• 2.2 Hamkorlikda o’qitish darslarida ekologik ta’lim tarbiya berish usullari
  • Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi




    Download 4,36 Mb.
    bet14/25
    Sana11.12.2023
    Hajmi4,36 Mb.
    #116015
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
    Bog'liq
    Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

    Ma’ruzalar mavzsi:

    1. Nima sababdan tabiiy muhitni muhofaza qilish zaruriyati paydo bo’lgan?

    2. Sayyoramiz aholisi tabiiy n\muhit haqida havotirga tushmasligi mumkinmi?

    3. Jaxondagi taraqqiyparvar ishlar tabiiy va jamiyatning o’zaro aloqadorligi muommosiga qanday munosabat bildirmoqdalar?

    4. Inson hayotida qazilma boyliklar qanday ahamiyatga ega?

    5. Nima uchun toza havo va chuchuk suv insoniyat uchun eng zaruriy hisoblanmoqda?

    6. Inson qit’alar va okeanlar tabiatiga qanday ta’sir ko’rsatmoqda?

    7. Sayyoramiz tabiatini muhofaza qilishda halqaro hamkorlik doirasida bizning mamlakatimiz qanday tadbirlarni amalga oshirmoqda?

    8. Bizning hayot sharoitimizga tabiat qanday ta’sir ko’rsatadi?

    9. Nima sababdan Orol dengizi va Orol bo’yi tabiatini muhofaza qilish muommosi vujudga keladi?

    10. O’lkamiz tabiatini muhofaza qilishda o’quvchilar qanday tadbirlarni amalga oshirishlari lozim?

    Konfrensiyani o’lkamiz, mamlakatimiz rang-barang tabiatini aks ettirilgan kinofilimdan 2-3 daqiqali lavha tomosha qilish bilan boshlash yanada muhim ahamiyat kasb qiladi. Maruzalar va konfrentsiya ishini hakamlar hayati a’zolari olib boradilar. Ular ma’ruzachilarga savollar beradilar va barcha ishlarning sifatini baholaydilar. Hay’at raisi so’zga chiquvchilarning belgilangan vaqtga rioya qilishlarini kuzatib boradi, agar ma’ruzachi bir daqiqa ortiq vaqt sarflasa ham ishining bahosi pasaytiriladi. Konfrensiya yakunida o’quvchilar faoliyati baholanib sinf jurnaliga qo’yiladi. Ushbu didaktik o’yin turining muvaffaqiyati o'qituvchining ilmiy-metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo'lishi, zamon bilan hamnafasligi, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko'nikmalariga bog’liq bo'ladi shuningdek, yuqori O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda o’lkamizning dolzarb ekologik muommolariga


    bag’ishlangan (“Orolim mening - dardim mening” , “Orol bo’yi - muhofazaga muxtoj”) konfrensiyalar uyushturish o’quvchilarda ekologik madaniyatini shakillantirishiga yordam beradi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiya berish dars jarayonida, boshqa didaktik o'yinlar bilan bir qatorda o'yin mashqlardan o'z o'rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. O'yin mashqlari uchun televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va o'quvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotiga aylangan o'yinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zinama- zina”, “Kim millioner bo'lishni xoxlaydi?” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o'yinlarda o'quvchilar avvalo o'z kuchi va bilimlarini sinab ko'radilar va yana ularning aksariyati shu o'yinlar ishtirokchisi bo'lishni orzu qiladilar[15].
    Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o'qituvchi o'quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta'lim jarayonida shunga o'xshash o'yinlarni o'z vaqtida o'tkazishi o'quvchilarning ekologik bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi.2.2 Hamkorlikda o’qitish darslarida ekologik ta’lim tarbiya berish usullari
    Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir o'quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishiga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. Bu esa o’z navbatida O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik-ta’ lim-tarbiya berish uyg’unligini tashkil etishda dars samaradorligini o’z-o’zidan oshirishga imkon beradi[15]. Geografiya o'qituvchi jarayonida hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanish maqsadida qaysi mavzularni hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanib, o'rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi;
    tanlagan mavzu bo'yicha o'quvchilarga tavsiya etiladigan o'quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko'rsatmalarni tayyorlashi; hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanib, o'tiladigan dars turi, dars tuzilishi va borishini loyihalashi; o'tgan va yangi mavzular yuzasidan o'quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak. Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki, o'quvchilar o'z sheriklari bilan hamkorlikda o'quv topshiriqlarni to'g’ri bajarishlari barobarida guruh a'zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi, ular o'rtasidagi muloqotda ekologik madaniyatni shakllantirishi, amal qilinishi ham hisobga olinadi.
    O'qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi. O'qituvchi dars jarayonida hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko'nikma va
    malakalarni, o'quvchilarning mustaqil ishlari, o'quv bahsi va munozaralarni samarali tashkil etish yo'llarini egallagan, o'quvchilarda esa darslik, ilmiy- ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o'z fikrini qisqa va aniq bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o'quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko'nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelgan bo'lishi lozim. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud:
    Komandada o' qitish metodida o'quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a'zolari o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o'quvchi mavzudan ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishiga e'tiborni qaratadi. Ammo o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish bo'yicha ko'rsatma berilishi etarli emas. O'quvchilar o'rtasida tom ma'nodagi hamkorlik, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik natijasi, avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o'quvchilar o'zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma'suliyatni his qilib, ko'proq izlanishga, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashtirishga intiladi, shu bilan birga mashg’ulotlar jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uzviyligi ta’minlanib, o’quvchilarda ekologik madaniyatning rivojlanib borishi imkoniyatlari vujudga keladi.


    Download 4,36 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




    Download 4,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi

    Download 4,36 Mb.