|
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi
|
bet | 3/25 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 4,36 Mb. | | #116015 |
Bog'liq Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyatiBitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi: Kirish, oltita paragrafni o’z ichiga olgan uch bob, “Xulosa” va “Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati”dan iborat. Shu bilan birga mavzuga oid o’zbekcha-inglizcha lug’at, hamda o’zbek- rus-ingliz annotatsiyadan iborat.
I BOB. O’QUVCHILARGA EKOLOGIK TA’LIM TARBIYA
BERISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
1.1 . Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
Ekologiya tushunchasi bir butun hamda jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqadorligida turli darajada-falsafiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy bilimlarning yaxlit tizimini tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi tabiatdagi o’zaro aloqadorlik qonuniyatlarini ochib berishdan iboratdir. Ekologiyaning bosh masalasi esa tabiat voqea-hodisalariga inson faoliyatining xilma-xil ta’siri oqibatlarini oldindan ko’ra bilish va tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo’lgan muammolarni hal etishdan iboratdir. Tabiat bilan jamiyatning o’zaro aloqasini izchil tadqiq etish o’quvchilarning atrof-olamning yaxlitligi, harakat- dinamikasi bo’yicha dunyo qarashi va ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi. 0‘quvchilarning fuqarolik hamda vatanparvarlik tuyg’ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning hissasi o‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi[4]. Atrof-muhit bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yetkazmoqda. Yer yuzi tabiatining barqarorligi, turg‘unligi va uning o‘ziga xos qonuniyatlari insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biridir. Bunga sabab kishilarda atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarining yetishmasligi hamda tabiatning kelajakdagi ekologik holatini ko‘ra bilmasliklaridir. O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish, tabiatni sevish, undan to‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishga o‘rgatish ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo‘lib, kishilarda tabiat oldida mas’uliyatni anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sevish va vatanparvarlik tabiatni sevishdan boshlanadi[3]. Binobarin, o‘quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘usini hosil qilmay turib ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonni tabiat quchog‘ida bo‘lishi uni ruhan tetiklashtirib, mehnat qobiliyatini oshiradi. Insonning tabiy boyliklardan haddan tashqari ortiqcha foydalanishi oqibatida tabiat qiyofasi o’zgarib, foydali qazilmalar tugab bormoqda, suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, uning tarkibida chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholi salomatligi yomonlashmoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, energiya va chuchuk suv muammolari tobora murakkablashmoqda. Ular bugungi kunda xalqaro ekologik muammoga aylanib, butun jahon jamoatchiligining muloxazaga chaqirmoqda. Bu albatda, yosh avlod, aholi ongiga ekologik holatining xavf ostida ekanligini tezroq singdirish va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqarish kabi muammolarni hal etishni taqazo etmoqda. Ushbu muammolarni hal etishda umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan fanlar ma’zmuniga, hususan, O’zbekiston tabiiy geografiyasi ma’zmuniga qo’shib olib boorish orqali yoshlarni ekologik madaniyatli qilib tarbiyalamog’imiz darkor.
Ekologik ta'lim va tarbiya, BMT, YUNESKO va YUNEPning diqqat markazidagi masaladir. Ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo’lishi va o’z faoliyatida tabiatga zarar еtkazmasligi, ekologik ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga qissasini qo’shishi lozimdir[15].
|
| |