• I.BOB: RAQOBATCHILIK STRATEGIYASINING NAZARIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI MOHIYATI:…………………………………5
  • II. BOB: KORXONALARDA RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSIY YO’NALISHLARI:……………………………………………………………...20
  • Muhandislik texnologiyalari




    Download 380.56 Kb.
    bet1/16
    Sana10.01.2024
    Hajmi380.56 Kb.
    #134286
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI
    1 kurs CHQBT, 13223 2 4333E69282C2CC282D354F6AD8EC2C31CA42BCFA, A. Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti, Germaniyada intellektual mulkni himoya qilish tizimi va xususiyatlari, PARFIYA

    O’ZBEKISTON RESPUBIKASI
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
    “MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
    “SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI
    “MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
    KURS ISHI
    Mavzu: RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI

    Bajardi: 146-21 “K.B” Narimonova N. Abdushukur qizi


    Kurs ishi rahbari: Xashimova S.N
    Topshirgan sanasi: ___
    Himoya qilgan sanasi: ____
    Baho:

    TOSHKENT-2022



    Mundarija:
    KIRISH……………………………………………………....3
    I.BOB: RAQOBATCHILIK STRATEGIYASINING NAZARIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASI MOHIYATI:…………………………………5
    1.1 Raqobat tushunchasi va korxonalar taktikasi………………………..5
    1.2 Raqobat strategiyasining darajalari va korxonalar taktik maqsadlari.10
    1.3 Raqobatli bozor samaradorligi va taktik rejalashtrishning ro’li va o’rni……………………………………………………………………………….15
    II. BOB: KORXONALARDA RAQOBATCHILIK STRATEGIYASI VA KORXONALAR TAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSIY YO’NALISHLARI:……………………………………………………………...20
    2.1 O’zbekistonda raqobat muhitining vujudga kelishi………………….20
    2.2 Milliy iqtisodiyotda raqobat muhitini shaklantirishning institutsional asoslar……………………………………………………………………………..22
    2.3 Raqobatni rivojlantirishning zamonaviy tendensiylari va taktik rejalarni amalga oshirish………………………………………………………….27
    XULOSA………………………………………………………………………….32 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR…………………………………………….34
    KIRISH
    O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o’ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
    Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta‘minlash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
    Xususan, Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish qat’iy belgilab qo’yildi. Ushbu majmuani tayyorlashda ma‘ruza va seminar mashgulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda, fanning predmeti va asosiy vazifalari, fanni Namangan davlat universitetida o’qitish xususiyatlari e‘tiborga olingan, hamda mualliflarning o’quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan foydalanilgan.
    «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» iqtisodiy fan bo’lishi bilan birga amaliy iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o’rganadi, milliy iqtisodiyot rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu fanni o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
    Talabalarning «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari » fanini dastur doirasida yetarli saviya va darajada o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy interfaol usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda, fan bo’yicha bilim berishda va o’qitishda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari tahliliy materiallari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan statistik va tahliliy to’plamlar materiallari ishlatiladi

    Download 380.56 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 380.56 Kb.