• «KELISHILDI» «TASDIQLAYMAN» Kasaba uyushma qo‘mitasining
  • Инструкция по охране труда для рабочих всех профессий рудника «Мурунтау» 2П-1 Зарафшон




    Download 349.5 Kb.
    bet1/22
    Sana12.02.2024
    Hajmi349.5 Kb.
    #154920
    TuriИнструкция
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    2П-1 новая
    A1Medical Catalog, Aliena · SlidesCarnival, 777777777777кафедра АРМ ва кафедралардаги мавжуд хорижий адабиётлар, Havoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari, Yer osti va yuzasida suv taminoti manbalari, 0biIu71YOpc7qm0WFfBVN19hE3sgdlar2lwTitX8, tort-retsepti, 2- ma’ruza Determinantlar va ularning asosiy xossalari. Reja, 22 12.01.2018, BHA 47-22 M.NiyozovaMustaqil ishi, a — копия (2), 4-mavzu, 4-MAVZU.MTda YASALGAN KUCHAYTIRGICH SXEMASINI TADQIQ ETISH., 3-Topshiriq (1)


    Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK
    Markaziy kon boshqarmasi



    Muruntog‘ konining barcha kasbdagi ishchilar uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma


    2P-1
    Мурунтоғ конининг барча касбдаги ишчилар учун меҳнат муҳофазаси бўйича йўриқнома


    2П-1
    ИНСТРУКЦИЯ


    по охране труда для рабочих всех профессий рудника «Мурунтау»
    2П-1
    Зарафшон
    2014йил



    «KELISHILDI»

    «TASDIQLAYMAN»

    Kasaba uyushma qo‘mitasining

    «Muruntog’» konining

    2014 y. «____» ___________dagi

    bosh muxandisi

    yig‘ilishida № __ sonli majlis bayoni

    ____________Z.S. Sharipov

    ______________ A.T. Normirzayev

    «_____»_____________2014y.

    Muruntog‘ konining barcha kasbdagi ishchilar uchun mehnat


    muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma

    2P-1

    I. Xavfsizlikning umumiy talablari.
    1. Konga ishga kirayotgan barcha ishchilar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, zararli mehnat sharoitida ishlovchilar esa har yillik davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish natijasi bo‘yicha ishchining kasbi bo‘yicha ishlashi uchun ishga layoqatliligi va sog‘lig‘i to‘g‘risida xulosa beriladi.
    2. Xodimga ish to‘g‘ri kelmasa yoki unda kasbiy kasallik aniqlanganida, ma‘muriyat tibbiy xulosaga asosan uni ishlab chiqarishdagi zararli omillarining ta‘siriga aloqador bo‘lmagan ishga o‘tkazishi shart.
    3. Ishchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, shifokorlar komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyalaridan bo‘yin tovlashini ma‘muriyat mehnat intizomini buzish deb hisoblab, ishchini ishga qo‘ymaslikka haqli.
    4. Konga ishga qabul qilingan har bir ishchi mehnat muhofazasi bo‘yicha quyidagi o‘quvlar va yo‘l- yo‘riq olishlaridan (instruktaj) o‘tishlari shart:
    4.1. Kirish yo‘l – yo‘rig‘ini olgan.
    4.2. Yongin xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘l - yo‘riqlari.
    4.3. Dastlabki o‘quv, ishlab chiqarishdan ajralgan holda - konga birinchi marotaba ishga joylashayotgan ishchilar uchun 3 kun va konda avvaldan ishlagan ishchilar yoki bir kasbdan boshqasiga o‘tkazilayotganlar uchun 2 kun.
    4.4. Ish joyidagi birlamchi yo‘l – yo‘riq olishdan (instruktaj).
    4.5. Ish joyidagi amaliy o‘quv (amaliy tajriba) muddati 2tadan 31 smenagacha, ishning xavfli va qiyinligini inobatga olgan holda, uchastka rahbari farmoyishi bilan (ustoz) tajribali ishchi qo‘li ostida amalga oshiriladi.
    4.6. Amaliy o‘quv tugaganidan keyin ishchiga “Kasbi bo‘yicha ish joyidagi yo‘riqnoma dasturi”ga kiritilgan yo‘riqnomalar bo‘yicha dastlabki bilim tekshiruvi o‘tkaziladi.
    4.7. Agarda ishchi bilim darajasini tekshirish vaqtida,bilimini qoniqarsiz ravishda ko‘rsatsa, unda u mustaqil ishga qo‘yilmaydi va 2 haftalik muddatdan kechiktirilmasdan bilim tekshiruvidan qayta o‘tishi shart.
    4.8. Qayta bilim tekshiruvidan o‘tishda mehnat xavfsizligi bo‘yicha qoniqarsiz bilimini ko‘rsatsa, u holda ish beruvchi kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda ishchini boshqa, qiyin bo‘lmagan ishga o‘tkazishi yoki O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi (100-modda, 2-bandi)ga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishi kerak.
    4.9. Ishchi dastlabki o‘quvdan va yo‘l – yo‘riq olishdan o‘tganligini munosib jurnallarda o‘zining imzosi bilan tasdiklaydi.

