Mashinasozlik sanoatida MRTlar asosan transport operatsiyalarini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi. Transport MRTlari amalga oshiradigan asosiy operatsiyalar qatoriga
eltib berish va hokazolar kiradi.
Avtomatlashtirilgan transport va jamlovchi sistemalarning muhim elementlari – transport MRTlari hisoblanadi.
Robokaralar. Relslar bilan jihozlanmagan pol ustida harakatlanuvchi aravachalar - robokaralar moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalarida qo‘llanish uchun yaratilgan [4].
Ularning farqli
xususiyatlaridan biri shuki, bortlarida kuzatuvchi sistema o‘rnatilgan bo‘lib, bu sistema ishlab chiqarish binosining poli ichida yoki poli ustida joylashtirilgan yopiq induktiv yoki yorug‘lik(nur) aks ettiruvchi (qaytaruvchi) trassalar bo‘yicha programmalashtirilgan harakatni ta’minlaydi.
Robokaralarning sex ichkarisidagi va sexlararo transporti sifatida qo‘llanilishi umuman olganda bir qator mexanika-yig‘uv ishlab chiqarishlarida quyidagilarni ta’minlaydi: 1) kengligi katta bo‘lmagan yo‘lkalar va o‘tish joylarida yuqori manevrlarni amalga oshirish imkoniyatini; 2) texnologik jarayon o‘zgarganda transport trassasini
qayta qurish soddaligini; 3) yuk oqimlarini optimallashtirish imkoniyatini; 4) yaroqsiz holga kelgan transport vositalarini almashtira olish hisobiga erishiladigan
yuqori ishonchlilikni, puxtalikni; 5)