Quyosh energetikasini turli davlatlarda qo‘llanilishi




Download 2.57 Mb.
bet14/29
Sana12.05.2023
Hajmi2.57 Mb.
#59009
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
3.2.ЭЭ
toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
3.2. Quyosh energetikasini turli davlatlarda qo‘llanilishi.
Buning sabablari oydin: quyosh batareyalarining texnologik takomillashuvi ko‘z oldida ularning qiymatlarini besh yilda besh barobarga kamaytirdi, bunda eng yaxshi ommaviy namunalarning FIKsi 15 dan 20 foizgacha oshdi. AQSHda misol uchun, 2009 yilda 1 kVt∙s ning narxi 32,3 sentdan 2014 yilda atigi 7,2 sentgacha tushib ketdi [100]. Quyosh kilovattlari xozirgi paytgacha amerika energetikasining asosiy sektori hisoblangan ko‘mir elektr stansiyalarida ishlab chiqarilayotgandan orzonroq bo‘lib qoldi.
Xalqaro energetika agentligida hisoblaydilarki, 2020 yilga kelib quyosh energiyasining qiymati yana 25 foizga qisqaradi, bu quyosh energiyasini gaznikidan arzonroq qiladi.
Bunda istiqbolli perovskitli analoglarning narxlari sezilarli darajada pastroq, qator fundamental ishlarda qayd etilishicha bunday tizimlarning FIKsi yaqin 5-10 yillar ichida 30 foizgacha sezilarli oshirilishi mumkin. (Tarkibida qo‘rg‘oshinxlorid metilammoniy va qo‘rg‘oshinyodid formamidiniy bo‘lgan perovskit quyosh batayeryasi, avval - titan kalsiy mineraliga kiritilar edi. Perovskitlar fotoqo‘zg‘atish natijasida hosil bo‘lgan elektr zaryadlarni oson o‘tkazadi).
Quyosh energetikasining umidlari faqatgina perovskitlar bilan bog‘liq emas. AQSHda umumiy quvvati 1,1GVt bo‘lgan, bozorda keng ko‘lamlarda mavjud bo‘lgan tellurid kadmiyli (CdTe) panellardan foydalanuvchi – yagona fotoelementli texnologiyadan (kremniylidan tashqari), ikkita yirik QESHning qurilishi yakunlanmoqda. Tellurid kadmiyli panelning solishtirma qiymati atigi 570 doll./kVtga teng. Xatto yirik stansiyalar uchun o‘rnatish harajatlarni hisobga olgan holda ham kilovatt o‘rnatilgan quvvat uchun narx 900 dollardan oshmaydi, bu taxminan IESdagidan bir yarim marta pastroq va kremniyli yechimlardan sezilarli kam.
Germaniya 2014 yilning 11 oyida gazdan atigi 29 mlrd. kVt∙s ishlab chiqardi, bu 2013 yilga nisbatan 18%ga kam, quyosh stansiyalarida esa - 32,5 mlrd. kVt∙s, bu 2013 yilga nisbatan 7 %ga ko‘p.
Xitoyning Tiklanuvchan Energetikaning Milliy Markazi 2020 yilga 100GVt o‘rnatilgan quvvatni va 2030 yilga 400GVtni maqsad qo‘ymoqda.
2015 yilning birinchi kvartali uchun Xitoyda fotovoltaikaning o‘rnatilgan quvvati 5 GVtga oshgani va 33 GVtga yetganini hisobga olgan holda bu maqsadlar yetarlicha e’tiborga loyiq ko‘rinadi .
Texnologik taraqqiyot, fotoelementlar ishlab chiqarishni so‘nggi 35 yilda 200 martaga eksponensal arzonlashuviga imkon berdi, shuning uchun bashorat qilinmoqdaki, tannarxning eksponensal pasayishi davom etadi va taraqqiyotni to‘xtashi uchun ko‘rinib turgan sabablar yo‘q.
Quyosh energetikasini bunday kuchli sakrashi “yashil” tarifni yuqori stavkasini - 1 kVt.s elektr energiyasi uchun 46 yevrotsent tasdiqlanishining oqibati bo‘ldi.
Keng ko‘lamli quyosh energetikasini yagona energiya tarmoqqa integratsiyasi muammosi bugun ham rejim, ham yuklama cho‘qqilarini olish munosabatida yechilgani yo‘q. Bu energiyani akkumulyatsiyalash masalalarini keng ko‘lamda yechilmaganligi bilan bog‘liq. 2014 yilga akkumulyatsiyalash tizimlarining dunyodagi o‘rnatilgan quvvati 145 MVtni tashkil etadi, ulardan 99%i gidrakkumulyatsiyalovchi stansiyalar bilan (GAES) taqdim qilingan. Qo‘rg‘oshin-kislotali va boshqa turdagi akkumulator batareyalari xizirgi paytda va o‘rta davri istiqbolida sanoat fotovoltaikasi uchun akkumulator tizimlar rolida maqsadag muvofiq emas.
Fotovoltaika tizimli ravishda yetarli baholanmagan: 2006 yilda XEA 2030 yilga 87 GVt bashorat qilgan edi, ammo bu daraja olti yildan keyinoq-2012 yilda o‘tildi. 2009 yilning bazaviy bashoratidan (208 GVT) 2015 yilda oshib ketildi.
Ham fotovoltaikada va ham tiklanuvchan energiya manbalaridagi sezilarli taraqqiyotga qaramay xali qazilma yoqilg‘ilaridan yana uzoq foydalanishga to‘g‘ri keladi, yangi energiya tartibiga o‘tish qiynchiliklari esa – oldinda.
Quyosh energetikasining jahon energiya balansidagi ulushi xozirgi 2%ga nisbatan, 2030 yilga kelib 13%ni tashkil etishi mumkin. IRENA ni baholashiga ko‘ra xozirgi kundagi 227 GVt.s ga nisbatan, 2030 yilga quyosh batareyalari hisobiga 1760 dan 2500 GVt.s elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin.
2015 yilda quyosh panellariga (fotovoltaika) barcha yangi generatsiyalovchi quvvatlarning 20% to‘g‘ri keldi, so‘nggi besh yil mobaynida esa o‘rnatilgan quvvat 40 GVtdan 227 GVtgacha o‘sdi [99]. Tomlarga o‘rnatiladigan quyosh panellarini ishlab chiqarishga investitsiyalar 2015 yilda 67 mln. AQSH dollariga yetdi, kommunal korxonalar uchun panellarga – 92 mln. AQSH dollari, off-grid tizimlariga – 267 mln.dollar. (Off-grid – bu elektr energiyasini muqobil manbasi tashqi shahar tarmog‘iga ulanishga ega bo‘lmagan tizim).

Download 2.57 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Download 2.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh energetikasini turli davlatlarda qo‘llanilishi

Download 2.57 Mb.