    5. Ish faoliyati jarayonida ishchi mehnat muhofazasi bo‘yicha quyidagilardan o‘tishi kerak:


    5.1. Ish joyidagi birlamchi yo‘l – yo‘riq olish dasturi bo‘yicha chorakda bir martadan kam bo‘lmagan takroriy (davriy) yo‘l – yo‘riq olish.
    5.2. Yangi texnologik jarayonlari va mehnat usullari joriy qilinganida, texnika xavfsizligi bo‘yicha yangi qoidalar va yo‘riqnomalar kiritilganida yoki talablari o‘zgarganida, shuningdek texnik nazorat organlarining talablari bo‘yicha rejadan tashqari (navbatdan tashqari) yo‘l – yo‘riq olishdan;
    5.3. Maqsadli yo‘l – yo‘riq olishdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutaxassisligi bo‘yicha majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishida, avariya asoratlarini va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda, naryad - ruxsatnoma bo‘yicha yoki boshqa shunday hujjatlar bo‘yicha ish bajarishda.
    5.4. Birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli yo‘l – yo‘riq olish bevosita ish rahbari (usta, mexanik va h.k) og‘zaki so‘roqlash asosida o‘tkazib, shuningdek yo‘l – yo‘riq olish o‘tuvchilarning texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘rganagan mahoratini tekshiruvi asosida baholashi kerak.
    5.5. Birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli yo‘l – yo‘riq olish o‘tkazilganligi haqida, Ish joyidagi yo‘l – yo‘riq olish ro‘yxatga olish jurnalida qayd qilinishi kerak, yo‘l – yo‘riq olish o‘tuvchi va yo‘l – yo‘riq olishdan o‘tkazgan shaxslarning imzosi bo‘lishi shart.
    Rejadan tashqari yo‘l – yo‘riq olish qayd etilganida, uning o‘tkazilish sabablari ko‘rsatilishi lozim.
    Naryad-ruxsatnoma yoki boshqa tegishli hujjatlar bo‘yicha ish bajaruvchi ishchilar bilan maqsadli yo‘l – yo‘riq olishdan o‘tkazish naryad-ruxsatnoma yoki ishlarni bajarishga ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarda belgilanishi zarur.
    6. Ishchilar har yili mehnat muhofazasi bo‘yicha bilim sinovidan o‘tishlari shart, yillik bilim sinovidan o‘ta olmaganlar ishga qo‘yilmaydi.
    Ishchining ishi bir necha kasblarni qo‘shib olib borishga to‘g‘ri kelgan holatlarida (o‘rindoshlik), ishchi har bir qo‘shib olib boradigan (o‘rindosh) kasbi bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi va bunday ishlarni bajarish xuquqini beradigan guvohnomani o‘zi bilan birga olib yurishi zarur (payvandlash, stropolchi, elektr xavfsizligi bo‘yicha va shu kabilar).
    7. Ishchining ish tartibi u ishlayotgan konning bo‘linmasidagi ishlab chiqarish xususiyatiga qarab NKMK mehnatkashlari uchun ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan belgilanadi. U O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi (O‘RMK) talablariga to‘g‘ri kelishi lozim.
    Ishchi kon xududida bo‘lganida va o‘z vazifasini bajarishi vaqtida ishlab chiqarish xavf-xatari va ekologik omillari ta‘siri ostida qolishi mumkin.
    8. Ishlab chiqarishdagi xavfli omillar:
    - harakatlanayotgan temir yo‘l,avtomobilь, yordamchi transport vositasi;
    - ishlab turgan konchilik uskunalari;
    -konchilik lahimlari (o‘pirilish prizmalari, kon yoqalarining deformatsiyalanish zonasi, pog‘onalar qiyaliklari va h. k).
    -ta‘sir qiluvchilar:
    - elektr toki;
    - kon mashinalaridagi gidravlik, pnevmatik magistral tizimlarida avariyali uzilishlar sodir bo‘lganidagi kuchli bosim;
    -konchilik massalari bo‘laklarining ag‘nab kelishi (portlatish ishlari, ekskavator bilan qazish ishlari olib borilayotgan joyda, yuklangan avtosamosvallar, o‘pirilish);
    -ichki yonuv dvigatellari ishlayotgan vaqtidagi ajralib chiqadigan zararli moddalar (azot oksidi, uglerod oksidi va boshqalar);
    - 40 gradus va undan yuqori yozgi havo harorati;
    - gorizontlarning ish maydonlari bo‘ylab yayov yurganda bexosdan yiqilish.
    -Ishlab chiqarishdagi jarohatlarni tahlil qilish asosida aniqlangan xavf-xatarlar:
    -turli og‘ir darajadagi mexanik jarohatlar (lat yeyish, sinishlar, to‘qimalarning cho‘zilishi va boshqalar);
    -elektr jarohatlar;
    - termik, kimyoviy va elektr kuyishlar;
    - zaharlanish, bo‘g‘ilish, gamma nurlanish.
    9. Konning ekologik aspektlari:
    Konchilik ishlarida:
