|
Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M
|
bet | 1/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari
Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati
Mazmuni - Shunga binoan, mazkur o‘quv fanida ozi-ovqatlarining umumlashgan tavsiflari va mahsulotlarning asosiy tekshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Sifatning va assortimentning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni shakllantirish omillari va saqlash masalalari maxsus bo‘limlarida ko‘rib chiqiladi. Shu sababli “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati” fanining maqsadi - talabalarda fundamental oziq-ovqat mahsulotlari xaqida bilimlarini va ko‘nikmalarini shakllantirish hisoblanib, bu oziq-ovqat tovarlarining alohida guruhlari bo‘yicha bilimlarni egallashlarini osonlashtiradi.
Bu maqsadlarga erishish uchun o‘quv fanini o‘rganish jarayonida quyidagi vazifalarni xal qilish talab etiladi:
bu fanning strukturasini ko‘rib chiqish;
mahsulotlarning eng keng tarqalgan turlarini guruhlash va aniqlash;
mahsulotning asosiy ko‘rsatkichlarini, shuningdek, fizikaviy, fizik- kimyoviy tavsiflash va o‘rnatish;
mahsulotning asosiy ko‘rsatkichlarini, shakllanishi va saqlanish omillarini ko‘rib chiqish xamda boshqalar.
Shunday qilib, bu o‘quv fanining maqsadi va vazifalari oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazoratining maxsus bo‘limlarida ko‘rib chiqiladigan masalalarga mos kelsada, lekin umumlashgan xarakterga ega ekanligi bilan farq qiladi. Bu fan bo‘yicha egallangan bilimlar - tovarshunoslarga, marketologlarga, menejerlarga, iqtisodchilarga, buxgalterlarga, texnologlarga mustaqil ravishda tovarlarni tavsiflay bilish imkoniyatini beradi.
Ma’lumki, har qanday fan va o‘quv dasturi unda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar va atamalarga ta’rif berish bilan boshlanadi. Bu o‘quv fanida ana shunday tushunchalarga “Mahsulot”, “Tovar”, kabi atamalarni kiritish mumkin.
Mahsulotlarning umumiy tuzilishi
Mahsulot - iste’molchilarning real va potensial ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan moddiy yoki nomoddiy faoliyat natijasidir.
Shundan kelib chiqib, mahsulot uchun o‘ziga xos ikki xususiyat xarakterlidir:
u ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak;
u kimningdir ehtiyojini qondirishi talab etiladi.
Bunda mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni keng ma’noda tushunmoq kerak. Bu nafaqat inson faoliyati, bal’ki biologik ob’ektlarning faoliyati xam bo‘lishi mumkin.
|
| |