“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
111 
resurslardan 
beqaror 
foydalanish 
ularning 
kamayishiga, 
atrof-muhitning 
ifloslanishiga va biologik xilma-xillikning yoʻqolishiga olib keladi. Yashil 
iqtisodiyot resurslardan samarali va oqilona foydalanish, ekotizimlarni saqlash va 
tiklash, ularning kelajak avlodlar uchun mavjudligini ta’minlashga yordam beradi. 
Uchinchi omil boʻlib, iqtisodiy barqarorlik va ish oʻrinlarini yaratish asosiy 
omil sifatida yashil iqtisodiyotga oʻtish innovatsiyalarni ragʻbatlantiradi va iqtisodiy 
oʻsish va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Qayta tiklanadigan energiya 
manbalari, energiya tejaydigan texnologiyalar, barqaror qishloq xoʻjaligi va boshqa 
yashil tarmoqlar iqtisodiy barqarorlik va qashshoqlikni kamaytirishga hissa qoʻshib, 
ish oʻrinlarini yaratadi.Toʻrtinchidan, salomatlik va hayot sifatini yaxshilash omili 
boʻlib, havo, suv va tuproqning ifloslanishi odamlar salomatligiga salbiy ta’sir 
koʻrsatib, turli kasalliklar xavfini oshiradi. Yashil iqtisodiyot ifloslantiruvchi 
moddalarning emissiyasini cheklash orqali atrof-muhit sifatini va natijada aholi 
salomatligi va farovonligini yaxshilashga yordam beradi. Beshinchidan, energiya 
xavfsizligini takomillashtirish boʻlib, qazib olinadigan yoqilgʻiga qaramlik 
mamlakatlarni energiya narxlarining oʻzgarishi va siyosiy beqarorlikdan himoyasiz 
qoldiradi. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan yashil 
iqtisodiyot energiya xavfsizligini yaxshilaydi va importga qaramlikni kamaytiradi. 
Oltinchidan, ijtimoiy inklyuziya va tenglik boʻlib, bu ham oʻznavbatida, yashil 
iqtisodiyotga oʻtishda adolatli taqsimot jarayoni uchun imkoniyatlar yaratadi, 
shuningdek, resurslar va imtiyozlarni almashish, har bir kishi iqtisodiy imkoniyatlar 
va ijtimoiy imtiyozlarga ega boʻlgan inklyuziv jamiyatlar rivojlanishini qoʻllab-
quvvatlaydi. Bu, ayniqsa, koʻplab jamoalar tabiiy resurslarga bevosita bogʻliq 
boʻlgan va iqlim oʻzgarishi ta’siriga bardoshi kam boʻlgan rivojlanayotgan 
mamlakatlarda tengsizlikka qarshi kurashish va teng imkoniyatlarni ta’minlash 
uchun juda muhimdir. Yashil iqtisodiyotga oʻtish mamlakatlarni bilim, texnologiya 
va moliyaviy resurslarni almashishga undaydi, bu esa BMT Barqaror rivojlanish 
maqsadlariga erishishda global hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi. 
Sakkizinchi omil bu iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni shakllantirishni oʻz ichiga olib, 
iqlim oʻzgarishiga moslashish va yumshatishni qamrab olgan yashil iqtisodiyot sa’y-
harakatlari jamiyatlar va iqtisodiyotlarning ekstremal ob-havo va tabiiy 
sharoitlarning oʻzgarishiga chidamliligini oshiradi
141
. Bu iqtisodiy yoʻqotishlarni 
kamaytirish va hayotni himoya qilishga yordam beradi. Va nihoyat toʻqqizinchi omil 
bu barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash omili boʻlib, yashil iqtisodiyotga oʻtish 
barqaror rivojlanishning asosiy jihatini ta’kidlaydi, ya’ni, kelajak avlodlarning 
bugungi kun ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Bu iqtisodiy oʻsish, atrof-muhitni 
muhofaza qilish va ijtimoiy farovonlik muvozanatini oʻz ichiga oladi. 
Yashil iqtisodiyotga oʻtish va uglerod neytralligiga erishish uchun bir qator 
chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak, xususan: 
-qazib olinadigan yoqilgʻiga qaramlikni kamaytirish uchun qayta tiklanadigan 
energiya manbalariga (quyosh, shamol, gidroenergetika) sarmoya kiritish; 
-sanoat, qurilish, transport va kundalik hayotda energiya samaradorligini 
141
Aynaqulov M. A. Xudayberdiyev B.B. Motivatsiya samaradorlik garovi sifatida // Ilmiy axborotnoma jurnali. 
Samarqand Davlat Universiteti. – 2020. – №. 2 (120

Download 8,74 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish