Tirsakli (GOST 8947-75) muftalar. Ular ikki xil ko'rinishda
ishlanadi. 1-bajarilishida tirsakning ikkala uchiga quvur burab kiritilsa
(6.50- shakl,
a), 2-bajarilishida bir tomoniga quvur, ikkinchi uchiga fiting
burab kiritiladi (6.50-shakl,
b).
Troynik (uchlik)lar (6.51-shakl). Troyniklar to ‘g ‘ri (GOST 8948-75)
va o ‘tish troyniklar (GOST 8950-75) ko'rinishida tayyorlanadi. To‘g ‘ri
troyniklarda uchala rezbali teshiklari o ‘lchamlari bir xil bo ‘lsa, o ‘tish
troyniklarida har xil bo‘ladi.
Krestlar (6.52-shakl). To‘g ‘ri krestlarda (GOST 8951-75) to'rtala
rezbali teshik o ‘lchamlari bir xil, o ‘tish krestlarida (GOST 8952-75) har
xil bo ‘ladi.
Qopqoqlar (6.53- shakl,
a, b, d). Quvurlaming uchlarini bekitish uchun
qopqoqlar (GOST 8962-75) ikki xil ko'rinishda bajariladi. 1-bajarilishi
yumaloq yopiq gayka (6.53-shakl,
a), 2-bajarilishi olti qirrali yopiq
gayka (6.53- shakl,
b) ko‘rinishida tayyorlanadi. Fitinglaming teshiklarini
bekitish uchun tiqinlardan (6.53-shakl,
d) foydalaniladi.