• Ishning borishi.
  • 17,5°S haroratda sindirish ko‘rsatkichi
  • Ishni olib borish uchun kerakli mahsulot, reaktiv va jihozlar




    Download 136.94 Kb.
    bet6/26
    Sana27.11.2023
    Hajmi136.94 Kb.
    #106372
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti-www.hozir.org
    3 mavzu
    Ishni olib borish uchun kerakli mahsulot, reaktiv va jihozlar:
    YAngi sog‘ilgan sut, sut uchun jiromer, sentrifuga, hajmi 10,77 ml bo‘lgan sut uchun pipetka, hajmi 10 va 1 ml bo‘lgan avtomat pipetkalar, suv hammomi, harorat o‘lchagich (100 0S uchun), zichligi 1,81-1,82 bo‘lgan sulfat kislotasi, zichligi 0,810-0,812 bo‘lgan izoamil spirti, hajmi 200-250 ml bo‘lgan kimyoviy stakan va kolbalar. Sut uchun areometr, hajmi 250-300 ml bo‘lgan shisha silindr, qadoq, qog‘ozli yoki paxtali filtr, etalonlar. Hajmi 100 ml bo‘lgan konussimon kolba, hajmi 10 va 20 ml bo‘lgan pipetkalar, titrlash qurilmasi, 0,1 normalli ishqor, fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasi.
    Sut qandini refraktometr usulda aniqlash.
    Refraktometriya - sindirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘lib, refraktometrdagi sonining birliklar shkalasida sindirish ko‘rsatkichining kattaligini belgilovchi shartli raqami hisoblanadi. YOrug‘lik nuri, turli muhitlardan o‘tishda o‘zining to‘g‘ri chiziqli yo‘lidan katta yoki kichik burchakka og‘adi.


    Ishning borishi.
    Pipetka yordamida aniqlanayotgan sutdan 5 ml o‘lchab olinadi. Unga 5-6 tomchi 4% li kalsiy xlor eritmasidan solinadi. Probirka probka bilan mahkamlanadi va qaynayotgan suv hammomiga qo‘yiladi. Ma’lum muddatdan so‘ng probirga suv hammomidan olinadi va 15 0S haroratgacha sovutiladi, Bunda probirka devorlariga kondensatlanib qolgan suv tomchilarining bo‘lmasligiga e’tibor beriladi. So‘ngra probirkadan probka olinadi va shisha tayoqcha yordamida probirka ichidagi zardob extiyotkorlik bilan olinadi. Zardob filtrlanadi, filtratdan refraktometr asbobi prizmasining pastki qismiga tomiziladi va tezda prizmaning yuqori qismi yopiladi. Maxsus vint va okulyar yordamida hosil bo‘lgan ikki xil rangning perpendikulyar kesishgan nuqtasi topiladi. Kesishgan nuqtadan hisoblashlar olib boriladi. Quyida keltirilgan jadval orqali sut qandining miqdori foizlarda topiladi.

    Refraksiya kattaligi haroratga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun refraktometrda hisoblashlarni ma’lum haroratda olib borish lozim. Refraktometrdagi sut qandini aniqlovchi shkalasi sut zardobi uchun 17,5 0S haroratda o‘rnatilgan, shuning uchun refraktometr prizmasining harorati ham shunga teng bo‘lishi kerak. Buning uchun refraktometrga harorati 19,5-20,5 0S bo‘lgan suv yuboriladi.




    Jadval № 57
    17,5°S haroratda sindirish ko‘rsatkichi



    Download 136.94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 136.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishni olib borish uchun kerakli mahsulot, reaktiv va jihozlar

    Download 136.94 Kb.