• 4- Rasm Muammoning dolzarbligi
  • Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari




    Download 4,36 Mb.
    bet7/25
    Sana11.12.2023
    Hajmi4,36 Mb.
    #116015
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
    Bog'liq
    Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

    1.2. Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari.
    Ekologik ta’ lim-tarbiya jarayonida interfaol usullarni qo’ llash-ekologik bilimlarni o’ zlashtirish masalalarini kuchaytiradi hamda faollashtiradi. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishda yordam beradi va talabalarni mustaqil fikrlashga undaydi. Umumiy o’rta ta’lim maktabi o'quvchilariga ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularda barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishda geografiya fani hamda ushbu fan o'qituvchisining kasbiy mahorati
    muhim ahamiyatga ega. Ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayoni geografiya о‘qituvchisidan o‘z fanini chuqur egallagan bo'lish, uni о‘qitishning mohir ustasi, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni mukammal egallagan bо‘lishni talab etadi. Ekologiya kishilar hayotini mushohada qiluvchi yangi fandir. Har bir kishi biror yerga axlat yoki chiqindilarni tashlashdan oldin o‘z xatti-harakati oqibatlarini o‘ylashi, tashqi muhitning toza saqlanishiga javobgar ekanligini unutmasligi kerak. Qisqasi, har bir o‘quvchi-talabani kelajakka umid bilan qarashga bo‘lgan dunyo-qarashini shakllantirib borish har bir o‘qituvchi- murabbiylarning vazifasidir. Ekologik ta’ limni keng qo‘llashda mahallalarda, bog‘cha, maktab muassasasi, ko‘cha - ko‘y, jamoat tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida amalga oshirilib, o‘quvchi-talabalar ongiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir.

    4- Rasm Muammoning dolzarbligi
    O'qituvchi o’quvchilarga beriladigan ekologik ta’lim mazmuni va hajmini aniqlayotganda ma’lum didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim.O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o’qitishda o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadiriyatlardan foydalanish imkoniyati katta. Chunki bu kurs davomida mamlakatimizning tabiiy geografik joylanishi, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, iqlimi ichki suvlari, tabiatini muhofaza qilish hamda, tabiiy geografik rayonlarining alohida o’rganilishi jarayonida deyarli barcha mavzularni o’ qitilishi jarayonida ekologik ta’lim- tarbiya uzviyligini ta’minlash mumkin va maqsadga muvofiqdir. O’qitish jarayoniga bunday yondashish o’quvchilarga bilim berishning tayanch qonuniyatlarini anglab
    yetishni yordam beradi. Bu sinfda o’tiladigan geografiyaning ya’ni O’zbekiston tabiiy geografiyasi predmetining yana o’ziga xos tamoni, faqat darslik kitoblarigina emas, balki darslikdan tashqari nashr etilgan metodik qo’llanmalar asosida olib boorish dars samaradorligini oshirishda asosiy o’rinlardan hisoblanadi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fani o’rganuvchi ob’ektlar haqida bunday aniq, keng fikr yuritilishi, ushbu kursdanboshlab, har bir dars mavzusida yana bir muhim masala - o’quvchilarda ekologik bilimlarni shakllantirish masalasiga yaqindan yondashish imkonini yaratadi. Bu o’rinda har bir yangi tushunchalarni mahalliy tabiat bilan bog’lab, mustahkamlab borish hozirgi kunning ehg muhim vazifa va har bir o’qituvchining muqaddas burchlaridan hisoblanadi. Ya’ni har bir dars mavzusida quyidagi uchta narsaga alohida e’tibor qaratilishi lozim:

    • geografik ob’ekt, tabiiy hodisa va tabiiy jarayonlarga ilmiiy ta’rif berish;

    • shakllantirilgan tushunchalarni ekologik nuqtai-nazaridan talqin etish;

    • har bir yangi geografik tushunchani mahalliy sharoit, o’z o’lkasining geografik xususiyatlari bilan bog’liq holda misollar yordamida mustahkamlash. Shuning uchun har bir geografiya o’qituvchisi o’zining ish rejasi va dasturi yordamida o’tiladigan mavzularni kengaytirilgan rejasini tuzib olib, qaysi mavzuni o’tganda qanday muammolarga ko’proq e’tibor qaratish kerakligini oldindan aniqlab olsalar maqsadga muvofiq bo’ ladi. Chunonchi, hadislardan na’munalar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, xalq udumlari, topishmoq, maqol, metal, tabiat bayramlaridan misollar keltirib, ekologik tarbiyani mavzu mazmuniga singdirib bo-rilsa o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi[12].

