|
-Rasm Geografik ekologik muammolar
|
bet | 8/25 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 4,36 Mb. | | #116015 |
Bog'liq Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati5-Rasm Geografik ekologik muammolar
Geografiya o‘qituvchisi ekologik muammolarning yuz berishi va o‘zgarishini iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qila olish qobiliyatiga ham
ega Ьо‘^1и zarur. Ushbu jarayonlarning jahon hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siri, uning har bir о‘сц1\'с1и oilasigacha Ьо‘^п aks ta’sirini mayda tafsilotlar bilan bo‘lsada, tushuntirib berish o‘quvchida ekologik xulq-atvor qoidalari va madaniyatni tarkib topishida yaxshi samara beradi. Har tomonlama ekologik madaniyatli o’quvchilarni tarbiyalashsa tabiat va jamiyat o’zaro aloqadorligi haqidagi bilimlarni berishning o’zigina kifoya qilmaydi. Eng muhimi tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini oqilona foydalanish boyicha o’quvchilarda eng zarur ko’nikma va malakalrni shakillantirish lozim. Shundagina o’quvchilarning tabiiy faoliyatini tartibga solib turadigan ekologik ong shakillanadi. Tabiat va jamiyatningo’zaro aloqadorligi haqida darsda egallangan nazariy bilimlar o’lka materiallari negizidagi sinfdan tashqari amaliy ishlarda o’z aksini topsa, ekologik tarbiyaviy ishlarining samaradorligini yanada oshadi. Darslarda mahalliy, respublika va umumjahon ekologiya muammolari ko’pincha ancha zaif o’rganiladi. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida esa har bir o’quvchi o’z o’lkasidagi murakkab ekologik vaziyatni maqsadga muofiq tarzda muntazam o’rganishi, uni bartaraf qilish yo’ llari ustida bosh qotirishi va davlat ahamiyatidagi bu muhim ishda faol qatnashishi mumkin. O’quvchilarning tabiiy muhitni o’rganish, uni muhofaza qilish va boyliklaridan oqilona foydalanish boyicha dars jarayonida har hil interfaol metodlardan foydalanib tashkil qilish ijtimoiy foydali faoliyat bo’lib, jamiyat uchun nihoyatda zarurdir. Tabiatni muhofaza qilish va uni o’rganish borasida o’quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini 3 bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqichida tabiiy muhitda o’zini tutish, ekologik bilim va ko’ nikmalarni egallash, mahalliy ekosistemalarni baholash va unga doir ma’lumotlarini yig’ish vazifasi bajariladi. Ikkinchi bosqichda ilgari egallangan bilimlar asosida muayyan ekosistemani yaxshilash, tabiatni o’rganish va muhofaza qilish boyicha amaliy faoliyat tashkil qilinadi, yani antropogen omillarning atrof-muhitga ta’siri hamda tabiat va jamiyatning o’zaro qaloqadorligi haqida darsda olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga yordam beradigan mehnat ko’ nikmalari shakillantiriladi.
Uchinchi bosqichda tabiatdagi ilmiy-nazariy ishlarning natijalarini mustaqil umumlashtirish va o’quvchilarni ekologik bilimlarni targ’ibot qilish ishga jalb etish amalga oshiriladi. Nazariy bilimlar bilan birga o’quvchilarga kundalik turmushda sodir bo’lib turgan ekologik muammolar va tabiat muhofazasiga oid hodisalar bilan tanishtirish, o’quvchilarda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat hislarini uyg’otish ularni atrof-muhitga zarar keltirmayotganlarga nisbatan murosasiz bo’lishi ruhida tarbiyalash kerak. Ekologik tarbiya-axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilishga, tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. O’zbekiston tabiy geografiyasi fanini o’qitish jarayonida barcha dars mashg’ ulotlarida ekologik ta’lim va tarbiyani talab
etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’uliyatini his qilishga undaydigan usul va shakllardan foydalanish zarur. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ekologik tarbiya oiladan boshlanishi lozim. Bunda ota-onalar ekologik savodxon bo‘lishlari kerak. Bog‘cha, maktab, oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish tizimida uzluksiz ekologik ta’limni chuqur yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Geografiya fani о‘qituvchisi ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayonida tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, ularning o‘z;h'o aloqadorligi asosida yuz beradigan hodisa va voqealarni, ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini о‘quvchilarga izohlab berar ekan, bu holat undan o‘z fanidan tashqari boshqa fanlardan ham xabardor bо‘lishlikni talab etadi. Shu o’rinda olim N.Q. Nazarovning “Geografiya hududlar-falsafasi, geograf-hududlar ekologi” degan hikmatli so’zlarini keltirib o’tish lozim. Hududdagi ekologik muammolar asosan o’sha joydagi tabiiy geografik qonuniyatlarning buzilishi negizida ro’y beradi. Tabiiy georafiya bo’yicha ekologik ta’ lim-tarbiyani uyg’un holda olib boruvchi geografia o’qituvchisi o’z mutahasisligidan tashqari biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlarini chuqur bilish ekologik jarayonlarning kechishini izohlash, sabab va oqibatlarini tushuntirish, uni raqamlarda taqqoslash imkonini beradi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanidan o'quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlarga turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma'ruzalar, “O'tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorina va mushoiralar o'tkazish, O'zbekiston Qahramonlari va olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish misol bo'ladi. Snuningdek, “O'zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo'shgan hissalari”, “
|
| |