomillashtirilgan ta’lim metodlari: og‘zaki bayon, suhbat, darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, kuzatish, tajriba, amaliy ishlar va shu bilan bir qatorda innovatsion texnologiyalardan to‘g‘ri foydalana bilish o‘quvchilarning fikrlarini oydinlashtiradi, dars jarayonidagi ijodiy faolligini orttiradi.


Xulosa.
Demak, bitiruv malakaviy ishimiz mazmunidan kelib chiqib shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, O’zbekiston tabiiy geografiya darslarida muntazam ravishda ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’unlikda olib borilsa, ayniqsa bu jarayonda yuqori samara beradigan ta’lim texnologiyalardan didaktik ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, muammoli va modulli ta’lim texnologiyalari metodlaridan foydalanilsa o’quvchilarda o’quv predmetiga, atrof-muxitga nisbatan bo’lgan bilim-ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha ko’zlangan maqsadlarga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik bilimlarni tashviqot qilish, o’quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va dunyoqarashini rivojlantirish dars mashg’ ulotlarining asosiy mazmunini tashkil etishi kerak. Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, o‘z burchini to‘liq tushunishga qodir, ishning ko‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxo‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarbdir. Yana shuni ham ta’kidlab aytish kerakki, dars mashg’ulotlarida tabiat bilan jamiyatning o‘zaro aloqasini izchil tadqiq etish, o‘quvchilarning atrof-olamning yaxlitligi, harakat-dinamikasi bo‘yicha dunyoqarashi va ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi. O‘quvchilarning fuqarolik hamda vatanparvarlik tuyg‘ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning hissasi o‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi.


Download 4,36 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 4,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik tajriba-sinov natijalarining amaliyotga tatdbiq etish

Download 4,36 Mb.