• Vazifalari esa
  • KIRISH Malakaviy ishining dolzarbligi




    Download 4,36 Mb.
    bet2/25
    Sana11.12.2023
    Hajmi4,36 Mb.
    #116015
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

    KIRISH
    Malakaviy ishining dolzarbligi: 0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab chuqur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan yuqori intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimida tub islohotlar о‘tkazila boshlandi. Ushbu islohotlar zamirida ta’lim mazmuni va uni о‘qitish jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ^‘tarish alohida ahamiyat kasb etdi. Bu borada ekologik ta’lim-tarbiya masalalarini turli fanlar tarkibiga singdirish, uning bir butunligi hamda uzluksiz va uzviyligini ta’minlash asosiy masalalardan biri sifatida e’tirof etildi. Ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida ekologik ma’ naviyatni uzluksiz ravishda shakllantirish hozirgi davrdagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’ zining barcha asarlarida tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik masalalari Respublikamizdagi eng dolzarb muammolardan biri ekanligi, uni hal qilishning samarali yo’ llarini, jumladan, ekologik ta’lim va tarbiyaning ustivorligini alohida ko’rsatib o’tganlar. Hozirgi kunda insoniyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida birlashtiruvchi yangi mafkura- ekologik mafkura shakllanmoqda. Ekologik mafkura nafaqat umuminsoniy, balki tabiat va inson hayoti uchun yagona bo’lgan umumhayotiy qadriyatlarga tayanadi. Buning uchun o’ quvchida ekologik ta’ lim-tarbiya, ekologik ong va dunyoqarash hamda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirish lozim. Ekologik madaniyat tabiatni muhofaza qilish madaniyati bo’lib, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik tizimni ongli o’ zgartirish madaniyatidir. G‘quvchilarni Vatanga, millatga va milliy qadriyatlarga hurmat, ularga sodiqlik ruhida tarbiyalashda geografiya fani о‘qituvchisining hissasi katta. Chunki geografiya o‘z о‘lkasi, o‘z viloyati va Respublikasini о‘rganishdan boshlanar ekan, o^uvcH har bir geografik hududdagi tabiiy, ijtimoiy hamda ekologik sharoit bilan tanishib boradi, ustozlarimiz aytganidek, “vatanparvarlik- Vatanni o’rganishdan boshlanadi” [2]. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish ko’p jihatdan barkamol yoshlarning ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog’liq. O’quvchilarda ekologik savodxonlik darajasini oshirish shu kunning eng ustivor vazifalaridan iboratdir. Ekologik savodxonlikka erishish faqatgina uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni rivojlantirish orqaligina muvafaqqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ish dolzarbligi: ekologik madaniyatli, o‘z burchini to’liq tushunishga qodir, ishning ko’zini biladigan, tabiatga, atrof-muxitga g‘amxо‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab-asraydigan, boyitadigan, eng asosiysi tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo’ladigan barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat.

    Maqsadi: O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’qitish jarayonida o’quvchilarda keng ekologik dunyoqarashni shakllantirish hamda ekologik fikr yuritishni rivojlantirishdir.
    Vazifalari esa:
    O’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berishning didaktik asoslarini;
    Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalarini;
    Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlarini;
    O’zbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish texnologiyalarini;
    O’tkazilgan pedagogik tajriba-sinov natijalarini tahlil qilishdan iborat. Bitiruv malakaviy ish ob’ekti: O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursi
    Predmeti: O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’qitishda ekologik tarbiya berish mazmuni, metodi, usul, shakl va texnologiyasi.

    Download 4,36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 4,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KIRISH Malakaviy ishining dolzarbligi

    Download 4,36 Mb.