1 bob. Buxg alteriya h iso b I n a z a r iy a si fa- n in in g a h a m iy a t I, pr e d m e t I, m eto d I va




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana22.05.2024
Hajmi0,98 Mb.
#250229
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-мавзу -7-46 бетлар

1.5. Buxgalteriya hisobi metodining
asosiy usullari
Buxgalteriya hisobiga qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat:
Hisobning sodda va tushunarli b o lish i. Sodda va hamma uc­
hun tushunarli hisobni tashkil etishdan asosiy maqsad, uning mu- 
rakkablashuviga yo‘l qo‘ymaslik ham da hisob m a’lumotlaridan 
keng xalq ommasi foydalana olishini ta ’minlashdan iborat.
Hisobning rejaliligi. Bu talab yuqorida aytib o ‘tilgan sodda- 
lik talabi bilan chambarchas bog'liqdir. Hisobda albatta zaruriy 
m a’lumot va k o ‘rsatkichlarga ega b o lg a n holda, hisob yuritish 
xarajatlarini iloji boricha kamaytirib borish lozim.
Hisobning aniq va to ‘g ‘riligi. Bu talab negizida x o ‘jalik faoli- 
yatlarida olingan m a’lumotlami hujjatlarda aniq va to ‘g ‘ri qayd 
etish yotadi. Har xil maqsadlarda yoki e ’tiborsizlik qilib xo‘jalik 
hisobini noaniq hamda noto‘g ‘ri aks ettirish qonunbuzarlik hisob- 
lanadi.
Hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, y a’ni hisob ishlar- 
iga taalluqli qanday hodisa sodir b o ‘lgan bo‘lsa, albatta o 'z vaqtida 
aks ettirmoq, hujjatlarda qayd qilmoq zarur b o ‘ladi. Bu talab to “liq 
bajarilganda xo ‘jalik faoliyati ustidan boshqaruv olib borish yax- 
shi yo‘lga qo‘yiladi, ro ‘y bergan yoki ro ‘y berishi mumkin b o lg a n
kamchiliklar o ‘z vaqtida y o ‘qotiladi.
Hisob k o ‘rsatkichlari bilan reja k o ‘rsatkichlarining birligi. 
Korxona, muassasa, tashkilotlar qaysi mulkchilik shakli asosida
41


faoliyat olib borishidan qat’iy nazar o ‘z oldiga joriy va kelgusi re­
ja ko‘rsatkichlarini tuzib oladi. Butun xo‘jalik va ularning tarmo- 
qlari b o ‘yicha ham da mamlakat m iqyosida reja k o ‘rsatkichlari bel- 
gilab olinadi. Xuddi shu k o ‘rsatkichlar bilan hisob ko'rsatkichlari 
birligi (shu bilan birga ijobiy farqlar) katta ahamiyat kasb etadi. Hi­
sob ishlab chiqarishning borishi, savdo, ta ’minot, qishloq xo‘jaligi, 
qurilish, maishiy xizmat, transport va hokazolar faoliyati qay da- 
rajadaligi haqida m a’lumot beradi, reja bajarilishi ustidan nazorat 
o ‘m atib, tahlil qilish imkonini yaratadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish 
ichki va tashqi omillarini topish imkoniyatini yaratadi.
XXI asming boshlanishi 0 ‘zbekiston Respublikasi hisob 
tizimining qayta qurish davriga to 'g ‘ri keldi Sekin-asta buxgal­
teriya hisobi tizimida xalqaro standartlar asosida huquqiy hujjatlar 
yaratila boshlandi. Bular jum lasiga 1996-yil 30-avgustda qabul 
qilingan «Buxgalteriya hisobi to ^ risid a w g i (2016-yil 16-aprel- 
da yangi tahriri) Qonuni, 1995- yilning 1-yanvaridan amalivotga 
joriy qilingan «M ahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish v au n i sotish 
bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar 
tarkibi va moliyaviy natijalarnmg shakllanish tartibi to ‘g ‘risida»gi 
Nizoin va Buxgalteriya hisobining milliy standartlari ishlab chiqil- 
ishi kabilar kiradi.
Bunday huquqiy va m e’yoriy hujjatlarning yaratilishi hamda 
ishlab chiqilishi respublikamizda hisob siyosatini olib borish uc­
hun asos b o ia d i. Respublikamizda hisob siyosatini olib borishdan 
asosiy maqsad - jahon amaliyoti va bozor munosabatlari talablari- 
ga mos keluvchi ham da xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hi­
sobi tizimining rivojlantirish konsepsiyasini yaratishdir.
Yaratilgan konsepsiya davlatda buxgalteriya hisobi tizimini 
qayta qurish uchun asos hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodivo- 
tining hozirgi holatida ushbu konsepsiyani yaratish quyidagi ishlar 
bajarish bilan bevosita bogiiqdir:
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar iqtisodiyotimizda faoliyat 
k o isatayotgan x o ‘jalik yurituvchi subyektlarda amaldagi buxgal-
42


