-Rasm Yoshlarni tabiatga foydali tomonlarini o’rgatish




Download 4,36 Mb.
bet5/25
Sana11.12.2023
Hajmi4,36 Mb.
#116015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Tabiiy geografiya darslarida o\'quvchilarning ekologik madaniyati

2-Rasm Yoshlarni tabiatga foydali tomonlarini o’rgatish
Odamlar orasida “savob”, “uvol”, “qarg’ish”, “harom”, “birovning haqi”, “tarozidan urma”, “o’g’irlik qilma”, “sutga suv qo’shma”, “hayvonlarga ozor berma”, “suvga supirindi tashlama”, “nonning uvog’i ham non, uni yerga tashlama” va shu kabi qator ibora va tushunchalar mavjud ediki, ayrim yoshlarimiz bular to’g’risida unchalik tasavvurga ega emaslar. Shuning uchun ham o’sha vaqtlarda tabiat haqiqiy ardoqlanar edi. Har bir tabiat ne’mati bu Allohning bizga bergan naziri, marhamati, biz uni yuksak darajada hurmat bilan avaylab-asrashimiz lozim, deyiladi. Xalq tabiat noz- nematlariga, daraxt, buta, o’t o’simliklari, hayvonot olami, suv, havo,tuproq, zamin, non, oziq-ovqat va boshqa shu kabilarni zo’r ehtirom bilan hurmat qilgan[13]. Ozodalikka katta ahamiyat berilgan, axir Vatan ostonadan boshlanadi, deyilganidek har kuni hovli, ko’cha, eshik oldi supurilar va suv sepib nuragan joylar muntazam tamirlanib turilgan. Darhaqiqat, xalqimizning qadimgi urf-odatlari, an’analari, tabiat to’g’risidagi katta ma’noga ega bo’lgan dono hikmatlariga ming yillar davomida quloq solib, undagi tavsiyalarga itoat qilib
kelingan, bundan buyon ham ayniqsa, hozirgi mustaqillik sharofati katta erkinliklar bergan bir paytda ularga kattada hurmat bilan qarashimiz va hayotda juda sinalgan odatlarimizga, qadriyatlarimizga sodiq qolishimiz, yoshlarga bular to’g’risida tez-tez gapirib turishimiz, undashimiz ham qarz ham farzdir. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ekologik madaniyatni tarkib toptirishning ildizlari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Ulardan geografiya darslarida ekologik ta’ lim-tarbiya berish jarayonida foydalanish geografiya fani o’qituvchisidan yuksak pedogogik maxorat, kuch, bilim, ijodiy izlanish talab etadi. Milliy qadiriyatlarimiz orqali, o’quvchilarga ekologik ta’ lim-tarbiya berish nafaqat o’quvchilarni ekologik madaniyatli qilib tarbiyalaydi, balki ularda milliy-g’ urur, milliy-iftixor tuyg’ ularna ham shakillantiriladi, ota- bobolarimizdan qolgan qadiriyatlarimizga xurmat ruxida tarbiyalanadi. O’zbekiston respublikasida istiqlolga erishganidan so’ng tabiat va uning boyliklarini muhofaza qilish ishiga ayniqsa, juda katta e’tibor berildi. Tabiatni muhofaza qilish xozirgi kundagi zamondagi eng dolzarb muammolardan biri, inson bilan tabiat o’rtasidagi va tabiat bilan inson o’rtasidagi, jamiyat bilan tevarak atrofdagi muxit o’rtasidagi muammoning tarkibiy qismidir. Muammoning mohiyati shundaki, tabiat eng avvalo, inson uchun qo’riqlanishi kerak. Inson tabiat bilan har doim bir butunni tashkil qilgan, chunki inson tabiatning tarkibiy qismidir. Inson o’zining tabiat bilan bo’lgan bevosita aloqasi tabiiy muhitga juda katta ta’sir qilib kelgan. Kishining tabiatga ta’siri, uning mexnat faoliyati bilan bog’ liq, yani kishilar tabiatga o’z mehnatlari orqali ta’sir ko’rsatadilar, o’z mexnatlari bilan tabiatni o’zgartiradilar. Yurtboshimiz Islom Karimovning “Ona zaminimiz-boyligimizning mustaqilligimizningva go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” degan so’zlariga asoslanib, inson tabiat bilan tirik deyish mumkin[2]. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’ lim-tarbiya hozirgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’ naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin. Biz pedagoglar tabiatga bo’ lgan munosabatni o’zgartirmasdan boshqalardan buni talab qila olmaymiz, tabiat bizdan faqat yordam kutadi va biz buni bajarishga majburmiz. Chunki tabiat insonsiz yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. Zero, tabiat shoir aytganidek, necha yillardan buyon insonga xizmat qiladi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” qonun qabul qilindi.
Ana shu qonunda tabiatni tabiatni muhofaza qilishda xalqaro aloqalar va birgalikda faoliyat yuritish masalalari ham kiritilgan, jumladan qonunning 53-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi tuzgan Xalqaro shartnomada ushbu qonundagidek yoki O’zbekiston Respublikasiningtabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun xujjatidagidan o’zga qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi[1]. O’zbekiston Respublikasining qonunlarida bir muncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno-chizma-
Ifloslangan atmosfera havosi, suv xavzalari, uchib yuruvchi mikroblar va xayvonlar davlat chegarasini bilmaydi. Bu hol birgina davlatni emas, balki barcha davlatlarning o’zaro va xalqaro hamkorlikda bo’ lishini talab etadi. Shundagina tabiatni bmuhofaza qilish ishini dunyo manfaatlariga qaratilgan bo’ladi. Demak, tabiatni muhofaza qilishda mamlakatlar birgalikda quyidagi muammolarga e’tiborberishlari talab etiladi:
Atrof-muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy va pedagogik tomoni.
Tabiatni muhofaza qilishning gigienik tomoni.
Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash.
Suvni ifloslanishdan saqlash.
Manaviy-kommunal, transport, qishloq xo’jaligi chiqindilarini va boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi.
Yer osti boyliklaridan oqilona foydalangan holda atrof-muhining musaffoligini buzmaslik.
Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.
Shaxar va shaxar atrofi zonasini rejalashtirish va axolini joylashtirishda tabiat muhofazasi hamda tevarak-atrof-muhitini sog’lomlashtirish masalasi.
Shovqin va turli tebranishlarning oldini olish masalasi[15].

3-Rasm
Atrof-muhit holatini to‘g‘ri baholash, zarur tadbirlarning o‘z vaqtida о‘tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan
bevosita bog'liqdir. Har bir kishida “tabiat -bu men va sen, biz yashaydigan makon, tabiat butun Yer kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar shakillanishi darkor. Biz aholi ekologik ongining qanchalik yuqori darajada bo’lishligiga erisha olsak ona-tabiat-biosferamiz shunchalik omon va sermahsul, latofatli va maftunkor bo’lib qoladi. Ekologik tarbiyaning maktab bosqichi o’ta muhim davr hisoblanadi. Prof. E. Turdiqulov o’rta maktabda ekologik ta’lim -tarbiyani sinflarga qarab quyidagich taqsimlashni taklif qiladi: I -III, IV -V, VI, VII -IX, X -XII sinflar, 1-3-sinflarda o’quvchilar bog’chada boshlagan ekologik tarbiya bilimlari rivojlantiriladi. IV -V sinflarda tabiiyat darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim bilimlari beriladi. V sinfda o’quvchilar “Tabiyat” darslaridan saboq oladilar. Bu borada biologiya, geografiya, fizika, kimyo fanlarining keng elementlar bilimlari o’quvchilarga yetkaziladi. Shuni hisobga olib, tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat qanday bo’lishi, tabiiy boyliklardan foydalanish qoidalari haqida eng oddiy bilimlar va tarbiya tizimi ularga yetkazilishi lozim[6]. VI sinf o’quvchisi insonning tabiatga yetkazilayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’zicha mulohaza qila oladigan, ko’z oldiga keltira oladigan, atrof-muhitda inson ta’sirida bo’ layotgan turli o’zgarishlarni idrok qila oladigan darajaga yetadi.“ Tabiiy geografiya va materiklar geografiyasi” kursi o’qitilishi o’quvchini dunyo miqiyosida fikr yuritishiga undaydi. VII-IX sinflarda o’quvchilar “Turkiston tabiiy geografiyasi”, “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kabi kurslarni o’qiydilar. Binobarin, o’quvchilarga ekologik ta’lim birish fanlararo bog’lanish asosida rivojlantiriladi. Asosiy maqsad o’quvchilarni tabiiy boyliklardan foydalanganda atrof-muhitga chiqib kelayotgan turli chiqindilarning tarkibi, ularning yig’ ilish makonlari, keltirib chiqaradigan zararli oqibatlari, chiqindilarning kamroq ajralib chiqishini ta’ minlash to’g’risida mulohaza yurita olidigan qilib tarbiyalashdir. Insonni ekologik jihatdan tarbiyalash umumiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi. Aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo’lish zarurligi to’g’risidagi fikr ilgaridan ma’lum[14]. Bola tug’ ilganidan tortib to umrining so’ngi kunigacha ta’lim-tarbiyadan saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayan qismini tabiatga nisbatan g’amxor, fidoyi, mehr-muhabbatli bo’lishi haqidagi tarbiya tashkil etadi. Xo’sh, mazkur tarbiya bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda qanday mazmunda amalga oshirishi lozim? Ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida ekologik ma’naviyatni uzluksiz ravishda shakllantirish hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Kelajakdagi ziyolilar umumiy va kasbiy madaniyat darajasiga ega bo’ lishlari milly va umuminsoniy qadriyatlarni tarqatuvchisi sifatida o’z xalqining ahloq va tabiat muhofazasi an’analariga suyanishlari lozim. Maktab geografiya fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha ekologik muammolar mujassamlashgan. Mazkur muammolar tabiiy iqtisodiy-ijtimoiy
jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shaklllanadi va rivojlanadi. Ekologik muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning muhim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishlariga ko’ra guruhlarga bo’lish mumkin.tabiiy geografik muammolar; iqtisodiy-ijtimoiy geografik muammolar hamda geoekologik muammolardir.

Ekologiya kishilar hayotini mushohada qiluvchi yangi fandir. Har bir kishi biror yerga axlat yoki chiqindilarni tashlashdan oldin o‘z xatti-harakati oqibatlarini o‘ylashi, tashqi muhitning toza saqlanishiga javobgar ekanligini unutmasligi kerak. Qisqasi, har bir o‘quvchi-talabani kelajakka umid bilan qarashga bo‘lgan dunyo-qarashini shakllantirib borish har bir o‘qituvchi- murabbiylarning vazifasidir. Ekologik ta’ limni keng qo‘llashda mahallalarda, bog‘cha, maktab muassasasi, ko‘cha - ko‘y, jamoat tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida amalga oshirilib, o‘quvchi-talabalar ongiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarga o‘z qo‘llari bilan bog‘lar yaratib ularni parvarish qilishni yoshligidan o‘rgatib borilsa va atrof-muhitni tozaligiga hissalarini qo‘shib o‘z qo‘llari bilan ekkan ko‘chatlarini parvarish qilib borsa o‘quvchilarda vatanga nisbatan mehr uyg‘onadi, atrof- muhitga har xil chiqindilarni tashlamaslik to‘grisida tushunchalar shakllanadi. Bu masala hozirgi kunning muhim muammolaridan biri bo‘lib, kelajakdagi avlod sog‘lom bo‘lishi uchun kafolat beradi. Ekologik bilimlarni tashviqot qilish, о‘quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va dunyoqarashini rivojlantirish sinf va maktabdan tashqari ishlarning mazmunini tashkil etadi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga o‘z ta’sirini o'tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bo'lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o'rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi to'liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bo'lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi[9]. 0‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:


dars jarayonida o'quvchilarda ekologik bilim berish usuli va ko'nikmalarini shakllantirish yo'llarini belgilab olish;

  • dars jarayonida o'quvchilarda ekologik bilim berish jarayonini xususiyatlariga ko'ra bosqichlarga bo'lib tashkil etish;

  • dars jarayonida o'quvchilarda ekologik bilim berish jarayoni bosqichlariga mos keladigan usullarni tanlash;




  • ekologik maqsad asosida ta’lim yo'nalishining fanlararo uyg’unlashgan ekotizimni ta’ minlash;
  • ekologik talablar asosida ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish.


Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yo'nalishlari quyidagi natijalarni beradi:



  • o'quvchilarda zamonaviy ekologik tafakkurni shakllantiradi;

-o'quvchilarning axloqiy sifatlarini o'stiradi va ularni komil inson qilib,tarbiyalaydi[14].


Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, o'z burchini to'liq tushunishga qodir, ishning ko'zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g'amxo'rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb bo'lib turibdi.

Download 4,36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 4,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Rasm Yoshlarni tabiatga foydali tomonlarini o’rgatish

Download 4,36 Mb.