-Rasm Hayotning tabiat bilan bog’liqligi




Download 4,36 Mb.
bet4/25
Sana11.12.2023
Hajmi4,36 Mb.
#116015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

1-Rasm Hayotning tabiat bilan bog’liqligi.
Ekologik bilimga ega bo’ lmagan kishilar, tabiatning bag’ri keng u insonning shunch yetgazgan zulimlariga shu vaqtgacha chidab keldi, endi bunisiga ham chidasa kerak, degan mantiqsiz fikrlarga chulg’anib yuradilar. Aql-zakovatli va muxandislik ilmining sohibkorlari tabiatga ko’proq befarq bo’lishliklari sababli tabiiy muhit aziyat chekib kelmoqda. Binobarin, osha joylarida istiqomat qiluvchi aholi ham jiddiy zarar ko’rmoqda, chunki havo va suvning ifloslanishi, tuproqning zaxarlanishi hayot tarzini murakkablashtirmoqda, tabiat qulayliklardan bebahra qilmoqda. Binobarin, aholining ekologik ongi tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo’ lishiga, vaqti-vaqti bilan takomillashtirib turishiga erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari, bog’cha yoshidagi yosh bolalarda tortib mo’ ysafid otaxon va onaxonlargacha atrof-muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda bo’ lishlari unga zahmat keltirmaslik ruhida tarbiyanishlari kerak. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan dolzarb muammolardan biri sayyoramiz tabiati va uning boyliklarini muhofaza qilish hisoblanadi. Shu bois tabiatdan to’g’ri foydalanish va uni muhofaza qilishga oid ta’lim-tarbiya masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ekologik siyosat, davlat hokimiyati va huquqiy vositalarga asoslanib, “jamiyat-tabiat” munosabatida yuzaga keladigan murakkab munosabatlarni tartibga solishga qodir. Ushbu murakkab munosabatlar uch yo'nalishda amalga oshiriladi: atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’ minlash[12]. Shunga muvofiq, ushbu uchchala yo'nalish davlat ekologik siyosatining asosini tashkil etadi. Demak, ekologik siyosat uch yо‘nalishda olib boriladi: 1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish; 2) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; 3) ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Bu uch yо‘nalish o‘z;h'o chambarchas bog‘liq, bir-birini taqozo etadi. Ulardan birini ta’ minlash uchun amalga oshiriladigan chora- tadbirlar o‘z navbatida boshqalariga ham ijobiy ta’sir etadi. Zero, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmay turib, uni muhofaza qilib bо‘lmaydi. Atrof tabiiy muhit muhofaza qilinmas ekan, ekologik xavfsizlik ta’minlanmaydi. Tabiatni muhofaza qilish tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish demakdir. Mamlakatimizning ekologik xavfsizligiga tahdid solayotgan muammolarning oldini olishda ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va asrab-avaylash hamda ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishni ta’minlashga erishish kc)‘p jihatdan fuqarolarning ekologik-huquqiy ongining qay darajada shakllanganligiga bog‘liqdir[12]. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim- tarbiya xozrgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’ naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin[11].


Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson Yer yuzida paydo bо‘libdiki, u tabiatdan, uning unsur va boyliklaridan foydalana boshlagan. Buyuk allomalarimiz to‘rt unsur: suv, tuproq, olov, havodan foydalanish, uning musaffoligini saqlash, inson organizmiga ularning ta’siri kabi masalalarni qator ilmiy asarlarida ta’kidlab о‘tganlar. Vujudga kelgan vaziyat o’quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga o‘z ta’sirini о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bo'lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o'rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi.

O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan allomalardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar[10]. Ular hali ekologiya fani atamasi dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni ezozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Ekologik madaniyat, Markaziy Osiyo hududiy tub xalqlari ongida to’la mujassam bo’lgan, to’g’ri u vaqtlarda aholi soni ancha oz, urbanizasiya darajasi past, tabiiy boyliklardan foydalanish darajasi ham nihoyatda kam bo’ lgan. Lekin xalqlar yuksak ekologik madaniyatga ega bo’ lgan.




Download 4,36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 4,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Rasm Hayotning tabiat bilan bog’liqligi

Download 4,36 Mb.