    Yurtboshimiz Islom Karimovning “Ona zaminimiz-boyligimizning mustaqilligimizningva go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” degan so’zlariga asoslanib, inson tabiat bilan tirik deyish mumkin. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim-tarbiya hozirgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’ lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’ naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin. Biz pedagoglar tabiatga bo’lgan munosabatni o’zgartirmasdan boshqalardan buni talab qila olmaymiz, tabiat bizdan faqat yordam kutadi va biz buni bajarishga majburmiz. Chunki tabiat 19insonsiz yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har


    qanday mexribonlikni ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. O’ zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’ qitishda o’ quvchilarda ekologik ta’ lim-tarbiya, ekologik ong va dunyoqarash hamda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirish lozim. Ekologik madaniyat tabiatni muhofaza qilish madaniyati bo’lib, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik tizimni ongli o’ zgartirish madaniyatidir. Umumta’lim maktablari o’ quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish quyidagicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:

    • o’ quvchining hissiyotiga ta’sir etish;

    • o’ quvchilar qalbida tabiatga, atrof-muxitga muxabbat uyg’ otish;

    • o’ quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona munosabatni shakllantirish;

    • ekologik ta’ lim-tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;

    -olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash. malaka va ko’ nikmalarni shakllantirish zarur va x.k. Bunday sifatlarni o’quvchilarda shakllantirish uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish, ta’ limni takomillashtirish, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. Bu jarayonning asosiy tashkilotchisi va boshqaruvchisi oqkituvchidir, mustakil O’ zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgani muximdir[1].Umumiy o’rta ta’lim maktabi Vll-sinf o'quvchilariga O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularda barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishda geografiya fani hamda ushbu fan o'qituvchisining kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. Ekologik ta’lim- tarbiya berish jarayoni geografiya o'qituvchisidan o‘z fanini chuqur egallagan bo'lish, uni о‘qitishning mohir ustasi, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni mukammal egallagan bo’lishni talab etadi. 0‘qituvchi o’quvchilarga beriladigan ekologik ta’lim mazmuni va hajmini aniqlayotganda ma’lum didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim. Masalan, shu yo’nalishdagi har bir dars mavzusi va uning mazmuni tanlanayotganda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:



    • dars jarayonida ekologik ta’ lim-tarbiyaning mazmuni Davlat Ta’lim Standarti talablariga muvofiq va asosan o’quv dasturi doirasida bo’lishi;

    • darsda foydalaniladigan usullarning o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi. Dars mavzusini ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’un holda olib borish ixtiyoriy bo‘lganligi bois qiziqarli bo‘lmagan ishlarga o‘quvchilarni jalb qilish ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi;


    • ekologik mazmundagi dars mavzusi geografiya ta’limi mazmuni hamda o‘quvchilarning boshqa fanlardan olgan bilim darajasi bilan hamohang bo‘lishi, uni rivojlantirishi lozim;

    • o‘quvchilar vaqtini haddan ortiq band qilib qo‘ymasligi, ularning boshqa o‘quv fanlarini o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir etmasligi zarur;

    • bevosita mahalliy o‘lkashunoslik materiallari bilan bog‘liq bo‘lishi zarur;

    • dars shakllari amaliy xarakterda bo‘lishi. 0‘quvchilar dars jarayonida olgan nazariy ekologik bilimlarini amalda sinab ko‘rishlari, bajarish ko‘nikma va malakalarini egallashi, ko‘rilayotgan muammo bo‘yicha o‘z xulosalarini chiqarishlari lozim. Jamiyat va axborotlar oqimining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi o‘qituvchidan o‘z ustida muntazam izlanishni talab etadi. O'qituvclii har bir dars mavzusiga tayyorgarlik ko‘rayotganida o‘z pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishi zarur. Ayniqsa, dars jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo'llash va o'qitishning interfaol usullaridan foydalanish, o‘z ustida muntazam izlanish hamda ilg'or tajribalarni ijodiy yondashgan holda o'zlashtirishni talab etadi. Geografiya o'qituvchisi ekologik muvozanat buzilgan hududlar, ifloslantiruvchi manbalarning Yer yuzasida tarqalish xususiyatlarini o'quvchilarga tushuntirish, ularda tasavvurlarni hosil qilish jarayonida geografik xarita, atlas, globuslardan samarali foydalanishni bilishi, shartli belgilarni o’qiy va izohlay olishi shart. Zero, geografik xarita o’quvchilarda umumiy dunyoqarashni shakllantiradi.



    Download 4,36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




    Download 4,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari

    Download 4,36 Mb.