-rasm. MP-12t robokarasida tashqi informatsiya datchiklarining joylashtirilishi




Download 2,23 Mb.
bet66/123
Sana22.01.2024
Hajmi2,23 Mb.
#143444
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123
Bog'liq
X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

9.3-rasm. MP-12t robokarasida tashqi informatsiya datchiklarining joylashtirilishi:


1 tara-idishning boshlang‘ich pozitsiyadagi mavjudligini aniqlovchi datchik; 2 – yukni olish; 3 – qisqichning ochilishini aniqlovchi datchik; 4 –
platforma uyachalarida tara- idishlarning mavjudligini aniqlovchi datchik; 5 – harakat xavfsizligi; 6 – aloqa datchigi; 7 – ob’ektlarni tanish (fahmlash) va tormozlash datchigi; 8 – robokaraning ishchi o‘rindagi holatini to‘g‘rilash datchigi; 9 – robokaraning to‘xtashini aniqlovchi datchik; 10 – yorug‘lik qaytaruvchi trassa (yo‘lka)ni kuzatuvchi datchik.
Hozirgi kunda mashinasozlik sanoatiga oid transport robotlarining yaratilishi va tadbiq etilishida ikkita yo‘nalish mavjud.
Birinchi yo‘nalish tor nomenklaturadagi ishlab chiqarish predmetlari (ayrim detallar, xom mahsulotlar, yarimfabrikatlar) ni berilgan ishchi o‘rinlari (asosiy texnologik jihozlar birliklari) orasidagi marshrutlar bo‘yicha bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishni to‘la avtomatlashtirish uchun transport robotlarini ixtisoslashtirish bilan xarakterlanadi. Bunda texnologik ishlov berish siklogrammasi va avtomatlashtirilgan predmetli ixtisoslashgan bo‘linmalarda detallarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish jarayonlari to‘la e’tiborga olinadi.
Ikkinchi yo‘nalish esa transport robotlarini transport - texnologik jihozlar birliklarini predmetli yoki texnologik ixtisoslashgan avtomatlashtirilgan bo‘linmalarda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishni avtomatlashtirishga ixtisoslashtirish bilan xarakterlanadi. Bunday transport- texnologik jihozlarda
ishlov beriladigan xom mahsulotlar va detallar yoki instrumentlar komplektlari joylashtiriladi.
Bundan tashqari guruhli boshqarish sistemasi bilan ta’minlangan transport robotlari texnologik jarayon bo‘yicha qo‘shni hisoblangan bo‘linmalar va sexlar orasidagi ko‘chirish operatsiyalarini avtomatlashtirish uchun hamda omborlar va sex bo‘linmalari yoki korxonaning ishlab chiqarish korpuslari orasidagi ko‘chirish jarayonlari va operatsiyalarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi.
Vazifalariga, qo‘llanilishidagi texnologik xususiyatlariga va bajaradigan funksiyalariga ko‘ra sanoat korxonalarida:

      1. yo‘lkasi yuqorida joylashtirilgan transport robotlari (monorelsli, fazoviy, yoki ko‘prikli);

      2. yo‘lkasi pastda joylashtirilgan transport robotlari (pol ustili, relsli va relssiz);

      3. yo‘lkasi kombinirlashgan usulda joylashtirilgan transport robotlari (transport robotining tayanchlaridan bittasi yuqoridagi kran osti yo‘lkasi bo‘ylab xarakat qilsa, ikkinchi tayanchi esa pol usti yo‘lkasi bo‘ylab yoki pol ichiga joylashtirilgan rels bo‘ylab harakat qiladi).

Transport robotlari qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas qisqichlarga ega bo‘lishlari mumkin. O‘z navbatida bu qisqichlar aktiv holatda va passiv holatda bo‘lishlari mumkin. Aktiv holatda qisqichlar predmetni qisqichlashlari, kerakli kuch bilan ko‘chirish operatsiyasi bajarilishi chog‘ida ushlab turishlari va ko‘chirish operatsiyasi tugallangach, predmetni qisqichdan ozod qilishlari mumkin. Passiv holatda esa qisqichlar ko‘chirilayotgan predmetni kerakli kuchsiz, faqat quvvatlab (ushlab) turishi mumkin [7].

Download 2,23 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123




Download 2,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. MP-12t robokarasida tashqi informatsiya datchiklarining joylashtirilishi

Download 2,23 Mb.