• Sut zichligini tekshirish.
  • Ishning borishi
  • Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti




    Download 136.94 Kb.
    bet3/26
    Sana27.11.2023
    Hajmi136.94 Kb.
    #106372
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti-www.hozir.org
    3 mavzu
    Ishning borishi

    Sutning tashqi ko‘rinishini tekshirish. Sutga organoleptik jihatdan baho berishda uning idishini ko‘zdan kechirish bilan boshlanadi. Buning uchun idishning standart talabiga javob berishi tekshiriladi; idish chetidan quyib qolish holati kuzatiladi; idishning sut bilan to‘laligi aniqlanadi.
    Standart talabiga ko‘ra, idishdagi sutning tashqi ko‘rinishi toza, chetlaridan sut oqmagan, idish og‘zi mahkam yopilgan; idishi metaldan bo‘lsa pachoqlanmagan, shisha idishda bo‘lsa darz ketmagan, chetlari uchmagan bo‘lishi lozim.


    Sutning rangini aniqlash. Sutning rangini aniqlash uchun sut toza va quruq shisha idishga quyiladi. Tabiiy yorug‘likda uning rangi aniqlanadi.
    Sut tarkibidagi yog‘ miqdoriga qarab oq, ko‘kishroq, sarg‘ishroq-oq rangli bo‘lishi mumkin.


    Sutning ta’m va hidini aniqlash. Sut ta’mini aniqlashdan oldin idishdagi sut yaxshilab aralashtiriladi. Maxsus idish yoki kimyoviy stakanga quyiladi va ichib ko‘rish orqali ta’m va hidi aniqlanadi.
    Sut ta’mi sal shirinroq, sut mahsulotiga xos hidga, begona ta’m va hidsiz bo‘lishi kerak.


    Sutning konsistensiyasini aniqlash. Sut konsistensiyasini aniqlashda uning bir jinsligiga, ya’ni idish tubida cho‘kma bor yoki yo‘qligiga, sut yog‘ining sut yuzasida ko‘rinib turgan yoki turmaganligiga e’tibor beriladi.
    Sutning konsistensiyasini aniqlash uchun toza kimyoviy stakan olinadi. Stakanga sut bir me’yorda quyiladi va bir jinsliligi kuzatiladi.
    Sutning konsistensiyasi suyuq, bir jinsli bo‘lishi, idish tubida cho‘kma bo‘lmasligi kerak.
    Sut zichligini tekshirish.
    Sut zichligi sutning tabiiyligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Zichlik (hajmiy og‘irlik) - 20 °S haroratdagi hajmi, uning o‘lchov birligi g/sm3. Sut zichligini aniqlashda maxsus sut uchun areometr (laktodensimetr) asbobidan foydalaniladi.
    Sut sog‘ilganiga ikki soat bo‘lgach uning zichligi tekshiriladi. CHunki yangi sog‘ilgan sutda havo ko‘pikchalari ko‘p miqdorda bo‘ladi. SHuning uchun uning zichligini aniq tekshirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari sut zichligi uning tarkibidagi yog‘ning qay holatda (erigan yoki qattiq holatda) bo‘lishiga ham bog‘liq.
    Ishning borishi
    1 ) Areometr asbobi. Sutning zichligini aniqlash uchun maxsus areometr (yoki laktodensimetr) asbobi qo‘llaniladi. Asbobning o‘rta qismida raqamli chiziqlar chizilgan. Bu chiziqlar zichlikni belgilaydi. Areometrning yuqori qismida harorat shkalasi bor. Areometrning umumiy ko‘rinishi quyidagi rasmda keltirilgan. Areometr suyuqlikli idishga sut og‘irligi areometr og‘irligiga teng bo‘lguncha tushiriladi. Suyuqlik qancha yuqori zichlikka ega bo‘lsa, u shuncha kam suyuqlik tubiga tushadi.
    2) Sut zichligini tekshirish. Tabiiy sof sutning zichligi 1027-1032 kg/m3 ga teng. Sut tarkibiga suv qo‘shilsa, har 10 % suv miqdoriga sutning zichligi 0,003 birlikda kamayadi. Zichligi 1027 kg/m3 dan past bo‘lgnan sut tarkibiga suv qo‘shilgan deb hisoblanadi.

    Download 136.94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 136.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti

    Download 136.94 Kb.