teriya hisobi huquqiy va m e’yoriy hujjatlariga bir xil kuchda amal 
qilishini ta ’minlash;
amaldagi huquqiy va m e’yoriy hujjatlami hududiy, mahalliy 
sharoitlar, an ’anaviy va tarixiy tajriba ham da zamonaviy usul va 
xalqaro standartlar asosida sekin-asta takomillashtirib borish;
buxgalteriya hisobi xizmati tannarxini pasaytirish bilan uning 
m a’lumotlari sifatini yaxshilash asosida ichki va tashqi foydalanu- 
vchilaming manfaatlarini esdan chiqarmagan holda hisob ishlarini 
tashkil qilish;
mulkdor yoki korxona rahbari talablari va davlatda umumqa- 
bul qilingan tartib-qoidalar asosida korxona xususiyatlariga mos 
keluvchi hisobning usul va uslubiyotini yaratish;
korxona hisob siyosatini yuritish va undan kelib chiqqan holda 
usullarni q o lla sh d a erkinlik berish;
m e’yoriy hujjatlami tayyorlash va ishlab chiqishda fanning riv- 
ojlanish tarixi, an’anaviy, zamonaviy xalqaro usullari ham da us- 
lubiyotidan foydalangan holda uning mazmuni hamda m antig‘iga 
alohida e ’tibor berish;
buxgalteriya hisobi hamda uning turlariga taalluqli bo‘lgan 
xo‘jalik jarayonlarini yoritish va asoslashda nazariy, ilmiy asoslan- 
gan so‘z ham da atamalardan foydalanish, y a ’ni o ‘zboshimchalik 
bilan asossiz so ‘z hamda atamalami q o ‘llashga chek q o ‘yish;
- fan-texnika yutuqlari, xorijiy tajribalar, tarixiy, milliy va 
hududiy urf-odatlar asosida mutaxassislami tayyorlashga alohida 
e ’tibor qaratish.
Keltirilgan ishlarni bajarish bilan buxgalteriya hisobining 
uzoq muddatga m o‘ljallangan konsepsiyasini yaratish hamda bo- 
zor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh tizim sifatida faoliyat 
k o ‘rsatishi uchun zamin yaratiladi.
Buxgalteriya hisobi fani o ‘z predmetini o ‘rganish uchun albat- 
ta qandaydir usullardan foydalanadi. Buxgalteriya hisobi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlaming x o ‘jalik m ab lag lari, ulaming tashkil 
topish manbalari hamda x o ‘jalik jarayoni natijasida o ‘zgarishini
43


hujjatlarda, yagona pul ko‘rinishida, y a ’ni baholash yordamida, 
schyotlarda ikki yoqlama yozuvdan foydalanib aks ettiradi. Hisob 
to ‘g‘ri yurgizilayotganini inventarizatsiya yordamida aniqlab, tek- 
shirilgan m a’lumotlar asosida esa kerakli kalkulatsiya olib boriladi, 
balans va hisobotning boshqa shakllari tuziladi.
Buxgalteriya hisobining uslubi buxgalteriya hisobining pred- 
meti haqida ishonchli ko‘rsatkichlar olishni ta’minlaydi. Bu 
k o lsatk ich lar ikki guruhga bo‘linadi: korxona m ablaglarining haj- 
mi, tarkibi, joylashishi va foydalanishi, ikkinchisi esa m ab lag lar 
manbai va ulaming maqsadli m o ljalid ir. K o‘rsatkichlar gu­
ruhi o ‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, ulam ing har ikkisi ham korxona 
m ablag‘ini aks ettiradi. Shuning uchun ham k o lsatk ich lam in g ik­
ki guruhi ham (pul k o ‘rinishida) o ‘zaro teng b o lish i lozim (balans- 
li umumlashuv).
Balansda umumlashuvga ega b o lis h m aqsadida schyotning 
quyidagi usullari qollaniladi: xo‘jalik m ablaglarini baholash va 
kalkulatsiya; buxgalteriya hisobi schyotlarining tizimi va xo'jalik 
jarayonlarini schyotlarda ikki yoqlama yozuv usulida aks ettirish; 
hisob registrlar m alum otlarini umumlashtirish. Buxgalteriya hiso­
bi usulining elementlari quyidagilardan iborat:
Hujjatlashtmsh.
Inventarizatsiya.
Schyotlar tizimi.
Ikki yoqlama yozuv.
Baholash va kalkulasiya.
Balans.
Hisobot.
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan bin baholash bo‘lib, 
uning ahamiyati butun xo'jalik miqyosida ham kattadir.
Baholash - xo'jalik m ablaglari, majburivatlar va x o ‘jalik j a ­
rayonlarini pul o lc h o v birligida aks ettirish usulidir.
M a’lumki, 
korxona 
faoliyatida 
ishlatiladigan 
xo'jalik 
m ablaglari va ulam ing tashkil topish manbalari turli xil b o lib ,
44


ularning o ‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari 
har xil k o ‘rinishga egadir. Korxona xo ‘jalik faoliyatida ro ‘y bera- 
digan x o ‘jalik jarayonlari natijasida m ablag‘ va ularning tashkil 
topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o ‘zgarishi ham 
tabiiy holdir. Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o ic h o v
birligi
- puldan foydalanmaslikning iloji y o ‘q. Korxona mulki hiso­
bi yuritilayotganda, ular baholanadi.
Kalkulatsiya - tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan 
korxona mulklaridan b a ’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. 
M asalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. 
Shuningdek, savdo korxonalaridagi muom ala xarajatlari, mod- 
dalari, summalarini tovarlar bo ‘yicha tegishli ravishda taqsimlash- 
da ham kalkulatsiyadan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uz- 
viy bogiangan. Umuman, e ’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining 
hamma usuli ham o'zaro uzviy bog‘liqlikdadir. Kalkulatsiya usulini 
schyotlar tizimi bilan b og‘liqligi shundaki, kalkulatsiya qilinishi ta­
lab etilayotgan m ablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schyotlarda 
aks ettiriladi. Baholash bilan kalkulatsiyaning b o g ‘liqligi shundaki, 
kalkulatsiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash k o ‘rinishida hi- 
sobga olinadi.
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri hujjatlashtirish 
bo'lib, uning ahamiyati x o ‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilo- 
na tashkil etishda. hisob yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda ta- 
lablarga javob berishda zaruriydir.
Korxonada mavjud bo'lgan boyliklar saqlanishini ta ’minlash, 
ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob 
m a’lumotlari nech o g lik haqiqiyligi, to ‘g ‘riligini tekshirish maqsa­
dida inventarizatsiya o ‘tkaziladi. Korxonadagi boyliklar degan- 
da, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, 
tayyor mahsulot, tovar, pul m ablaglari va boshqa moliyaviy ak­
tivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham in-
45


ventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, 
bank kreditlari, olingan qarzlar misol b o ia d i.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi m a’lumotlar albat- 
ta, haqiqiy m aiu m o tlar asosida b o im o g ‘i lozim. Bu shart bajaril- 
ishi uchun ham korxonada in ventarizatsiya o ik a z ilm o g i shaitdir.
Inventarizatsiya - korxona m ablag‘ini tekshirib, ro ‘yxatga ol- 
ish va olingan m aium otlam i hisob m aiu m otlari bilan taqqoslash 
demakdir.
Buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi va ikki yoqlama yo- 
zuv, balans hamda hisobot kabi usullari keyingi mavzularda to iiq
o ‘rganiladi.
Sanab o ‘tilgan usullar ichida buxgalteriya hisobining o ‘ziga 
xosliklari b o iib , ular boshqa soha va fanlarda qoilanilm aydi Ma- 
salan, balans, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalku- 
latsiya, hisobot kabi usullar boshqa soha ham da fanlarda ham 
q o ilan ish i mumkin. Lekin, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv 
boshqa soha hamda fanlarda qoilanilm aydi. Shuning uchun schy­
otlar tizimi va ikki yoqlam a yozuv usullari faqat buxgalteriya hiso­
bining o'ziga xos usullari deb ataladi.
46

Download 0,98 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 bob. Buxg alteriya h iso b I n a z a r iy a si fa- n in in g a h a m iy a t I, pr e d m e t I, m eto d I va

Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish