1
MAVZU: BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI
METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOSI
PEDAGOGIK ZARURAT SIFATIDA.
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….....2
I BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI
METODIK
TAYYORGARLIGINI
SHAKLLANTIRISH
VA
TAKOMILLASHTIRISH……………………………………………………...…4
1.1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
metodik tayyorgarligini
takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati………………………….....4
1.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kommpetentlikni rivojlantirishning
pedagogik imkoniyatlari…………………………………………………………..13
II BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KASBIY
TAYYORLASH VA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI…………....17
2.1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga metodik
tayyorlashni takomillashtirish.………………………………………………….....17
2.2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik
jihatlari…………………………………………………………………………….28
2.3. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda zarur pedagogik
yoki yangi ped texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati……………………….……32
XULOSA…………………………………………………………………………34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………...35
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Oliy taʼlim tizimini takomillashtirish, taʼlim sifatini
yaxshilashni taʼminlashda moddiy omillar bilan bir qatorda, talabalarning metodik
tayyorgarligini rivojlantirish darajasi, salohiyati ham muhim ahamiyatga kasb etadi.
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish
boʼyicha tegishli yondashuvlarni aniqlash maqsadida talabalarga taʼlim
tarbiya
berishda bir nechta dasturlarni tahlil qilib, shular asosida xozirgi kunga qadar olib
borilayotgan metodik faoliyatlarga alohida eʼtibor qaratamiz.
Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisi boshlangʼich taʼlim oʼquvchilarining
intellektual fikrlay olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, oʼzini-oʼzi anglash
salohiyatini shakllantirishi, moddiy borliq goʼzalliklarini his eta olishga oʼrgatishi,
boshqalar fikrlarini tushunishini, shaxsiy fikrlarini ogʼzaki va yozma bayon eta olish
hislatlarini shakllantirishga erishishi lozim. “Taʼlim va
fan sohasini rivojlantirish
davlat siyosati maʼno-mazmuni va uning dolzarbligidan kelib chiqib, unga
quyidagicha izoh keltirish mumkin: birinchidan, yangi taʼlim tizimi, barkamol avlod
kadrlarni tayyorlashdagi oʼzgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb
sohalarining paydo boʼlgani hamda uning
mamlakatimiz sharoiti bilan
bogʼliqligidir; ikkinchidan, taʼlim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
natijasida muayyan davrdan boshlab inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga
aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi;
uchinchidan,
taʼlim inson shaxsining intellektual-maʼnaviy qirralarini shakllantirish, uning
jamiyat ishlab chiqarish va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, maʼrifiy
hayotida faol va
muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlashga qaratilgan harakatlar yigʼindisi boʼlib,
maʼrifat hamda bilim berishni anglatadi; toʼrtinchidan, fan jamiyatining ijtimoiy
institutlaridan biri boʼlib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong
shaklidir.
U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, maʼnaviy
barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga
xizmat qiladi” [3].
3
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi “Matematika taʼlimi va fanlarni yanada
rivojlantirishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash,
shuningdek, Oʼzbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika
instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-4387-
son qarori[2], 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari toʼgʼrisida” PF-4708-sonli
Farmoni[4], 2019 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida” PF-5712-son
Farmoni [1] hamda dissertatsiya mavzusiga tegishli boshqa meʼyoriy- huquqiy
hujjatlar ushbu dissertatsiya ishining nazariy asoslalari hisoblanadi.