    - portlatishda (zaharli gazlar, kremniyli chang);
    - burg‘ilashda (umumiy chang, shuningdek kremniyli chang);
    -“Muruntog‘” karьerida konchilik massasini qazib chiqarishda (kremniyli chang);
    - “Muruntog‘” karьerida konchilik massasini qayta yuklashda ( chang);
    - otval hosil qilishda (chang);
    - “Tashkura” karьerida konchilik massasini qazib chiqarishda;
    a) ekskavatorlar bilan ishlashda (fosforitli, kremniyli chang);
    b) frezerli kombaynlar bilan ishlashda (fosforitli chang);
    v) “Tashkura” karьerida konchilik massasini qayta yuklashda ( chang).
    Ta‘mirlash ishlarida:
    - payvandlashda (metal oksidlari, okislari);
    -ekskovator tishlarni qayta tiklashda (metal oksidlari);
    - eritib ustidan quyishda (metal oksidlari);
    - charxlashda (chang, karbamidlar);
    - bo‘yoqlashda (murakkab hidli uglevodorodlar).
    Namunalarga ishlov berishda-kremniyli, fosforitli chang.
    10. Konda insonning organizmiga fosfor va kremniy changining zararli (individual va jamoa himoya vositalari) ta‘sirini kamaytirishga yo‘naltirilgan profilaktik tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan va qo‘llanilmoqda. Bu esa, jiddiy ekologik aspektlarni ahamiyatsizlarga o‘zgartirishga yordam beradi, chunki ish joyda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar orqali nafas oluvchi havoga nisbatdan mumkin bo‘lgan sharoitlar yaratildi.
    10.1. Zararli va xavfli omillarning ta‘sirini kamaytirish maqsadida karьerlarda yurganda barcha shaxslar (“Muruntog‘”, “Tashkura”) himoya kaskasi va respiratorlar taqishi, ishlab chiqaruvchi tsexlardagilar (Energiya tsexi, kon uskunalarini ta‘mirlash tsexi, emulьsion portlatish vositalari zavodi, gamma- aktivatsiya tahlili markaziy laboratoriyasi) himoya kaskalarini kiyishlari shart. Barcha konchilik mashinalari konditsionerlar va chang-gaz tozalash tizimlari (ChGTT) bilan ta‘minlanishi shart.
    11. Kutilmagan jarohatlardan saqlanish uchun ishchi karьerda bo‘lganida quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishi kerak:
    11.1.Bevosita qazish ishlari olib borilayotgan joy va pog‘onalarning qiyalik joylarida, shuningdek, ishlayotgan mexanizmlar yaqinida, turli o‘ziyurar uskunalarning qatnov yo‘llarida dam olmaslik lozim (ish joyida uxlamaslik);
    11.2. Pog‘onaning chetiga (balandligi 15 metrlik pog‘onadagi yemirilish prizmasiga -4,1 m) va pog‘ona qiyaliklaridan kon jinslari bo‘laklari tushishi zonasiga yaqinlashmaslik kerak;
    11.3. Karьer territoriyasi bo‘ylab korxona transportlarida ishga borish va qaytish (avtobus, xizmat mashinasi, zaruriyat tug‘ilgan vaqtda kon nazoratchilari ruxsati bilan texnologik transportlarda -usta, mexanik, energetik va h.k);
    11.4. Yayov yurgan vaqtda (faqat zarurat tug‘ilganida), harakatlanayotgan transportga qarshi yo‘l chetidan yurish kerak. Og‘ir yuk tashuvchi avtosamosval yaqinlashganida yo‘ldan yo‘l chetiga kamida 5 metr uzoqlikka o‘tish, to‘xtash, avtosamosval o‘tib ketishini kutish, undan keyingina harakatni davom etirish mumkin;
    11.5. Atrof-muhit yaxshi ko‘rinmaganida (qattiq tuman, changli bo‘ron, kuchli qor yoki yomg‘ir yog‘ishida) guruh tarkibida ish joyiga borish ( ikki kishidan kam bo‘lmagan), bir ob‘ektdan ikkinchisiga o‘tishda esa bevosita rahbari boshchiligida tashkiliy tartibda o‘tish zarur (usta, mexanik, energetik, brigadir);
    11.6. Turda karьer territoriyasining yorug‘ joylaridan va piyodalar yo‘laklaridan yurish kerak;
    11.7. Karьer territoriyasida lentali konveyyerlar ustidan faqat jihozlangan o‘tish ko‘prigi orqali o‘tish lozim;
    11.8. Kon mashinalari va yordamchi texnika yaqinida turganda, ishlayotgan mashina yoki uning ishchi qismidan kamida 5 metr uzoqlikda bo‘lish (kovsh, yukko‘targich strelasi, avtosamosval kuzovi va h.k.) kerak.
    11.9. Harakatlanish:
    - bulьdozer bilan to‘g‘rilab-tekislangan, nishabligi 20 gradusgacha bo‘lgan maxsus tushish yo‘li bo‘ylab pog‘onadan pog‘onagaga harakatlanish mumkin;
    - portlatilgan konchilik massasi ustidan faqat kon nazoratchi shaxsining ruxsati bilan ( usta, geolog, marksheyder, kon uchastkasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari, mexanik, energetik va h.k);
    - 3 nuqtali tayanch qoidasiga rioya qilgan holda tunnel turidagi va ikki taraflama tutqichga ega bo‘lgan narvonlar (zina) bo‘ylab, bir tutqichli narvon (zina) bo‘ylab harakatlanishda kamida 2ta tayanchli nuqta bo‘lishi kerak.
    12. Ishlarni texnik hujjatlar, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar va konning nazoratchi shaxslarining ko‘rsatmalariga muvofiq qat‘iy ravishda yozma topshiriq, topshiriq (naryad-ruxsatnoma) larga amal qilgan holda bajarish lozim.
    Agarda naryad (naryad-ruxsatnoma) da ko‘rsatilmagan biror ishlarni bajarish zarurati paydo bo‘lsa, bu haqda kon nazoratchi shaxsiga xabar berish kerak.
    12.1. Naryad (naryad-ruxsatnoma) da ko‘rsatilmagan ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish TAQIQLANADI.
    13. Ishchi quyidagilarga majbur:
    13.1. “NKMK ishchilari uchun ichki mehnat tartibi qoidalari” ni bilishi va amal qilishi;
    13.2. O‘zi yoki yonida ishlayotgan odamlarning baxtsiz hodisaga uchrashiga va avariyaga olib keladigan, hamda atrof-muhitga jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan harakat va harakatsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek oqibatsiz tavakkalli va ehtiyotsiz harakatlar qilmaslik kerak.
    13.3.O‘zining ish faoliyatidagi noo‘rin harakati tayyor mahsulot sifatiga, ish, ekologiya va sanoat xavfsizligiga salbiy ta‘sir qilishi mumkinligini tushunishi va ularni amalga oshishiga yo‘l quymasligi lozim.
    13.4. Kon hududida yoki ish joyida (ishdan qaytishda, ishga borishda) spirtli ichimliklar, narkotik, toksik moddalarni iste‘mol qilgan holatda bo‘lmasligi kerak. Agar ushbu bandga rioya qilinmasa, ma‘muriyat O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan ishchiga nisbatdan mehnat va ishlab chiqarish intizomini bir marotaba qo‘pol buzganligi uchun - xayfsan, jarima, ishdan ozod etish kabi intizomiy choralarini ko‘rishga haqli.
    13.5. Muvofiq qoidalar talablariga asosan, agarda ularning bajarayotgan ishlarining turi yoki kasblarining o‘ziga xos xususiyati bilan aniqlangan bo‘lsa, maxsus bilim tekshiruvidan o‘tishi lozim (el.xavfsizligi, kotlonadzor, yukni yukko‘targich krani bilan joyidan jildirish bo‘yicha va h.k.).
    13.6. Avtomobilь va temir yo‘l transporti bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, ushbu transportlarning ishlayotganida e‘tiborli bo‘lish va ushbu transport harakatlanayotgan vaqtida uzatayotgan signallariga qulok tutish (harakatlanayotgan yo‘ldan kamida 5 metr oraliqli xavfsiz bo‘lgan joyga o‘tish);
    13.7. Temir yo‘llardan yurmaslik kerak;
    13.8. Konveyyer liniyalari va qator turgan vagonlar tagidan o‘tmaslik lozim. Konveyyer liniyalarini faqat jihozlangan yo‘lovchilar ko‘prigidan yoxud ulardan yuqorida yoki pastda joylashgan yo‘llardan kesib o‘tish mumkin;
    13.9. Dumpkarlarda, yuk vagonlarida, ochiq vagonlarda va ularning maydonchalari, tomlarida, shuningdek avtosamosval kuzovlari, jihozlanmagan yuk avtotransportlarida yurmaslik lozim;
    13.10. Harakatda bo‘lmagan transportni (har qanday) oldi tarafidan, kabinasidan kamida 5 metrgacha yaqin bo‘lmagan masofada aylanib o‘tish zarur;
    13.11. Kon hududida faqat maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarida chekish mumkin;
    13.12. Bevosita rahbarining ishni xavfsiz tashkil qilish va uskunalardan foydalanish bilan bog‘lik bo‘lgan qonuniy talablarini bajarishi lozim-brigadir va muhandis-texnik xodimlarining (usta, kon ustasi, energetik, mexanik, uchastka boshlig‘i, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xodimlari, yong‘inga qarshi xizmat va h.k);
    13.13. Individual himoya vositalaridan qo‘llanilishi bo‘yicha ishlatish va ularni kondan tashqariga olib chiqmaslik kerak;
    13.14. Texnik nazoratchi shaxslaridan tashqari,ishga aloqasi bo‘lmagan shaxslarni ishlayotgan joyga qo‘ymaslik lozim;
    13.15. Kon hududida o‘rnatilgan xavfsizlik belgilari talablarini bajarishi lozim (yo‘l xavfsizligi, elektr xavfsizligi, radiatsiya xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va h.k);
