-Rasm Geografiya darslarida ekologik muammolarni o’rganish




Download 4,36 Mb.
bet10/25
Sana11.12.2023
Hajmi4,36 Mb.
#116015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

7-Rasm Geografiya darslarida ekologik muammolarni o’rganish
O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanidan o'quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlarga turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma'ruzalar, “O'tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorina va mushoiralar o'tkazish, O'zbekiston Qahramonlari va olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish misol bo'ladi. Snuningdek, “O'zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo'shgan hissalari”, “O'zbekistonda qo’riqxonalar va ularni tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati”, “Allomalar nazmida ekologiya”, “Orol dardi - olam dardi” mavzulari bo'yicha ommaviy kechalar o'tkazish o’quvchilar faolligini oshiradi[11].
O'qituvchining kirish so'zi. U o'z so'zida ulug’ allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Sohib-qiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muxammad Boburlarning boy ma'naviy meroslari, ularning geografiya faniga qo'shgan hissalarini qayd etib, o'quvchilarni ularning munosib vorislari bo'lishga undaydi va ularning asarlarida ekologik muammolarga katta e'tibor berilganligi, bugungi kecha ulug’ allomalarning ekologik qarashlarini o'rganishga bag’ishlanishini ma'lum qiladi. Shundan so'ng, quyidagi mavzularda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan ma'ruzalar tinglanadi:

  1. Abu Rayhon Beruniyning ijodida ekologiya.

  2. Abu Ali ibn Sinoning ekologik qarashlari.

  3. Alisher Navoiy asarlarida ekologiya muammolari.

  4. Sohibqiron Amir Temurning ekologik dunyoqarashi.

  5. Mirzo Ulug’bekning dunyo tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi.

  6. Zahiriddin Muxammad Boburning geografiya fani rivojiga qo'shgan hissasi va ekologik qarashi[6].

Geografiya o'qituvchisi maktab pedagogik jamoasi bilan mazkur mavzuli kechani mazmunli o'tkazishi borasida, hamkorlikda ish olib borishi, mavzuga tegishli sahna ko'rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlarni tayyorlashi, ekologiyaga oid hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va maqollar to'plashi, ular asosida kecha senariysini
tayyorlashi lozim“O'zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo'shgan hissalari”, “O'zbekiston eng muhim tabiat go’shalari” mavzulardagi mazmunli kechalarga ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari bilan hamkorlikda ish olib borishi, fan rivojiga hissa qo'shgan olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishishi, kechani o'tkazish rejasini tuzishi va ma'ruzalar mavzusini tanlashi lozim. Shu bilan birga, kecha mavzusiga bog’liq holda olimlarning chop etgan ilmiy ishlari, o'quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning ko'rgazmasi, mustaqillik davrida qo'lga kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan devoriy gazetalar, kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot faoliyati va fan rivojiga qo'shgan hissalari haqida ma'ruzalar tayyorlanishiga e'tiborni qaratishi zarur. Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ ulotlar geografiyani o'qitish samaradorligini oshirish, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, fikr yuritish doirasini kengaytirish, qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va muloqot madaniyati, o'quv va amaliy mehnat ko'nimalarini rivojlantirish, o'quvchi yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, ularni Vatan va mustaqillik printsiplariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga zamin yaratadi. O'qituvchi avval o'quvchilarni individual, so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va o'tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng, ommaviy o'yinlarga tayyorgarlik ko'rilishi lozim. Chunki o'quvchilar didaktik o'yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun kerakli bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi, bundan tashqari sinf jamoasi o'rtasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim. Quyida O’zbekiston tabiiy geografiyasi fani bo’ yicha ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’ minlashda mavzular bo’yicha foydalaniladigan didaktik texnologiyalarning taxminiy ishlanmalarini ko’rib chiqamiz:-suyujetli-ro’lli o’yinlar: o'quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash ko'nikmalarini rivojlantirish va o'zlarida mujassamlashgan bilim, ko'nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo'llash orqali yangi bilimlarni o'zlashtirishda syujetli-rolli o'yinlar muhim rol o'ynaydi. Bunda o'yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba'zan jamiyat va tabiatdagi muammolar uyg’unlashtiriladi. O’zbekiston tabiiy geografiya kursini o'qitishda “O’zbekiston tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi”, “O’zbekiston ichki suvlari”, “Orol dardi-olam dardi”, “ O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish” mavzularni syujetli-rolli o'yinlar tarzida o'tkazish maqsadga muvofiq. Jumladan “Orol dardi-olam dardi” mavzusidagi syujetli-rolli o'yinda syujet tabiatdan olinadi va jamiyatdagi munosabatlar bilan uyg’unlashtiriladi. Mazkur didaktik o'yinda Orol - “ona”, Amudaryo va Sirdaryo onaning zanjirband “o'g’illari”, yomg’ir, qor, shudring onaning “qizlari” siymosini gavdalantiradi. Orol - ya'ni, “ona” o'zining o'g’illari bo'lgan Amudaryo va Sirdaryoning diydoriga mujtoq, o'z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she'riy dard bilan ifoda etadi. Izmi o'zida bo'lmagan zanjirband o'g’illar ham ona mehriga zor, lekin har qancha harakat qilishmasin onaning huzuriga etaolmaydi. Tabiat in'om etgan yomg’ ir,
qor va shudring ona huzurida bo'lsalar ham uning dardini engillata olmaydilar. Ona va farzand o'rtasidagi mehr-muhabbat, muruvvat shu tariqa ifoda etiladi. O'qituvchi bu didaktik o'yinni o'tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur: Orol muammolariga oid ma'lumotlarni to'plashi; dars stsenariysini o'quvchilar va adabiyot o'qituvchilari bilan hamkorlikda tuzishi; rollar va vazifalarni o'quvchilar o'rtasida taqsimlashi; muammoni hal etish yo'llarini belgilashi lozim.


Download 4,36 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Download 4,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Rasm Geografiya darslarida ekologik muammolarni o’rganish

Download 4,36 Mb.