• O ’lchashning usullari
  • U. M. Matmusayev, M. Q. Qulmetov, T. A. Ochilov, T. A. Toytrova, J. R. Muxtarov metrologiya, stand artlash




    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/150
    Sana24.11.2023
    Hajmi8,02 Mb.
    #104425
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150
    Bog'liq
    Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari

    O ’lchash sohalari
    Asosiy o ’lchash sohalariga quyidagilar kiradi:
    1. Geometrik kattaliklar -burchak, uzunlik, yuza, hajm va hokazolarni o ’lchash;
    2. M exanik kattaliklar -massa, kuch, mustahkamlik, cho’zilish, bosim va 
    hokazolarni o ’lchash;
    3. M oddalarning oqimi, hajmi, sathi va hokazolarni o ’lchash;
    4. Fizik-kimyoviy -gaz, suyuqlik zichligi, yopishqoqlik, jism larning namligi va 
    hokazolarni o ’lchash;
    5. Issiqlik -harorat, issiqlik va hokazolarni o ’lchash;
    6 . Vaqt, chastotani o ’lchash;
    7. Elektr va magnit kattaliklari -tok kuchi, kuchlanish, q u w a t, elektr qarshiligi, 
    m agnit maydonini va hokazolarni o ’lchash;
    8 . Radioelektron -signallarni o ’lchash;


    9. Akustik kattaliklar -havo, gaz, suv va qattiq jism larda, shovqin darajasi va
    hokazolami o ’lchash;
    10. Optik kattaliklar-materiallarning optik xususiyatlari (oqligi, tiniqligi, rangi,
    yaltiroqligi) ni o ’lchash;
    11. Ionli nurlanishni va yader doimiyliklarini o ’lchash, ionli nurlanishning 
    dozimetrik 
    ko’rsatkichlari, 
    ionli 
    nurlanishning 
    spektral 
    ko’rsatkichlari, 
    radionuklidlaming faolligini o ’lchash.
    O ’lchashning usullari
    O ’lchashning ikki xil turi mavjud:
    1. Laboratoriyaviy o ’lchash.
    2. Texnik o ’lchash.
    «Laboratoriyaviy o ’lchash»-aniq b o ’ladi va o ’lchashning xatoligi aniqlanadi va 
    hisobga olinadi. Bu o ’lchash ilmiy-tadqiqot ishlarida qo’llaniladi.
    «Texnik o ’lchash»-bu o ’lchashda asbob xatosini aniqlamaydi, ammo asboblar 
    tasdiqlangan xatolik chegarasida ishlatiladi. Ishlab chiqarish sharoitida xom ashyo va 
    tayyor mahsulotlaming k o ’rsatkichlari texnik o ’lchash yordam ida aniqlanadi.
    O ’lchanayotgan kattalikning son qiymati quyidagi o ’lchash usullari bilan 
    aniqlanadi:
    Bir karrali o ’lchash- bir marotaba bajarilgan o ’lchash. Masalan: vaqt, savdoda 
    mahsulot massasi yoki hajmini o ’lchash.
    K o’p karrali o ’lchash-bir karrali o ’lchashning «п» barobar takrorlanishi. 
    Masalan: iplaming mustahkamligini aniqlash.
    Statik o ’lchash-o’lchash vaqti davomida kattalik o ’zgarm aydi deb qabul 
    qilingan kattalikni o ’lchash. Masalan: me'yoriy haroratda uzunlik, er yuzini va 
    hokazolami o ’lchash.
    Dinamik 
    o ’lchash-o’lchamlari 
    o ’zgaruvchan 
    kattalikni 
    o ’lchash, 
    ya'ni 
    o ’lchanayotgan kattalik vaqt davomida o ’zgarib turadi. Masalan: o ’zgaruvchan 
    bosimni o ’lchash, haqiqatdan olganda barcha kattaliklar vaqt ichida ozgina bo’lsa 
    ham o ’zgarishlar ta'sirida b o ’ladi. A gar ju d a ham sezgir asboblar bilan kattalik
    53


    o ’lchansa, farqni aniqlash mumkin. Shuning uchun statik va dinamik o ’lchashlarga 
    shartli ajratiladi.
    Bevosita o ’lchash-olinayotgan kattalikning qiymati bevosita o ’lchash y o ’li 
    bilan olinadi. Masalan: chizig’ich yordam ida uzunlikni va tarozi yordam ida massani 
    o ’lchash.
    Bilvosita o ’lchash-izlanayotgan kattalik bilan funktsional bog’langan boshqa 
    kattaliklam i bevosita o ’lchash orqali aniqlash. Masalan: silindrdagi jism ning hajmiy 
    massasi-zichligi (m g/mm3)ni aniqlash bo’lib, bunda jism ning massasi va silindm ing 
    o ’lchamlarini o ’lchash kerak.
    Taqqoslash usuli-o’lchov birligi taqqoslash usuli b o ’lib, ma'lum kattalikni 
    o ’lchash uchun o ’lchov kattaligi mavjud. O ’Ichanadigan kattalik o ’sha o ’lchov 
    kattaligi bilan taqqoslanadi. Masalan: qadoq toshlar yordam ida m assa aniqlanadi.
    N olga keltirib o ’lchash-o’lchanayotgan kattalik taqqoslash asbobini nolga 
    keltirish bilan aniqlanadi. M asalan: elektrovlagom erda namlikni aniqlash, PO-2 
    asbobida kanop namunasini tayyorlash.
    Differentsial usul-bu usul ayirmali usul deb aytiladi. Bunda o ’lchanadigan 
    kattalik ma'lum kattalik o ’rtasidagi ayirma bilan aniqlanadi.
    Kontaktli o ’lchash usuli-asbobning sezgir elem enti o ’lchash ob'ektiga (jismga) 
    tegizib o ’lchash usuli. Masalan: diametr, uzunlik va haroratni o ’lchash.
    K ontaktsiz o ’lchash-o’lchash asbobining sezgir elem enti ob'ektga tegizmasdan 
    o ’lchash. Masalan: masofani radiolakator bilan o ’lchash.

    Download 8,02 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150




    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. M. Matmusayev, M. Q. Qulmetov, T. A. Ochilov, T. A. Toytrova, J. R. Muxtarov metrologiya, stand artlash

    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish