|
Sut tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlash
|
bet | 5/26 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 136,94 Kb. | | #106372 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti-www.hozir.orgSut tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlash.
Sut tarkibida yog‘ oqsil qobig‘i bilan o‘ralgan alohida yog‘ sharchalari ko‘rinishida bo‘ladi. Bu oqsil qobig‘i yog‘ sharchalarining ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladi. YOg‘ni ajratib chiqarish uchun oqsil qobig‘ini buzish kerak bo‘ladi. Kislotali usul orqali aniqlashda konsentrlangan sulfat kislotasi ta’sirida oqsilli qobig‘ buziladi. Natijada sutning kazein-kalsiyli kompleksi kazeinning sulfat kislotasi bilan birikmasiga aylanadi.
NH2R (COO)6Ca3 + 3H2SO4 NH2R(COOH)6 + 3CaSO4
Kazein-kalsiyli sulfat kazein
kompleks kislota
NH2R (COOH)6 + H2SO4 H2SO4 NH2R(COOH)6
Kazein sulfat kazeinning sulfat kislotasi
kislota bilan birikmasi
Analizda qo‘llaniladigan izoamil spirti yog‘ sharchalarining yuza qarshiligini kamaytiradi. Buning natijasida yog‘ tez ajraladi.
Sut tarkibidagi yog‘ miqdori jiromer asbobi yordamida aniqlanadi.
Ishning borishi
Toza va quruq jiromerga avtomat pipetka yordamida zichligi 1,81-1,82 bo‘lgan sulfat kislotasidan 10 ml solinadi. So‘ngra jiromerga pipetka yordamida 10,77 ml sut o‘lchab quyiladi. Eritma yaxshilab aralashtiriladi va uning ustiga 1 ml izoamil spirti quyiladi va yaxshilab aralashtirilib probka yordamida og‘zi bekitiladi. Og‘zi yaxshilab mahkamlangan jiromer tarkibidagi yog‘ moddalarining erishi uun suv hammomida 5 minut davomida 60-70 0S haroratda saqlanadi. So‘ngra sentrifugaga qo‘yib 1000 ayl/minutda 5 minut davomida sentrifugalanadi. Bunda sut tarkibidagi yog‘ miqdori ajralib chiqadi va natijasi hisoblanadi.
Me’yorlashtirilgan sutning yog‘ miqdori 3,2 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
|
| |