    13.16. Bevosita rahbariga, jihozlarning ishlashi vaqtida yuzaga kelgan kamchiliklari, texnologik jarayonlarning to‘xtab qolishi, shuningdek, o‘z kuchi bilan bartaraf qilib bo‘lmaydigan xavfsizlik talablari buzilishining barcha kamchiliklari haqida xabar berishi zarur (usta, mexanik, energetik va h.k):
    13.16.1. Ishchi bevosita rahbarini o‘zi yoki u guvoh bo‘lgan boshqa shaxslar bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida xabardor qilishi lozim;
    13.16.2. Ish joyidagi mehnat xavfsizligi bo‘yicha mavjud bo‘lgan kamchiliklar bartaraf qilinmagunicha ishni boshlamasligi lozim.
    13.17.Ishchi quyidagilarni uddalay olishi kerak:
    13.17.1. Yong‘in o‘chog‘ini bartaraf qilish paytida birlamchi yong‘in o‘chiruvchi vositalaridan (o‘t o‘chirgich, ichki yong‘in jo‘mraklari va h.k) foydalanishni;
    - konda o‘rnatilgan tartibda yong‘in to‘g‘risida xabar berish;
    - yong‘in muhofazasini aloqa vositalari yordamida chaqirish;
    13.17.2. 1000 Volьt va undan yuqori kuchlanishli elektr toki ta‘siridan jabrlanuvchini ozod etish. Elektr toki ta‘siriga tushgan kishini qutqarish vaqtida harakatning quyidagi ketma-ketligi tartibiga amal qilish kerak.
    Elektr energiyasining jabrlanuvchiga o‘tishini kommutatsion apparatlari orqali o‘chirish (o‘chirgich, ayiruvchi, avtomatik o‘chirgich, rubilьnik). Bunday paytda dielektrik himoya vositalaridan foydalanish kerak (dielektrik qo‘lqop,bota va h.k). Agarda qandaydir sabablarga ko‘ra bu narsani amalga oshirib bo‘lmasa, unda 1000V gacha kuchlanishli tarmog‘ida qo‘l ostidagi tok o‘tkazmaydigan narsalardan foydalanib (daraxtning qurigan shoxi, quruq latta, kiyimning chetlari va h.k) jabrlanganni chetga olib o‘tish kerak. Jabrlanganni el.toki kuchidan ozod qilgandan keyin, unga qanday jarohat olganidan qat‘iy nazar “Baxtsiz hodisadan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma (V-1)”siga muvofiq ravishda shifokor kelguniga qadar tibbiy yordam ko‘rsatish.
    13.17.3. Kon rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan tartibga asosan (jarohat olganda) mavjud aloqa turlaridan foydalangan holda tibbiy yordam chaqirish.
    14.Ishchi quyidagi xuquqlarga ega:
    14.1. Talab qilishga:
    14.1.1. Ma‘muriyatdan o‘zining ish joyidagi ishlab chiqarishning zararli omillari (xavf-xatar, ekologik aspekt) to‘g‘risida ma‘lumotni talab qilish;
    14.1.2. Topshiriqni bajarish uchun ish joyda xavfsizlik talablari yetarliligiga shubhalanganida, bevosita rahbaridan tushuntirib berishini;
    14.1.3. O‘zida kasbiy kasallik borligiga shubha tug‘ilganida, qo‘shimcha tibbiy ko‘rikni o‘tkazishini;
    14.1.4. Bahsli masalani hal qilishda uning qonuniy huquqlari poymol qilinganida, sudga murojaat qilishini;
    14.2. Agarda ishni davom ettirish o‘zining, hamda yonida ishlayotganlarning hayoti va sog‘ligiga xavf solganda yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lganida ishni to‘xtatishini;
    14.3. Rahbarining farmoyishlarini bajarmaslikni, agarda bu mehnat muhofazasi yo‘riqnomalarining talablarini buzilishiga olib kelsa yoki ishchining hayotiga xavf tug‘dirsa;
    14.4. Mehnat muhofazasini tashkil qilish va salomatlikni himoya qilish borasidagi maqsad va vazifalari siyosatini ishlab chiqarishida ishtirok etishini;
    14.5. O‘zining vakillari orqali (kasaba uyushmasi raisi, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakolatli shaxs) kon ma‘muriyati jamoa shartnomasining salomatlikni saqlash va mehnat xavfsizligini tashkil etish borasidagi talablarini nazorat qilishini;
    14.6. Zararli mehnat sharoitlarida ishlayotganida, mehnat qonunchiligida belgilangan qo‘shimcha imtiyoz olishini.
    15. Portlatish ishlarini olib borishdagi xavfsizlik.
    Portlatish ishlarni olib borishda quyidagilar o‘rnatiladi:
    -Taqiqlangan zona - quduqlarini zaryadlantirish vaqtida va zaryadlangan blokning eng chetdagi qudug‘idan 20 metr masofada qo‘riqlanadi va qizil rangdagi bayroq bilan belgilanadi. U HM (harbiylashtirilgan qo‘riqlash) postlari yoki portlatish uchastkasi ishchilari tomonidan kechayu-kunduz uzluksiz qo‘riqlanadi;
    -Xavfli zona – ommaviy portlatish vaqtida portlatish bloklaridan odamlar uchun 600 metrdan va kon texnikasi uchun 150 metrdan kam bo‘lmagan oraliq masofani bildiradi. Ogohlantirish signali berilganidan so‘ngodamlar uchun xavfli bo‘lgan zona chegaralarida qo‘riqlash postlari qo‘yiladi (qizil bayroqli yo‘riqlantirilgan ishchilar);
    15.1 Portlatish ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan kon ishchilariga taqiqlangan va xavfli zonalarga kirish man etiladi.
    Portlatishlar har haftada kon rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Portlash ishlari olib boriladigan kuni, kon ichida ishlayotgan ishchilar bevosita rahbari tomonidan portlatish vaqti to‘g‘risida, yozma topshiriq berish jurnalida imzolarini qo‘yish orqali ogohlantiriladi. Bundan tashqari, portlash ishlari kuni va vaqti to‘g‘risidagi ma‘lumot ishchilarga konning yoqalari bo‘ylab e‘lonlarini o‘rnatish orqali yetkaziladi.
    15.2 Portlash ishlarida beriladigan signallar:
    Konning barcha ishchilari kon yoqalariga o‘rnatilgan ommaviy portlatish ishlarida sirenalar yordamida beriladigan signallarni bilishi va tushunishi kerak.
    Ogohlantiruvchi signal:
    -bitta uzluksiz gudok, bu signaldan keyin xavfli zonadan bevosita rahbar ko‘rsatgan xavfsiz joyga chiqishi kerak.
    Jangovor signal:
    -ikkita uzluksiz gudok, ketma-ket keladigan-bu signaldan so‘ng portlatish ishlari boshlanadi.
    Tamom-portlatish ishlari tugallanishi.
    -uchta qisqa qo‘ng‘iroq, tovushi yuqorilagunicha ketma-ket keladigan sirena tovushi. Bu signal berilganidan so‘ng bevosita rahbari ko‘rsatmasi bilan o‘z ish joyiga qaytishi mumkin.
    15.3. Kon hududida portlamay qolgan portlovchi materiallarni aniqlagan ishchi quyidagilarga majbur:
    -bu to‘g‘risida zudlik bilan har qanday aloqa vositalari orqali bevosita rahbariga (kon ustasi, geolog, marksheyder, energetik va h.k), u bo‘lmagan taqdirda smena boshlig‘iga xabar berishi zarur;
    -portlovchi materiallarini bevosita rahbari yoki portlatish uchastkasining ma‘sul shaxsi (usta, boshliq va h.k) yetib kelgunicha saqlanishini ta‘minlashi shart (qo‘riqchi qo‘yish, uzluksiz kuzatishni tashkil qilish).
    Aniqlangan portlovchi materiallari o‘g‘irlangan taqdirda ishchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga asosan javobgardir (o‘g‘irlik oqibatida sodir bo‘lgan og‘irlik natijasiga ko‘ra 5 yildan va undan yuqori muddatlarga ozodlikdan mahrum qilinadi).
    15.4. Mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomasi talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan ishchi (hamda ushbu yo‘riqnomani ham) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga asosan intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
    16. Ish boshlanishdan oldingi xavfsizlik talablari:
    16.1. Ishni bajarishni boshlashdan oldin ishchi quyidagi xavfsizlik talablariga amal qilishi lozim:
    16.2. «Smenadan oldingi va keyingi tibbiy ko'rikdan o'tadigan kasblar ro'yxati» ga kiradigan kasblar smenadan oldingi tibbiy ko'rikdan “Muruntog'” konining sog'lomlashtirish punktida o'tishi shart.
    16.3. Maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimni va ushbu ish turi uchun belgilangan boshqa individual himoya vositalarini kiyishi kerak;
    16.4. Bevosita ish rahbaridan ( usta, el.mexanik, mexanik, muhandis-energetik va h.k) ishni xavfsiz bajarish bo‘yicha yozma topshiriq, topshiriq olishi kerak. U bo‘lmagan taqdirda, undan mansabi yuqori bo‘lgan, shu uchastkaning yozma topshiriq,topshiriq berishiga haqqi bor muhandis-texnik (bo‘linma) xodimi tomonidan yozma topshiriq, topshiriq beriladi.
    16.5. Yozma topshiriqni, topshiriqni va muvofiq mehnat xavfsizligi bo‘yicha yo‘l – yo‘riq olishdan o‘tkanligi to‘g‘risida, ishlarni xavfsiz olib borishni tartibga solib boruvchi hujjatda (yozma topshiriq, topshiriq berish jurnalida, naryad-ruxsatnoma, texnologik karta, ekskavator bilan qazish ishlari olib borilayotgan joy pasporti va h.k.) imzosini qo‘yish orqali tasdiqlashi lozim;
    16.6. Quyidagilarni tekshirib ko‘rishi zarur:
    16.6.1. O‘zida ish uchun zarur bo‘lgan guvohnomalarining borligini;
    16.6.2. Asbob-uskuna, himoya to‘siqlari, ehtiyot saqlovchi va xavfsizlikning blokirovkali qurilmalari ishlayotganini;
    16.6.3. Yerga ulash qurilmasining ishonchliligini tekshirish;
    16.6.4. Yong‘inga qarshi inventarlarning mavjudligi va uni olishning qulay yoki noqulayligini;
