83
Bizning holatda uchta doira qurilma (Q), ta‘lim (T) va ijtimoiy (I)
jihatlarni
ifodalaydi. Ikki doira bir-biriga kesishgan sohalarda ikkala jihatga tegishli
atributlar mavjud. Qurilmaning qulayligi (QT) va ijtimoiy texnologiya (QI)
kesishmalarining atributlari mobil texnologiyalarning imkoniyatlarini tavsiflaydi
[65]. Interfaol ta‘lim (TI) yorlig‗i bo‗lgan kesishuvda ijtimoiy konstruktivizmga
urg‗u berilgan ta‘lim va o‗rganish nazariyalari mavjud.
Barcha uch jihat Venn
diagrammasi markazidagi birlamchi chorrahada (QTI) bir-biriga mos keladi.
Nazariy jihatdan, birlamchi chorraha, har uch jihatning yaqinlashuvi ideal mobil
ta‘lim holatini belgilaydi [108]. Ushby modeldan yanada samarali mobil ta‘lim
tajribasini loyihalash uchun foydalanish mumkin.
Qurilma jihati (angl. Device Aspect) bir nechta mezonlarni o‗z
ichiga oladi,
xususan: fizik xususiyatlar, mobil qurilma ma‘lumotlarini kiritish-chiqarish
qurilmalari xususiyatlari,
xotira xususiyatlari, protsessor chastotasi va xatolar soni
[71]. Fizik xususiyatlar, jumladan, ekran o‗lchami, vazni,
tugmalar joylashuvi va
qurilmaning umumiy dizayni kishining foydalanish qobiliyatiga ta‘sir qiladi.
Ta‘lim jihati (angl. Learner Aspect) bilan bog‗liq mezonlarda talabaning o‗ziga
xos individual fazilatlarini hisobga olish kerak. Bularga boshlang‗ich bilim, xotira,
axborot bilan ishlash ko‗nikmalari, bilimning yangiligi faktining mavjudligi,
o‗rganishga nisbatan hissiyotlar va motivatsiya kiradi [11]. Boshlang‗ich bilim
mezoni deganda shaxs tomonidan ilgari to‗g‗ridan-to‗g‗ri egallangan,
yangi
ma‘lumotlarni o‗zlashtirish imkoniyati va usuliga bevosita ta‘sir ko‗rsatadigan
ko‗nikma va bilimlar tushuniladi [36].
Ijtimoiy jihat (angl. Social Aspect) ikkita mezonni o‗z ichiga oladi: muloqot va
o‗zaro ta‘sir xususiyatlari. Muloqot xususiyatlari qanday qilib aloqa usulini tanlash,
odamlarning soni va ular o‗rtasidagi munosabatlarni, shuningdek vaqtni hisobga
oladi. O‗zaro ta‘sir deganda ma‘lum belgilar yoki ularni qo‗llash
orqali sodir
bo‗ladigan bevosita aloqa, ma‘lumotlar almashinuvi tushuniladi [108].