• Dars o‘tish vositalari
  • Dars o‘tish usullari
  • O‘zbekiston respubilkasi




    Download 1.21 Mb.
    bet6/144
    Sana16.03.2017
    Hajmi1.21 Mb.
    #171
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
    2-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK PROTSESSINING TAMOYILLARI
    Tayanch iboralar: fuqarolik protsessining tamoyillari tushunchasiva mohiyati, fuqarolik protsessining tamoyillari tizimi va tasnifi, odil sudlovning faqat sud tomonidan hamda fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirilishi, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi, sud ishlari yuritiladigan til, sudda ish ko‘rishning oshkoraligi, sudda ishni ko‘rishning bevositaligi va og‘zakiligi, ishlarni amaldagi qonun hujjatlari asosida hal qilish, fuqarolik ishlarining yakka tartibda va hay’at tomonidan ko‘rilishi, ishning haqiqiy holati, taraflarniig huquq va majburiyatlari sud tomonidan aniqlanishi, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrim va qarorning majburiyligi.

    Dars o‘tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan u asosan ma’ruza tarzida O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalari hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining me’yor - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.

    Dars o‘tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
    Ushbu mavzuni o‘rganishda talabalar avvalom bor Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillarg, fuqarolik protsesual kodeksida belgilangan tamoyillarga, sudlar to‘g‘risidagi qonunda belgilangan tamoyillarga e’tibor berishliklari lozim. Fuqarolik sudlarida ish yuritishda eng avvalo sudlarning Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 8, 10-moddasiga, Konstitutsiyamizning 12, 13, 15, 18, 44-, 106, 107, 108, 109, 110, 111,m 112, 113, 114, 115 hamda 116-moddalariga qatiy amal qilishlari lozimdir. Fuqarolik protsessual tamoyillar FPK ning 6,7, 8, 9, 10, 11,12,13,14,15,15,16,va 17-moddalarida belgilangan qoidalarni o‘rganishlari lozim bo‘ladi. Bundan tashqari Sudlar to‘g‘risidagi qonunning 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10,-moddalarida belgilangan qoidalarni o‘rganishlari talab etiladi.

    Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash tamoyilini hayotga keng tatbiq qilish maqsadida Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston 21-asrga intilmoqda asarida yozadi “… sud tizimini isloh qilish, avvalo, hukm chiqaruvchi sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilishi kerak. Faqat shunday qilganda hozir sudni jazolovchi organ deb biladigan odam sudga o‘z huquqlari va erkinliklarini, manfaatlarini himoya qilishi lozim bo‘lgan organ sifatida murojaat qiladigan bo‘ladi, ana shundangina sud hokimiyatining haqiqiy mustaqil uchinchi tarmog‘iga aylanadi1 deb ta’kidlashi bejiz emas”.

    Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishda sudyalarning qonunlarga amal qilishi eng avvalo ushbu sohada belgilangan tamoyillarga bo‘ysunishi, ular asosida ish yuritishlari va barcha sudyalarning ishlarni o‘z vaqtida, qonuniy, asosli va adolatli ko‘rib chiqishida yuqorida qayd qilingan qonunlarda belgilab qo‘yilgan tamoyillarga amal qilib ish yuritishlari lozim va shart hisoblanadi.

    Fuqarolik protsessida belgilangan tamoyillar yoki bir so‘z bilan aytganda qoidalar sud pog‘onasining har bir bug‘inida eng birinchi navbatda qo‘llaniladigan normalar va asoslar bo‘lib, ishlarni qonunlarda belgilangan talablarda ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Fuqarolik jarayonining tamoyil (printsip)lari deb, fuqarolik protsessual huquqining asosiy, rahbariy qoidalariga aytiladi. O‘zining mazmuni bo‘yicha bu printsiplar sudning fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish borasidagi vazifalari va faoliyati to‘g‘risidagi printsiplari bo‘lib ko‘riladi.

    Jarayon printsiplari tizimi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda va fuqarolik protsessual huquqi me’yorlarida ifodalangan bo‘lib, amalda bo‘lishi, tadbiq etilishi yuzasidan bir-birlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda ikki guruhga: birinchidan, sud tuzilishi hamda sud ishlarini yuritishga oid umumiy printsiplarga va ikkinchidan, faqat sud ishlarini yuritishga xos printsiplarga bo‘linadi.

    Birinchi guruhga doir bo‘lgan printsiplar quyidagicha: 1) odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; 2) fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi; 3)odil sudlovni saylangan (tayinlangan) sudyalar tomonidan amalga oshirilishi; 4) fuqarolik ishlarining birinchi instantsiya sudida ko‘rilishida xalq maslaxatchilarining ishtirokisiz sudyaning yakka tartibda yuqori sudlarda esa ishlarning qolligial, ya’ni eng kamida uchta sudya ishtirokida ko‘rilishi; 5) sudyalarning mustaqilligi; 6) sud ishlarining milliy tilda yuritilishi va 7) sudda ish ko‘rishning oshkoraligi printsiplaridir.

    Ikkinchi guruhga oid printsiplar: 1) ishlarning amaldagi qonunlar asosida hal qilinishi; 2) chin haqiqat; 3) jarayondagi erkinlik huquqi, ya’ni dispozitivlik; 4) tortishuvchilik; 5) fuqarolik ishlarida ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqliligi; 6) ishning og‘zaki ko‘rilishi; 7) ish ko‘rishning bevositaligi; 8) sud ishining uzluksiz ko‘rilishi va 9) sud himoyasidan foydalanish imkoniyatining ta’minlanishi printsiplaridir.

    Protsessual huquqning konstitutsion prinsiplari va ularning amalda bo‘lishi kafolatlari to‘g‘risida to‘xtalib, bu prinsiplarning o‘zlashtirishni osonlashtirish maqsadlarida, avvalo yuqorida ko‘rsatilgan birinchi guruhga oid printsiplarni bayon etamiz.



    Download 1.21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




    Download 1.21 Mb.