    16.7. Ishni xavfsiz bajarishga ta‘sir qiluvchi omillarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish;
    16.8. Zarur holatlarda mahalliy chiroqlarni yoqish va shamollatish qurilmasining sozligini tekshirish.
    17. Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari.
    Ishchining majburiyatlari:
    17.1. Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarda va ishni tartibga solib boruvchi hujjatlarda (pasportlar, texnologik kartalar, ishlarni tashkil etish loyihalari va hokazolar), shuningdek, uskunalardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalarda anik ko‘rsatib o‘tilgan, yozma topshiriq bilan buyurilgan xavfsizlik talablariga rioya qilish kerak;
    17.2 Ish vaqtida o‘zi bilan birga, ishi uchun zarur bo‘lgan guvohnomalarini olib yurgan bo‘lishi kerak (ishga qo‘yilishi huquqi, elektr xavfsizligi bo‘yicha va h.k).
    17.3. Urib ishlatiluvchi asboblar bilan ishlashda himoya ko‘zoynagini qo‘llash lozim.
    17.4. Quyidagi holatlarda ishlamaslik kerak:
    17.4.1. Mashina va mexanizimlarning xarakatlanayotgan va aylanayotgan qismlarning to‘siqlari, mexanizmda zavod konstruktsiyasi yoki rahbariyatining texnik qarori bilan nazarda tutilgan blokirovka va himoya qurilmalari yechib olib qo‘yilgan va nosoz bo‘lgan hollarda;
    17.4.2.Ish joyida yetarlicha yorug‘lik bo‘lmaganida;
    17.4.3 Elektr jihozlarining ochiq tok o‘tkazgich qismlariga ish vaqtida to‘satdan tegib ketishi mumkin bo‘lgan holatlarda;
    17.4.4. Asbob-uskunalar nosoz bo‘lganida;
    17.5. Ish joyini toza va tartibli saqlash kerak;
    17.6. E‘tiborli bo‘lish, ishlarni bajarishda o‘zi va atrofda ish bilan band bo‘lgan boshqa shaxslarni chalg‘itmaslik lozim;
    17.7.O‘zini yomon his qilgan holatda:
    17.7.1.Ishni to‘xtatib, imkon qadar ish joyni xavfsiz holatga keltirish kerak;
    17.7.2.Bevosita rahbariga o‘zini yomon his qilayotganligi to‘g‘risida xabar berish zarur;
    17.7.3.Konning tibbiyot punktiga tibbiy yordam ko‘rsatishlari uchun murojaat qilish lozim.
    17.8. Ishlovchilarning tik va o‘ta qiya narvonlar (traplar) bo‘ylab harakatlanishida quyidagi talablarga amal qilishlari lozim:
    17.8.1. “Uch nuqta” qoidasiga rioya qilish: ikki qo‘l va oyoqga (oyoqlar), ikkala oyoq va qo‘l (qo‘llar) ga tayanish;
    17.8.2. Qo‘lda asbob-uskunalar, detallar, tayyorlangan qismlar, materiallarni tashib olib yurishga TA‘QIQLANADI. Bunday paytda ishchining harakatlanishiga halakit bermaydigan, yelkaga osib olish uchun qulay kamarli yoki tasmali sumka, sumkacha, ranets, konteynerlardan foydalanish kerak. Bunday narsalarning yo‘qligida arqon orqali xavfsiz idishda narsalarni chiqarish va tushirish lozim.
    17.8.3. Qiya o‘rnatilgan (60 gradus va katta) narvonlar (traplar) bo‘ylab yonbosh yoki zinalariga qaragan holda tushish, ulardan hatlab o‘tmay, bir qo‘l bilan tutqichidan ushlab va suyanib harakatlanish. Zinalardan sakrash TA‘QIQLANADI.
    17.8.4. Narvonlar bo‘ylab harakatlanishda (ayniqsa tik bo‘lgan), qo‘lning sirpanib ketmasligi uchun ho‘l yoki moyli materiallar bilan ifloslangan rezina qo‘lkoplardan yoxud KShch turidagi qo‘lqoplardan foydalanmaslik kerak.
    17.8.5. Poli va maydonlari moy bilan ifloslangan binolardagi, ob‘ektlardagi, jihozlar yoki mexanizmlardagi tik narvonlarga borish yo‘lkalariga smena davomida qum sepib turish zarur yoki narvonga chiqish yoki tushishda poyafzali tagini tozalash uchun boshqa choralarning qo‘llanilishi lozim.
    17.8.6. Narvonga chiqishdan oldin botinka (etik) tagini yopishib qolgan kir yoki loydan tozalash kerak.
    17.8.7. Balandligi 2,5 metrgacha yoysimon to‘siq bilan to‘silmagan tik narvonlar (traplar) bo‘ylab harakatlanishga TA‘QIQLANADI. Maxsus kon mashinalari, mexanizmlari, kon avtosamosvallari va boshqalarga loyiha yoki pasportlariga muvofiq yasalgan va o‘rnatilgan narvonlar bo‘lsa, u holda istisno etiladi.
    17.8.8. Qurilmalar, devorlar yoki uskunalarga mustahkam o‘rnatilmagan narvonlar (traplar) bo‘ylab harakatlanish TA‘QIQLANADI. Narvon va uning elementlarini mustahkamlash uchun simli buragichlarni va boshqa qo‘l ostidagi narsalarni qo‘llash TA‘QIQLANADI.

    17.8.9. Zinalari nuqsonli yoki zinalari tushib qolgan narvonlar (traplar) bo‘ylab harakatlanishga TA‘QIQLANADI.


    17.8.10. Qish vaqtida narvonlar, oyoq osti tagligi, suyanchiqlar yoki tutqichlarni tez-tez muz va qordan tozalab turish kerak. Ishchi bunday vaqtda himoya kaskasidan, ehtiyot saqlovchi kamaridan va toyib ketmaydigan materialli qo‘lqopdan foydalanishi lozim.
    17.8.11. Moyli qo‘llar bilan tutqichga tortilish, narvon konstruktsiyasi elementlaridan ushlash TA‘QIQLANADI. Bunday paytda ishchi toymaydigan qalin materialli qo‘lqop yoki besh barmoqli qo‘lqopdan foydalanishi kerak.
    17.8.12. Tikka yoki o‘ta qiya holatda o‘rnatilib, tez-tez foydalaniladigan narvonlarning (traplar) o‘rnatilish joyi yorug‘lantirish me‘yorlariga muvofiq ravishda yoritilishi zarur.
    17.8.13. O‘zi yurar transport vositalarining yoki tashuvchi mashinalar, mexanizmlar, agregatlarining harakatlanishi paytida, ularning narvonlarida, oyoq osti tagligida, zinasida va traplarida yurish TA‘QIQLANADI.
    17.8.14. Tik va o‘ta qiya narvonlari (traplari) bo‘ylab bir vaqtning o‘zida faqat bir ishchi harakatlanishi mumkin. Bunday vaqtda bevosita narvon tagida bo‘lish yoki uning ustida narsa qoldirish TA‘QIQLANADI.
    17.8.15. Narvon bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan yoki tushayotgan ishchining e‘tiborini har hil yo‘llar bilan qaratishi yoki chaqirish TA‘QIQLANADI.
    17.8.16. Narvonlarning asosi ostki maydonchalarini va ulardan chiqish joyini narsa va axlat bilan to‘sib qo‘yishga TA‘QIQLANADI.
    18. Avariya vaziyatlarida xavfsizlik talablari:
    Avariya holati yuz berganda ishchi quyidagilarga majbur:
    18.1. Ishni to‘xtatish.
    18.2. Yonida ishlab turgan ishchilarni sodir bo‘lgan vaziyat to‘g‘risida ogohlantirish.
    18.3 Yuz bergan avariya yoki vujudga kelayotgan avariya holati to‘g‘risida (zudlik bilan) bevosita rahbariga (usta, mexanik, energetik va h.k.) xabar berish. Ularning yo‘qligida, ulardan yuqori turuvchi rahbarga (uchastka boshlig‘i, kon smena boshlig‘i) ga xabar berish lozim.
    18.5. Bevosita rahbarining ruxsati bilan (agarda hayoti va sog‘ligiga xavf solmasa) mehnat muhofazasi va jihozlarni ishlatish yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda avariyani bartaraf qilishga kirishish zarur.
    18.6.Odamlar bilan baxtsiz hodisa sodir bo‘lganida:
    18.6.1. Ularga vrach kelgunicha yordam ko‘rsatish:
    18.6.2. Baxtsiz hodisa to‘g‘risida, har qanday aloqa vositalari orqali konda qabul qilingan ogoh qiluvchi sxemaga binoan bevosita rahbariga kon smena boshlig‘i, kon tibbiyot punktiga xabar berish.
    18.6.3. Agarda ishchilar hayotiga xavf solmasa, baxtsiz hodisa yuz bergan holatni iloji boricha saqlab qolish.
    19. Ish tugagandan keyingi xavfsizlik talablari.
    Ish tugaganidan keyin ishchi quyidagilarni bajarishi zarur:
    19.1. Ish joyni tartibga keltirish;
    19.2. Ishchi jihozlarini o‘chirish;
    19.3. Jihozlarni va ish asboblarini chang va kirdan tozalash;
    19.4. Belgilangan joyga (bo‘linma rahbari tomonidan) asbob, moslama, ishlov berilgan va ishlov berilmagan detallarini yig‘ishtirib olib borib qo‘yish;
    19.5. Smena tugallanishida, mehnat muhofazasi bo‘yicha aniqlangan va bartaraf etilmagan kamchiliklar to‘g‘risida bevosita rahbariga, u bo‘lmaganda yuqori turuvchi rahbarga xabar berishi;
    19.6. Bo‘linma rahbari o‘rnatgan tartibda, bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot tayyorlashi.
    19.7. Kiyim yechish joyida maxsus kiyim va boshqa individual himoya vositalarini yechib, ularni shkafga olib qo‘yishi, zarur bo‘lganda dush qabul qilishi;
    19.8. Agarda maxsus kiyimni yuvish yoki tuzatish lozim bo‘lsa, bo‘linma rahbari tomonidan o‘rnatilgan tartibda uni tuzatish uchun topshirish;
    19.9. «Smenadan oldingi va keyingi tibbiy ko'rikdan o'tadigan kasblar ro'yxati» ga kiradigan kasblar smenadan keyingi tibbiy ko'rikdan “Muruntog'” konining sog'lomlashtirish punktida o'tishi shart.
    19.10. Avtobusga o‘tqazish vaqtida tiqilinch, bexosdan yiqilishning oldini oluvchi xavfsizlik choralariga rioya qilishi lozim, harakatlanayotgan avtobusga chiqmasligi kerak.
    19.11 Avtobus harakatlanayotgan vaqtda:
    19.11.1. Jamoat joyida odob-ahloq qoidalariga rioya qilish lozim.
    19.11.2. Haydovchini betayin gaplar bilan chalg‘itmaslik kerak.
    19.11.3. Avtobus bo‘yicha bosh bo‘lgan shaxsning ko‘rsatmalarini bajarish.
    19.12. Avtobus shaharga yetib kelganidan keyin, yo‘lovchilarni o‘tqazish va tushirishga mo‘ljallangan joylarida (to‘xtash bekatlarida), avtobus to‘liq to‘xtaganidan keyin tushish.
    19.13. Piyoda uyga ketishda (ishga borishda) tasodifiy jarohat olishga olib keladigan vaziyatlardan o‘zini chetga olish lozim.
    Ishlab chiqdi:
    MM va XT gruhi

    NKMK tarjimonlar byurosi


    tomonidan retsenziyalangan:



    Download 349.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 349.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Инструкция по охране труда для рабочих всех профессий рудника «Мурунтау» 2П-1 Зарафшон

    Download 349.5 Kb.