• VII-sinf o’quvchilarida barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi geografik-ekologik bilimlar tizimi va ularning qisqacha mazmuni.
  • -Rasm Ekologik tizim degradsiyasi




    Download 4,36 Mb.
    bet9/25
    Sana11.12.2023
    Hajmi4,36 Mb.
    #116015
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
    Bog'liq
    Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

    6-Rasm Ekologik tizim degradsiyasi

    O’zining tug’ilib o’sgan maskani, ona vatanining geografiyasi haqida bilim olayotgan o’quvchi ekologik ta’ lim-tarbiya bilan birgalikda ekologik tafakkurini o’stirish, vatanni ardoqlash, milliy iftixor g’ururi tuyg’ usini shakllantirish orqali amalga oshirilganda o‘z hatti-harakatiga ishonch tug’diradi. Mazkur ishonchni egallash oila-bog’cha-maktab ta’limi jarayonida amalga oshiriladi. Bunda o'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat o’quvchilar o‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganliklarining guvohi bо‘lamiz. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, o’quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatga ko’proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va bartaraf etish pedagogikaning ustivor masalalaridandir. O’quvchilar maktabga borar ekanlar, o’qituvchilar va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini qozonishga harakat qiladilar.


    VII-sinf o’quvchilarida barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishga
    xizmat qiluvchi geografik-ekologik bilimlar tizimi va ularning qisqacha
    mazmuni.
    O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitish jarayonida ekologik ta'lim - tarbiya darsda o'rganiladigan mavzuning mazmuni e'tiborga olingan holda darsda o'quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishlashi, debatlar tashkil etish, aqliy hujum, didaktik o'yinlar, taqdimot, o'z-o'zini baholash, tashrif kabilardan foydalanish, masala va mashqlar echishni yo'lga qo'yish o'qituvchining diqqat markazida bo'lmog’i lozim.

    Dars jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:



    • darsda vujudga keltirilgan ekologik muammoli vaziyatlarni hal etish yo'llarini belgilash;

    • o'quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish;

    • kichik guruh a'zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo'llarini loyihalash, mustaqil ishlarni tashkil etish;

    • o'rganilayotgan ob'ektni avval o'rganilgan ob'ektlar bilan taqqoslash;

    • natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish;

    • natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o'zgartirishlar kiritish.

    • o'quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o'quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash, o'quvchilar o'rtasida hamkorlik, o'quv muloqoti, bahsi, munozara, o'zaro yordamni amalga oshirish ko'zda tutiladi.

    Dars jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uyg’ unligini ta’minlashda didaktik o'yinli texnologiyasidan foydalanishda etakchi o'rinlarni ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, kommunikativ funktsiyalar egallab, qolgan funktsiyalar ularga ilova bo'ladi.

    Geografiya o'qituvchisi darsda o'rganiladigan mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va riovjlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik funktsiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy- metodik asosda tanlagandagina ko'zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
    O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini ekologik ta'lim-tarbiya bilan uyg’unlikda tashkil etish jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo'llanilganda o’quvchilarning faolliklarini jadallashtirishga imkon yaratadi. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayonini o'yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Shu sababli, o'quvchilarning geografik-ekologik bilim olish faoliyati, o'yin faoliyati bilan uyg’ unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi. Darsni tashkil etishda o'yin faoliyati o'zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: o'yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni o'quvchilarning o'z faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o'z faoliyatidan ko'ngli to'lishi, o'z bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi. Ijodiy muhit tarkib topadi. O'yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo'ladilar. O'yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o'zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo'ladi. His-hayajonga yo'g’rilgan bilim, ko'nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi. O'yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o'quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etishi, mo'ljalni to'g’ri olishga o'rgatadi. Dars jarayonini didaktik o'yinli darslar orqali tashkil qilinganida quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi:


    • barcha mavzularda ekologik ta'lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlash;

    • dars jarayonida o’quvchi faoliyatini rivojlantirish;

    • o' quvchilarni ijodiy faoliyatga yo' naltirish;

    • bilimlarni nazorat va tahlil qilish;

    • o'quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;

    Ekologik ta'lim-tarbiya jarayonida bu funktsiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida o'rganiladigan didaktik o'yin turlarida qaysidir funktsiya ustunlik qiladi. Masalan, konferentsiya darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar unga ilova bo'ladi, o'yin mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar uni to'ldiradi va h.k.




    Download 4,36 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




    Download 4,36 Mb.